O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
“U G‘ANIDIR! Abulfath abdulquddus [Abdullo] bahodir sulton so‘zimiz! Toshkent viloyatining oliy a’zom amirlari, kifoyat najom vazirlari, davlat arkonlari va millat a’yonlari… bilingki, 250 juft mol, er va suvlarni… hazrat Xoja [Sa’d]ga in’om qildik. [Ul hazrat] ziroat qilsinlar va yoxud korandaga berib hosilini olsinlar. Yobislar va amloklarni oliyhazratning darubastlari deb bilib, [amaldorlar] Hazrat Eshonning vakillarini tashvishga solmasinlar. Va sababsiz daxl qilmasinlar. Hashar va mardikor talab etmasinlar. Farmoni oliyga tajovuz qilmasinlar, har yil farmonning yangilanishini talab qilmasinlar. Hijriy 991 yil”. Shayboniyzodalardan O‘zbekxon, Dinmuhammad sulton, Bobo sulton, shuningdek, Badaxshon hokimi Sulaymonshoh turli maqsadlarni ko‘zlab Xoja Sa’dga maktub orqali murojaat qilishgan, uning yordamidan umidvor bo‘lishgan. Quyida maktublardan ba’zilaridan keltiramiz. O‘ZBEKXON MAKTUBI “Oliyhazrat, valoyat martabat, hidoyat manzilat, … qutb ul-aktob… Xoja Kalon Xoja… rajab oyining seshanba kuni Toshkentning barcha o‘zbeklari, sahroliklari va fuqarolari yog‘iy bilan ittifoq bo‘lib, Toshkentdagi hamma mol-mulkini olib qal’a atrofiga o‘tirdi va bizni qamal qildi. Yigirma kun qamalda qoldik. Atrofdan yordam kelar deb kutdik, lekin hech kim kelmadi. Oxiri sha’bon oyining seshanba kuni qal’adan chiqib, akobirlar ruhidan madad tiladik va yog‘iy bilan yuzma-yuz bo‘ldik. Eshon [Xoja Sa’d]ning himmatlari bilan ul badkirdor jamoatning ba’zilarini qatlga etkazdik. Qolganlari qochib qoldi. Ajib bir g‘alaba ro‘y berdi va uni onhazrat [Xoja Sa’d] mehnatlaridan deb bilamiz. Umid qilamizki, bundan keyin ham shunday g‘alaba va zafarlar ro‘y beraveradi. Iltimos shulki, barakotli fotihalari bilan bizni yod etib tursalar”. Balx podshohi Dinmuhammad sulton bin Pirmuhammadxonning Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling