O‘quv qo‘llanma
ناتسیکرت هراوهگ اراخب یمیلاع روصصنم دیس
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
ناتسیکرت هراوهگ اراخب یمیلاع روصصنم دیس Саййид Мансур Олимий. Бухоро-Туркистон
бешиги. Анқара – 1996. 27 harakati, bu harakatning ko‘zga ko‘ringan vakili Mullo Ibrohimbek tarjimasi holi, Amir Olimxonning Afg‘onistondagi iztiroblarga to‘la hayoti kitobdagi voqealar negizini tashkil etadi. Kitobning bir e’tiborga molik jihati, Amir Olim nafaqat hukmdor, balki shaxs sifatida ham talqin qilingan. Kitob Buxoroda o‘rnatilgan sovet rejimiga qarshi ruhda yozilgan va unda ba’zi munozarali masalalar ko‘zga tashlanadi. Muallif mang‘itlar xonadoniga mansub bo‘lganligi sabab, ayrim masalalalarga sub’ektiv yondashgan. Muallifda mang‘it hukmdorlari va ular hukmronlik davrini faqat ijobiy bo‘yoqlarda ko‘rsatish tendensiyasi ustuvor. Xorijlik tadqiqotchilar ilmiy merosi so‘nggi yigirma yilda Buxoro tarixining turli tomonlarini qamrab olish bilan yanada boyidi. Yurgen Paul 1 , Devin Devis 2 , Florian Shvars 3 , Anke fon Kyugelgen 4 , Mariya Shuppe 5 , Oleg Akimushkin 6 , Aleksey Xismatulin 7 va boshqa xorijlik hamda rossiyalik tadqiqotchilar ilmiy yo‘nalishida Buxoro alohida ahamiyat kasb etib, maxsus tadqiqot ob’ektiga aylandi. Bu tadqiqotchilarning aksariyati Buxoroda shakllangan Naqshbandiya tariqatining ijtimoiy hayotdagi o‘rni masalasini chuqur tahlil qilishni asosiy vazifa sifatida tanlab, shu yo‘nalishda qator tadqiqotlarni amalga oshirdilar. Aynan shunday holat birinchidan, bu mualliflar ishlaridan faqat tor mavzular doirasida foydalanish mumkinligini taqozo etsa, ikkinchidan bu asarlar orqali Buxoro tarixining barcha masalalari yuzasidan ma’lumot olish imkonini cheklaydi. SHunga 1 Jürgen Paul. Doctrine and Organization the Khwajagan-Naqsbandiya in the Fist Generation After Baha’uddin: Das Arabische Buch, 1998 (ANOR 1). 2 Devin De Weese. Kojagani Origins and the Critique of Sufism …, Ed. by Frederick De Jong and Bernd Radtke. Leiden-Boston-Köln, 1999. – Р. 492-519. 3 Florian Schwarz. Unser Weg schließt tausend wege ein. Derwische und Gesellschaft im islamischen… Berlin, 2000. 4 Anke von Kugelgen. Die Legitimierund der mittelasiatishcen Mangitendynastie. – Stambul, 2002. Шу муаллиф, Легимитация среднеазиатских династии мангитов в произведениях их историков (XVIII-XIX вв). – Алматы: Институт Востока Германского Восточного общества, 2004. 5 Bakhtiyar Babajanov et Mariya Szuppe. Les inscription persanes de Char Bakr, necropole familiale des Khwaja Juybary pres de Boukhara // Corpus Inscriptionum Iranicarum. London, 2002. 6 Акимушкин О. Накшбанд // Ислам на территории бывшей Российской империи. Энциклопедический словарь. Том 1. – М.: Восточная литература, 2006. – Б.299-301. 7 Хисматулин А. Ходжаган // Ислам на территории бывшей Российской империи. Энциклопедический словарь. Том 1. – М.: Восточная литература, 2006. – Б. 417-425. 28 qaramasdan, tilga olingan mualliflar tarafidan e’lon qilingan ishlardan xorijiy mamlakatlardagi Oliy ta’lim muassasalarida professor o‘qituvchilar, magistrlar va talabalar foydalanib, o‘z bilimlarini oshirib kelmoqdalar. Bular ichida Anke fon Kyugelgenning “Mang‘it tarixchilari asarlarida O‘rta Osiyo mang‘itlar sulolasi legimitatsiyasi (XVIII – XIX asrlar)” nomli kitob g‘arb tarixshunosligi zamonaviy metodologiyasining prinsipial jihatlarini o‘zida aks ettirgan fundamental tadqiqot sifatida jahon sharqshunoslari tomonidan iliq kutib olindi va unga ko‘plab taqrizlar yozildi. Kitobda mang‘it amirlaridan Muhammad Rahimxon, Amir Shohmurod va Amir Haydar ijtimoiy-siyosiy faoliyati, ularning toj-taxtga nisbatan qonuniylik va vorisiylik huquqi tahlil qilinadi. Kitobda Naqshbandiya- mujadiddiya ta’limotining amaliy ko‘rinishi va amirlik ijtimoiy- siyosiy va ma’naviy hayotidagi o‘rni nemis olimi Florian Shvars ilgari surgan “Shayxsiz imperiya yo‘q” tezisi doirasida ochib beriladi. Shu munosabat bilan Amir Shohmurodga ma’naviy ta’sir ko‘rsatib, uning piri maqomida turgan Shayx Safar ma’naviy merosiga maxsus e’tibor qaratilgan. Shayxlar merosiga munosabat masalasida g‘arb metodologiyasining barcha jihatlarini qabul qilish va ulardan ayniqsa darslik, o‘quv qo‘llanmalar yaratishda foydalanish ehtiyotkorlikni talab qiladi. Chunki xorij tarixshunosligida bu masalaga o‘zgacha yondashiladi va ayrim hollarda shayxlar merosi hatto tanqid ostiga olinadi. Shayxlar va ularning ma’naviy merosi biz uchun o‘tmishda ham, hozir ham ibrat namunasi bo‘lgan va bo‘lib kelmoqda. Umuman Anke fon Kyugelgen kitobi talabalarga Buxoroning ijtimoiy-siysiy tarixiga doir yangi yoki kam ma’lum bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishi bilan e’tiborga sazovor. Venada Buxoro mavzusiga e’tiborning mavjudligi keyingi yillarda e’lon qilinayotgan ilmiy, ilmiy-ma’rifiy nashrlar orqali o‘z tasdig‘ini topmoqda. Avstriyalik olim Paolo Sartori va o‘zbekistonlik yosh tadqiqotchi Ulfat Abdurasulov o‘rtasidagi ilmiy hamkorlik o‘zining ijobiy samarasini namoyon etmoqda. Ular hamkorligining go‘zal namunasi bo‘lmish Mamed Yusupovning “Buxoroda sud ishlari” 1 asarining 2016-yil Venada nashr etilishi buxoroshunoslikda haqiqiy ilmiy voqelik bo‘ldi. Mamed Yusupovning bu ishi 1941 yil 1 Юсупов М.С. Суд в Бухаре. Судоустройство и судопроизводство в Бухарском эмирате в конце XIX – начале XX в. / Текст и вводная статья: Ульфат Абдурасулов и Паоло Сартори. – Ташкент – Вена 2016. 29 nashrga tayyorlanib, qo‘lyozma holda qolib ketib unut bo‘lgan edi. Ushbu asar Buxoro tarixining o‘rganilmagan sahifalarini ochishga ko‘mak beradi. Unda Buxorodagi sud tizimi, jazo turlari, guvohlik berish tartibi, qatl, minoradan tashlash kabi jazo turlari xususida muhim va mukammal ma’lumotlar beriladi. Buxoro tarixi bilan qiziquvchilar, shuningdek, Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalariga ushbu kitobdan foydalanishni tavsiya etamiz. Ma’lumki, Buxoro tarixi O‘zbekiston tarixining tarkibiy qismi hisoblanadi. Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan ushbu qo‘llanmada aynan shu holat inobatga olindi va undagi mavzular shu aspektda yoritib berildi. Buxoro tarixi O‘zbekiston arxeologiyasi, etnografiyasi, madaniyati, san’ati tarixi bilan uzviy bog‘liq. Shu bilan birga jahon tarix fanida amalda bo‘lgan “mikro tarix”, ya’ni kichik tarix, aniqrog‘i tarix masalalarini muayyan mintaqa doirasida o‘rganish va o‘rgatish an’anasi mazkur o‘quv qo‘llanmaga nisbatan ham tadbiq etildi. Keyingi uch yilda Oliy ta’lim tizimida yuz berayotgan tub burilishlar, 2020 yilni Prezidentimiz tomonidan “Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili” deb elon qilinishi nafaqat aniq fanlar, balki ijtimoiy-gumanitar va uning bir sohasi bo‘lgan tarix fanini ham jahon standartlariga muvofiqlashuvi va integratsiyalashuvini taqozo etmoqda. Shu nuqtai nazardan olib qaraganda, zamonaviy talablarga javob beradigan, bir-birini takrorlamaydigan o‘quv adabiyotlarini yaratish, jumladan, Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalarini shunday o‘quv adabiyotlari bilan ta’minlash Oliy ta’lim tizimi oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Shu talab va mas’uliyatdan kelib chiqib tayyorlangan ushbu o‘quv qo‘llanma yuqorida tilga olingan o‘quv adabiyotlaridan ayrim jihatlari bilan farq qiladi. Buxoro tarixi o‘quv qo‘llanmasida mavzu va ma’lumotlarning ixchamligi, talabalar bilimi va ilmiy dunyoqarashi, tafakkuriga mosligiga e’tibor qaratildi. Mavzular xronologik va sulolalar kesimida berildi. Buxoroning ilmiy, ayniqsa arxeologik jihatdan o‘rganilish masalasiga e’tibor qaratilishining boisi, shu arxeologik tadqiqotlar natijasi o‘laroq, Buxoroning yoshi aniqlanib, u qadimiy shahar sifatida YUNESKO tarafidan e’tirof etildi va shaharning 2500 yilligi Mustaqillik yillarida umumjahon miqyosida nishonlandi. Vohada olib borilgan arxeologik tadqiqotlar va ularning natijalari, shuningdek, bevosita shahar ichida o‘tkazilgan arxeologik 30 izlanishlar, Buxoro shahrining tarixiy topografiyasi, vohaning tarixiy geografiyasi masalalari yondosh o‘quv adabiyotlardan farqli ravishda, ushbu o‘quv qo‘llanmada maxsus yoritildi. Har bir bob madaniyat tarixi masalalari bilan nihoya topishi keyingi davr ilmiy nashrlari va o‘quv adabiyotlarida negadir e’tibordan chetda qolmoqda. Mazkur o‘quv qo‘llanmada shu kemtikni to‘ldirishga harakat qilindi. Yana bir o‘ziga xoslik, ushbu o‘quv qo‘llanmada ilova va illyustratsiyalar salmoqli miqdorni tashkil qiladi va ular alohida-alohida berilgan. “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” an’anaviy uch qismdan emas, balki to‘rt qismdan iborat qilib belgilandi va unga “Mustaqil o‘qish uchun tavsiya etilayotgan manba va adabiyotlar” ro‘yxati alohida tarzda qo‘shildi. Ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi bo‘yicha kichik xrestomatiya jihati bilan ham boshqa o‘quv adabiyotlari va yuqorida tilga olingan kitob va qo‘llanmalardan farq qiladi. “Ilova”da Buxor tarixiga doir asosiy qo‘lyozma manbalar, toshbosma asarlar, nashr etilgan manbalar hamda e’lon qilinmagan tarixiy hujjatlar tarjimasi, ayrimlarining fotonusxalari aynan berildi. Amir Muzaffarning Rum (Turkiya) sultoniga yozgan maktubining biz tomondan o‘zbek tiliga qilingan tarjimasi o‘quv adabiyotida ilk bor berilmoqda. Oldindan shuni ta’kidlashni istardikki, mazkur o‘quv qo‘llanma Buxoro tarixi fani bo‘yicha istiqbolda yaratilajak alohida xrestomatiya uchun asos bo‘ladi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-yil 17.08 № 5121000-2.02 bilan ro‘yxatga olingan va 2019-yil 6.10 sana bilan tasdiqlangan Buxoro tarixi fan dasturi asosida yaratilgan ushbu o‘quv qo‘llanma Buxoro davlat universiteti Buxoro tarixi ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun mazkur fanni o‘zlashtirishga baholi qudrat ko‘mak beradi, degan umiddamiz. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling