O‘quv qo‘llanma


Garchi Buxoroda oshdi xoja Ismat shuhrati


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

Garchi Buxoroda oshdi xoja Ismat shuhrati 
Sozki, Xurosonda yo‘qdir xoja Ismat ismati 
 
Mazkur bayt mazmuni: Xuroson va Buxoroda Xo‘ja Ismatdek 
halol, pok, ma’lum va mashhur inson yo‘qdir.
XIV asrda ijod etgan shoirlar orasida Nosir Buxoriy ham o‘z 
o‘rniga ega edi. U qasida, tarjiband, masnaviy, g‘azal, qita va 
muxammas janrida ijod etgan. Fozil va darvesh tabiatli bo‘lgan. 
Hamisha darvesh libosida sayohat qilib, namatdan tikilgan qabo, 
taqiya, bo‘z cho‘pon kiyib yurgan. 
Davlatshoh Samarqandiy o‘zining “Tazkirat ush-shuaro” 
(Shoirlar bo‘stoni) asarida buxorolik shoir-Tohir Buxoriy xususida 
quyidagilarni ta’kidlaydi: “Ismi shahzoda Tohirdir. Xushfe’l odam 
bo‘lib, Sulton (Abulqosim) Bobur davrida poytaxt Hirotga kelib 
qolgan va poytaxt fozillari bilan yaqin aloqada bo‘lgan. ... Poytaxt 
Hirotda boshqa she’laridan ko‘ra, g‘azallari qo‘proq shuhrat topgan”.
Movarounnahrda keng tarqalgan tariqatlar ichida Naqshbandiya 
tariqati ham Amir Temur e’tiboridan chetda qolmagan. Bunyodkorlik 
sohasiga katta e’tibor bergan Amir Temur o‘z faoliyatini 
Naqshbandiya tariqatining osoyishtalik va farovonlik hamda 
obodonchilik g‘oyalari bilan omuxtalashtira olgan. 
Tariqat asoschisi Bahouddin Naqshband (1318-1389) hayot 
yo‘li va ta’limoti xaqidagi asosiy manbalar jumlasiga Salohiddin ibn 
Muborakning “Anis ut-tolibin va uddat us-solikin”, Muxammad 
Boqirning “Maqomoti Hazrat Xoja Naqshband”, Muxammad 
Porsoning “Risolai qudsiya”, Ya’qub Charxiyning “Risolai unsiya” 
asarlari kiradi.
Bahouddin Nakshband xijriy 718-yilning muxarram oyida 
tavallud topgan. Bu sana milodiy 1318-yilning 5 martidan 3 
apreligacha bo‘lgan vaqtga to‘g‘ri keladi. Bu komil inson tug‘ilgan 
makon Buxoro shahriga yaqin Qasri Hinduvon qishlog‘i bo‘lib, 
hozirgi kunda Buxoro viloyati Kogon tumanida joylashgan. Bu manzil 
1
Давлатшоҳ Самарқандий. Тазкират уш-шуаро (Шоирлар бўстони) / Форс-тожик 
тилидан Б. Ахмедов таржимаси.–Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги адабиёт ва санъат 
нашриёти, 1981. 224б.


126 
Bahouddin Naqshband tug‘ilgandan keyin uning sharafiga Qasri 
Orifon deb atala boshlagan va hozirgi kungacha shu nom bilan 
ma’lum va mashhurdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling