O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Chashmai Ayub yodgorligi Amir Temur Buxorodagi Chashmai Ayub, Sayfiddin Boharziy, Bayonqulixon maqbaralarini ta’mirlashga mablag‘ ajratgan. Sohibqiron farmoyishi bilan 1379-yili Chashmayi Ayub maqbarasi ustida katta gumbaz qurilgan. Maqbaraning o‘zi kvadrat tarzida 4,5x4,5 m go‘rxona bo‘lib, XII asrda ikki eshigi bo‘lgan. Go‘rxona 122 devorida uning Amir Temur farmoyishi bilan 1379 yilda qurilganligi haqida yozuv bor. XV-XVI asrda go‘rxonaga taqab gumbazli zal, burchaklarida minorali dahliz bino etiladi. Natijada yodgorlik kengayib maqbaraning qadimgi qismi 16x26m tarxlik binoning ichida qoladi. Inshootning to‘rt qismi bir-biriga o‘xshamaydigan gumbazlar bilan qoplanadi. Shu bilan birga, Amir Temur davrida Buxorodagi eng katta masjidlardan biri Namozgohda mehrob devoriga yangicha zeb beriladi. Minorai Kalon yonida katta masjid qurish bilan bog‘liq tayyorgarlik ishlari olib boriladi. Shohruhning Movarounnahrdagi vakili hisoblangan Mirzo Ulug‘bek davrida Buxoroda keng ko‘lamli qurilish ishlari olib borilgan. Uning homiyligi va ko‘rsatmasi bilan Buxoro, Samarqand hamda G‘ijduvonda talabalar uchun madrasalar barpo etiladi. Ular orasida eng qadimgisi 1417-yili Buxoro shahrida qurilgan madrasadir. Madrasa bosh tarzida mahobatli peshtoq, ikki qanotida ikki qavatli hujralar va burchaklarida guldastalar joylashgan. Guldastalar tepasi qubbali qilib ishlangan. Madrasaning asosiy bezagi peshtoqida bo‘lib, unda sirkor g‘ishtchalardan tashqari rang-barang gulli parchin va koshindan foydalanilgan. Ravoqli peshtoqdan miyon-saroy orqali hovliga o‘giladi. Miyonsaroy ichki gumbazi o‘n ikki qirrali, g‘ishtdan to‘rsimon shakl qilinib, oralariga ko‘k va havo rang koshin terilgan. Hovli (26x25 m) atrofini ikki qavatli hujralar qatori va peshtoqli ikki ayvon egallagan. Madrasa 53x41,6 m o‘lchamga ega, hujralari mo‘‘jaz, o‘zaro mutanosib, ichki va tashqi tuzilishi o‘ziga xos. Hovlining shimoliy va janubiy tomonlari qisqaroq ko‘rinishga ega bo‘lib, devorlari, ravoq va peshtoqlari oq, feruza va binafsha rang sirkor g‘ishtlar bilan pardozlangan. Hujralar ichi ganch suvoqli. Masjid (15,5x5,5 m) va darsxona (5,5x5,5 m) gumbazli, Miyonsaroyning ikki yon tomonida joylashgan. Miyonsaroyning ikkinchi qavatida kutubxona joylashgan. 1586-yil Xo‘ja Sa’d Jo‘yboriy tomonidan madrasaning tashqi peshtog‘i va yonlaridagi hujralar ta’mir etilib, peshtoq bezagida mayda yozuvli va naqshli koshin ishlatilgan. Hovli g‘arbidagi hujra tepasida ganchkori bezaklar orasida ta’mirlovchi usta Ismoil ibn Tohir ibn Mahmud Isfahoniy nomi saqlangan. Abdurazzoq Samarqandiy- ning xabar qilishicha, Ulug‘bek 1419-yilning 28 noyabrida madrasaga kelib ilm oluvchi talabalarga in’omlar ulashgan. Madrasa eshigining peshtog‘ida arab tilida «Bilim olish har bir musulmon erkak va ayol 123 uchun farzdir», degan ibora o‘yib yozilgan. Madrasa XX asrda bir necha marotaba ta’mirlangan. Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi 1417-1420-yillar davomida qurilgan. Madrasa ikki qavatli, to‘g‘ri to‘rtburchak tarxli (56x81m). Tashqi to‘rt burchagida to‘rtta baland minora bor. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling