O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Minorai Kalon Shu bilan birga bugungi Buxoro viloyatining Vobkent tumanida joylashgan Vobkent minorasi ham XII asrda qirib bitkazilgan. Minora o‘n ikki qirrali supa asosga o‘rnatilgan g‘o‘la (quyi qismining diametri - 6,19 m, yuqori qisminiki - 2,81 metr shaklida rangdor, pishiq g‘ishtlardan qurilgan. Bir paytlar yonida mavjud bo‘lgan masjid tomonidan kirib, yuqoriga aylanma zinapoya orqali chiqilgan. 105 Bo‘rtma naqshli o‘n belbog‘ bilan qismlarga ajratilgan, har bir qismi bir-biriga o‘xshamaydigan qilib g‘isht terib naqshlangan, quyisidagi naqshlar orasida qurilgan yili va qurdirgan shaxs Sadr Burhoniddin Abdulaziz II ning nomi kufiy uslubida yozilgan. Vobkent minorasi Minoraning uchi kengaytirilib, qafasa ishlangan diametri 3,66 m, g‘isht terib ishlangan 10 ravoq orasida 10 darcha hosil kilingan, darchalarning quyisi g‘isht panjara bilan to‘silgan. Minoraning tashqi ko‘rinishi ko‘p jihatdan Minorai kalonga o‘xshaydi, lekin muqarnaslari ancha sodda. Minora supasi tuproq ostida qolgan, qurilgan paytida uning balandligi 2,3 m bo‘lganini arxeologik 106 tadqiqotlar ko‘rsatadi. Minoraning umumiy balandligi esa 40,3 metrni tashkil etadi. Tayanch so‘z va iboralar: somonxudot, xalifa, devon, vazir, mustavfiy devoni, elchilik aloqalari, sohibi shurat, davlat mulklari, vaqf xo‘jaliklari, madrasa, sulola, ilm-fan, tabiiy fanlar, tabobat, kufiy yozuv, maqbara, naqsh, g‘isht panjara, me’moriy uslub. Nazorat uchun savollar 6. Somoniylar davridagi davlat boshqaruv tizimi nimaga asoslangan edi? 7. Somoniylar davrida Buxoroda qurilgan inshootlar to‘g‘risida ma’lumot bering? 8. Minorai Kalon va Vobkent minorasining qurilishi xususida ma’lumot bering 9. IX-XIII asrlarda Buxoroda faoliyat yuritgan madrasalar to‘g‘risida ma’lumot bering? 10. IX-XIII asrlarda Buxorodan etishib chiqqan ilm-fan namoyondalari. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling