O‘quv qo‘llanma


BUXORO BOYLIKLARI VA NOZ-NE’MATLARI


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet89/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

BUXORO BOYLIKLARI VA NOZ-NE’MATLARI 
Buxoro binolarining barchasi bir-birga ulanib ketgan, uylar bir 
tartibda va binolarning asosi er [sathi] dan balandga ko‘garilgan. Shahar 
ko‘handizlar va uylarning zichligi bilan [mustahkam]. Bu devor ichida 
hech qanday tog‘,
cho‘l yoki taqir er yo‘q. 
Unga eng yaqin [joylashgan] tog‘
Varka tog‘i bo‘lib, undan shahar 
[ko‘chalari] ga yotqizish va binolar [qurish] uchun toshlar olinadi. Undan 
[yana] kulolchilik uchun loy, ohak va gips [olinadi]. Devordan tashqarida 
ularning tuz konlari bor. O‘tinlar ularning bog‘laridan keladi, dashtlardan 
esa saksovul va yulg‘unlar keltiriladi. 
Buxoro erlarining hammasi suvga yaqin [joylashgan], chunki bu as-
Sug‘d [daryosi] suvining to‘planish eridir. Shu sababli u erda chinor, 
yong‘oq va ularga o‘xshash baland daraxtlar o‘smaydi. 
Agar ushbu daraxtlardan birortasi bo‘lsa ham, uning [bo‘yi] past va 
[katta bo‘lib] o‘smaydi. 
Buxoroning mevalari Movarounnahrning eng yaxshi mevalaridir
ta’mi ham eng shirindir. Buxoroning to‘kin-sochinligi [shundan] 
ko‘rinadiki, [agar] bir kishining bir jarib eri bo‘lsa, u o‘zini ham, o‘ziga 
tegishli odamlarni va o‘z oila a’zolaridan bir nechtasini ham mablag‘ va 
oziq-ovqat bilan [ta’minlashi] mumkin bo‘ladi. 
Ularning son jihatdan ko‘pligi va xarajatlar miqdorining ko‘pligi 
shundan [ko‘rinadi]ki, ularning ko‘pligidan ularning mamlakatida ishlab 
chiqariladigan [mahsulotlar] ularga etmaydi, zero ularning ehtiyoji erdan 
olinadigan [hosil miqdori] dan ikki barobar ko‘pdir. [Shuning uchun] 
ularga oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli bo‘lgan boshqa narsalar butun 
Movarounnahrdan keltiriladi. 
Yonbag‘irlari Varka qishlog‘iga tutash bo‘lgan tog‘
bu Kesh va 
Samarqand orasidagi [maydonda] Samarqandgacha cho‘zilib kelgan tog‘ 
tizmasi bo‘lib, [keyin u] al-Buttam tog‘lari bilan qo‘shilib ketadi, [keyin] 
Ushrusana va Farg‘ona tomonga burilib, Shalji
nohiyasi va at-Tarozgacha 
davom etadi. Keyin [u], men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim va bu yo‘ldan 
[ko‘p] yurganlarning [aytishicha], sharqga as-Sin dengizi tomonga yurishni 
istaganlarning yo‘lini to‘sib, [yana shimolga] davom etadi. 


286 
Ushrusana, Farg‘ona, Iloq, Shalji, Labondan Xirxiz erigacha bo‘lgan 
[hududlardagi] konlarning hammasi mazkur tog‘
[tizmasi] va unga qo‘shni 
bo‘lgan [boshqa] tog‘lardadir. 
Al-Buttam viloyatidagi novshadil, shisha, temir, simob, mis, qalay, 
oltin, kumush, neft, qorasaqich, saqich, Farg‘onaning feruza [toshi] va 
novshadili hamda men [avval] zikr etgan u er da ko‘mir o‘rniga 
yondiriladigan toshlar, yukorida zikr etilgan Fag‘ronadagi [yovvoyi holda 
usuvchi] mevalar- bularning barchasi ham shu tog‘ [tizmasi] dan, uning 
yonbag‘irlaridan yoki chuqqilaridan, yoki ularga ulanib ketgan adirlar va 
pastliklardan [kelib chiqadi]. 
U erda al-Buttam nohiyasida va Samarqandning nohiyalaridan biri 
bo‘lgan az-Zobaj tog‘larida issiq va sovuq suvlarning [buloqlari] bor. Yana 
u erda yozda kun issiq bo‘lgan va as-samum
 
[shamoli] esgan vaqtda 
muzlovchi suv manbalari bo‘lib, muz [shunchalik katta hajmdagi] toshdek 
bo‘lib ketadiki, suvning harakatini to‘sib qo‘yadi. Qishda bu suvlar issiq 
bo‘ladi, ularning issiqligi va atrofidagi erlar va vodiylarning [havosi] 
iliqligi tufayli chorvalar ularning yoniga kelib [isinadilar]. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling