O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
 
 
 
ISBN 978-9943-6571-0-6 
 
 



SO’ZBOSHI
 
Buxoro O‘zbekistonnig qadimiy madaniy maskanlaridan biri. 
Uning tarixi, madaniyati O‘zbekistonda yashovchi barcha xalqlar 
o‘tmishining bir bo‘lagi hisoblanadi. Alohida olingan bir qadimiy 
hudud o‘tmishini O‘zbekiston tarixi doirasida maxsus o‘rganish 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin boshlandi. 
Buxoro tarixi o‘quv kursi hududiy ahamiyatga egaligi bois, tanlov 
fanlar turkumiga kiritilib, Buxoro davlat universiteti tarix ta’lim 
yo‘nalishida 2005-2006 o‘quv yilidan qisqacha tarzda o‘qitila 
boshladi. Bunda asosiy e’tibor Buxoroning umumiy tarixiga emas, 
ko‘proq shahar tarixi, arxeologik tadqiqot natijalari, me’moriy 
obidalar tarixiga qaratildi. Maxsus adabiyotlarning ozligi, borlarini esa 
qo‘lga kiritish imkoniyatining cheklanganligi, o‘quv qo‘llanma va 
darsliklarning yo‘qligi talabalarga bu kursni o‘zlashtirish uchun 
qiyinchilik tug‘dirardi. Buxoro tarixiga oid ma’lumotlarning turli 
akademik nashrlar va ilmiy adabiyotlarga sochilib ketganligi 
muammoni yanada chigillashtirar edi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 2018 
yil fevralda Buxoro viloyatiga tashrifi Buxoro tarixini maxsus o‘qitish 
borasidagi masalaning ijobiy yechim topishiga yo‘l ochdi. 
Prezidentimiz tomonidan Buxoro davlat universiteti huzurida Buxoro 
tarixi ta’lim yo‘nalishini ochish to‘g‘risida berilgan topshiriqqa binoan 
2018-2019 o‘quv yilida Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi tashkil etilib, 
hozirgi paytda unda talabalar tahsil olmoqda. O‘qitilayotgan va 
o‘qitilishi mo‘ljallanayotgan maxsus fanlar Buxoro tarixining barcha 
masalalarini qamrab oladi, chunki yo‘nalishning asosiy maqsadi 
Buxoro tarixi bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlash. Shuningdek, 
ushbu yo‘nalish gidlar tayyorlash yoki gidlikka yo‘naltirish, ularga 
me’moriy obidalar bo‘ylab ekskursiya o‘tkazish medotologiyasini 
o‘rgatish vazifasini ham o‘z zimmasiga oladi. Zero, me’moriy obida 
to‘g‘risida ma’lumot berayotganda obidaning qurilish davridagi 
ijtimoiy-siyosiy ahvol uning qaysi hukmdor davrida bunyod 
etilganligi va davrning o‘ziga xos jihatlari masalasiga e’tibor qaratish 
lozim. 
Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi I bosqich 
talabalariga mo‘ljallangan. Talabalar keyingi bosqichlarda Buxoro 



etnologiyasi, Buxoro o‘lkashunosligi, Buxoro toponimikasi, Buxoro 
tarixi yozma manbalari, Buxoro tasavvuf maktablari tarixi, Buxoro 
me’moriy obidalari tarixi, Buxoroning eng yangi davr tarixi fanlarini 
o‘zlashtirishdan oldin Buxoroning qadimgi zamonlardan hozirgi 
kungacha bo‘lgan tarixini o‘rganishi kerak.. Shu nuqtai nazardan 
o‘quv qo‘llanmada Buxoroning ijtimoiy-siyosiy, madaniy tarixiga 
alohida e’tibor qaratish talab etiladi. 
Buxoro vohasining qadimgi davr tarixini o‘rganishda hududda 
olib borilgan arxeologik tadqiqotlarning ahamiyati beqiyos. Vohadagi 
Poykent, Varaxsha yodgorliklarini arxeologik o‘rganish XX asr 
birinchi yarmida boshlanib, hozirgi kungacha davom etib kelmoqda. 
L.A.Zimin, V.A.Shishkin, A.R.Muhammadjonov, J.Mirzaahmedov 
kabi olimlar tomonidan olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida 
yodgorliklarning voha ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotida egallagan 
salmoqli o‘rni aniqlanib, to‘plangan ma’lumotlar ilmiy jamoatchilik 
hukmiga havola etildi. Shuningdek, bronza davriga oid Zamonbobo 
yodgorligi Zarafshon arxeologik ekspeditsiyasining a’zolari Yahyo 
G‘ulomov va Ahmadali Askarov tarafidan o‘rganilib, Buxoro 
vohasining janubiy-g‘arbiy qismida ibtidoiy madaniyat izlari 
mavjudligi aniqlandi. Qo‘lga kiritilgan ushbu ilmiy yutuqlarning 
talabalar diqqatiga havola etilishi, ularning qadimgi mahalliy 
madaniyat to‘g‘risidagi bilim va tasavvurlarini kengaytiradi.
Buxoro shahrini yoshini aniqlash borasida amalga oshirilgan 
tadqiqotlar hason o‘z ahamiyatini saqlab kelmoqda. 
Vohada ilk shaharlarning vujudga kelishi tabiiy iqlim sharoitlari, 
geografik joylashuv va asosiysi Zarafshon daryosining ahamiyati bilan 
belgilanadi. Zarafshon daryosining Xitfar, Rudizar, Qorako‘ldaryo, 
Moxondaryo kabi irmoqlari Buxoro vohasida o‘troq dehqonchilik va 
urbanizatsiya jarayonlarining keng yoyilishida muhim o‘rin tutgan. 
Akademik V.V.Bartold ta’biri bilan aytganda, Buxoro shahri dastlabki 
paydo bo‘lgan hududini o‘zgartirmasdan, hamon o‘sha joyda qad 
ko‘tarib turibdi. Aynan shunday holat Buxor shahri hududida 
arxeologik tadqiqotlar olib borish ishlarini ancha murakkablashtirib 
yubordi. Shunday bo‘lsa-da, shaharda olib borilgan arxeologik 
tadqiqotlar uning qadimiyligini isbotladi. Shuningdek, o‘rta asr 
tarixchisi Narshaxiyning Buxoro tarixiy topografiyasi yuzasidan 
qoldirib ketgan ma’lumotlari arxeologik tadqiqotlar natijasida o‘z 
tasdig‘ini topdi. 



Arablarning Movarounnahrga qilgan istilochilik yurishlari 
davridagi yuz bergan “Oq kiyimlilar” harakati markazlaridan biri 
aynan Buxoro vohasi edi. O‘quv qo‘llanmada Buxoro atrofidagi 
Narshax qal’asi mudofaachilarining mardonavor kurashi to‘g‘risida 
ma’lumot beriladi. 
IX-XII asrlarda Movarounnahrda yuz bergan uyg‘onish 
markazlashgan davlatlar tashkil topishi uchun qulay shart-sharoit 
yaratdi. Somoniylar davrida davlat boshqaruvini mustahkamlash va 
ijtimoiy hayotni muvofiqlashtirish maqsadida amalga oshirilgan 
islohotlarning natijasi har bir sohani rivojlantirishni ko‘zlagan 
devonlarni ta’sis etishda namoyon bo‘ladi. Ilm-fan, ta’lim sohalarida 
jahonshumul yutuqlarning qo‘lga kiritilishini, albatta shu davrda 
yashab ijod qilgan allomalar merosi orqali bilib olamiz. Abu Xafs 
Kabir Buxoriy, Imom Buxoriy, Abu Mansur Qumriy, Ibn Sino, 
Narshaxiy, Rudakiy kabi olimu adiblar merosi bugungi avlod uchun 
ibrat 
namunasi 
bo‘lib 
xizmat 
qiladi. 
Ular 
to‘g‘risidagi 
ma’lumotlarning o‘quv qo‘llanmadan joy egallashi talaba yoshlarni 
vatanparvarlik, milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalashda o‘z 
ijobiy natijasini berishiga umid bog‘lash mumkin. 
Buxoro Sharq tibbiyot ilmi o‘choqlaridan biri hisoblanadi. Ibn 
Sinodek buyuk allomaning shakllanishida o‘rta asrlar Buxorosidagi 
tibbiy muhit, tibbiy bilimlar darajasi shart-sharoit yaratdi, deyish 
to‘g‘ri bo‘ladi. Chunki Buxoro yaqinidagi ko‘hna Poykent shaharchasi 
hududidan qadimiy dorixona qoldiqlarining topilishi arablar istilosiga 
qadar Buxoro vohasida tibbiy bilimlarning amaliyotga joriy 
qilinganligidan dalolat beradi. Ibn Sinoga tabobatdan ustozlik qilgan 
Abu Mansur Qumriy X asr tabobat ilmida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan 
mashhur hakim hisoblanadi. U tibbiyotga oid bir qancha asarlar 
muallifi. Uning ta’siri ostida shakllangan va tibbiyot allomasiga 
aylangan Ibn Sino qadimgi yunon tib ilmining asoschisi Gippokrat, 
sharq tabobati namoyandasi ar-Roziy tibbiy qarashlarini qayta ko‘rib 
chiqib, tibbiyot sohasida o‘zining yangi ilmiy sistemasini yaratdi. Bu 
sistema 600 yil mobaynida Evropada ustivorlik maqomini saqlab 
qoldi. Ibn Sinoning buyukligi ham shunda. Ibn Sinoning tib ilmidagi 
buyuk kashfiyotlari va ularning amaliy ahamiyati to‘g‘risida o‘quv-
qo‘llanmada ma’lumotlar mavjud. 
Buxoro ilohiyot ilmining Movarounnahrdagi markazlaridan biri 
bo‘lganligi barchamizga ma’lum. Birinchi madrasaning aynan 



Buxoroda qad ko‘tarishi bu fikrni tasdiqlaydi. Abu Xafs Kabir 
Buxoriyning islom ilohiyoti ilmidagi xizmatlari Buxoroning 
“Qubbatul islom” (Islom gumbazi) unvoni bilan e’tirof etilishida 
namoyot bo‘ladi. 
Mo‘g‘ullar istilosidan eng ko‘p talofot ko‘rgan shaharlardan biri 
Buxorodir. Shahar bir asrning o‘zida ikki karra qattiq talafot va 
qirg‘inga uchradi. Mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi 1238-yil Mahmud 
Tarobiy boshchiligida ko‘tarilgan qo‘zg‘olon mahalliy aholining 
jasorati va mardonavorligi sinovi bo‘lib, mo‘g‘ullarni ancha yon 
berishga majbur qildi. 
XIII asr oxiri XIV asr boshlarida Buxoroda ijtimoiy hayot yana 
izga tusha boshladi. Temuriylar davrida Samarqand davlatning 
poytaxti sifatida katta ijtimoiy-siyosiy va madaniy ahamiyat kasb 
etgan bo‘lsa, Buxoro islom dinining gumbazi maqomini saqlab qoldi 
va sohibqiron Amir Temurning e’tiboriga sazovor bo‘ldi. Temuriylar 
davrida Buxoroda o‘ziga xos adabiy muhit shakllandi va bu Xo‘ja 
Ismat Buxoriy adabiy merosida teranroq ko‘zga tashlanadi. 
Temuriylar davridagi ma’naviy muhit dunyoga Bahouddin 
Naqshbandek buyuk pirni va u asos solgan Naqshbandiya tariqatini 
berdi. Naqshbandiya tariqatining yirik namoyandalari xususida o‘quv 
qo‘llanmada ma’lumotlar mavjud. 
Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi va Abdullaxon 
tomonidan Movarounnahr hamda Xurosonning bir qismini Buxoro 
atrofiga 
birlashtirilishi, 
Buxoroda 
ijtimoiy 
jarayonlarning 
jadallashuviga shart sharoit yaratdi. Maishiy-xo‘jalik, ma’muriy, 
madaniy-ma’rifiy 
ahamiyatga 
molik 
binolarning 
qurilishi 
Shayboniylar davriga to‘g‘ri keladi. Movarounnahrdagi umumiy 
tanazzul, mintaqaning xonliklarga bo‘linib ketishi Buxoroga ham o‘z 
salbiy ta’sirini ko‘rsatdi. Shunga qaramasdan, ashtarxoniylar va 
mang‘itlar davrida ma’rifiy-madaniy jarayonlar hech qachon to‘xtab 
qolmagan. Bu davrda ko‘plab shoir, adib va tarixchilar etishib 
chiqdiki, ularning ilmiy-adabiy merosidan hozirgi avlod, talaba-
yoshlar bahramand bo‘lib kelmoqda. O‘quv qo‘llanmada ushbu 
jarayonlarga e’tibor qaratilgan.
O‘quv 
qo‘llanmani 
tayyorlashda 
Ya.G‘ulomov, 
A.Muhammadjonov, A.Asqarov, B.Ahmedov, V.Bartold, O.Suxareva, 
B.Lunin, 
Q.Rajabov, 
S.Inoyatov, 
U.Rashidov, 
J.Barakaev, 



B.Mirzaqulov kabi olimlar va L.Asrorova, A.Zamonov, O.Qilichev, 
I.Azizov singari yosh tadqiqotchilarning ishlaridan foydalanildi. 
Buxoro tarixini tadqiq qilish natijasida amalga oshirilgan 
akademik nashrlar Buxoro tarixining biror bir jihatini chuqur ochib 
berishga qaratilganligi bilan ilmiy ehtiyojlarni qondirsa-da, keng 
kitobxonlar, qiziquvchilar, havaskor tarixchilar, ayniqsa talabalar 
tafakkuri va ilmiy imkoniyatlariga muvofiq keladigan nashrlarni 
tayyorlash zaruriyati hamon o‘z dolzarbligini saqlab qolmoqda.
Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, ushbu o‘quv qo‘llanmada 
Buxoroning qadimgi zamonlardan hozirgacha bo‘lgan tarixi o‘z aksini 
topgan. Mustaqillik yillarida, shuningdek, Prezident Sh.M.Mirziyoev 
rahnamoligida Buxoroda amalga oshirilgan va oshirilayotgan ulkan 
bunyodkorlik ishlari, madaniy-ma’rifiy sohadagi tub o‘zgarishlar 
ushbu o‘quv qo‘llanmadan joy olganki, ushbu ma’lumotlar talaba-
yoshlarda madaniy meros va qadriyatlarga hurmat, uni e’zozlash, ona 
yurtga sadoqat tuyg‘usini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling