O‘quv qo‘llanma


To husni yor az ruhi xubon namudaast


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet43/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

To husni yor az ruhi xubon namudaast, 
Moro xayoli dilbaru shohid rabudaast. 
Mazmuni: Yor husni xublar yuzida ko‘ringach, mendan dilbaru 
talabgor xayolini o‘g‘irlab ketdi. 
Onho ki zi jomi ishq sarmast shudand, 
Nodida ruhash tamom az dast shudand. 
Dar rohi talab qadam nihodand zi car, 
CHun xok ba rohi ahli dil past shudash. 
 
Mazmuni: Ishq jomidan sarmast bo‘lganlar Uning yuzini 
ko‘rmay turib, butunlay qo‘l-oyoqdan tushib qoldilar. Boshlari bilan 
talab yo‘liga qadam qo‘ydilar, tuproqdek ahli dil yo‘lida erga 
to‘shaldilar. 
Buxoro adabiyot muhitida etakchi mavqega ega bo‘lgan 
shoirlardan biri Abdurahmon Mushfiqiydir (1525-1588). U Shayboniy 
Abdullaxon saroyida xizmat qilib “Malik ush-shuaro” unvonini olgan. 
“Devoni mutoibot” (Mutoibalar devoni), “Devoni g‘azaliyot” 
(G‘azallar devoni), “Devoni qasoid” (Qasidalar devoni), “Sadu yak 
buvad” (Bir yuz bir tugun) kabi asarlari hajviya, g‘azal va 
qasidalardan iborat. Mushfiqiy go‘zallik va muhabbatni tarannum 
etuvchi “Eram bog‘i”, “Soqiynoma”, “Jahonnoma” kabi she’riy 
asarlar yaratdi.
Adabiy 
tazkiranavislik 
janrida 
ijod 
qilgan 
Hasanxoja 
Nisoriyning 
“Muzakkiri 
ahbob” 
asari 
Buxordagi 
adabiy 
jarayonlarning sermahsul namunasi bo‘lib, asar 1566-1567-yillarda 


141 
yozib tugatilgan. Unda muallif davrigacha yashagan, shuningdek, 
muallifga zamondosh bo‘lgan ikki yuzdan ortiq shoir va tasavvuf ahli 
to‘g‘risida biografik ma’lumot beriladi, she’rlaridan namunalar 
keltiriladi.
Adabiy jarayonlar bilan yondosh rivojlangan Buxoro 
miniatyura san’ati Hirot miniatyura maktabi an’analarini o‘zida 
mujassam etib, Shayboniylar davrida badiiy mukammallik darajasiga 
ko‘tarildi va o‘ziga xos yo‘nalish kasb etdi. Umumlashtirish, 
shaklning ixchamligi, kiyim va bezaklarning aniq va yirik ishlanishi, 
me’moriy tasvir va zaminning soddalashtirilishi Buxoro miniatyura 
maktabiga xos bo‘lgan xususiyatlardir. Miniatyuralarda qabul 
sahnalari, tabiat va maishiy manzaralar, saroy hayotidan olingan 
lavhalar, shuningdek, ko‘chmanchi hayot ko‘rinishlari va shahar 
hayotidan olingan janrli lavhalar hamda hunarmandlar faoliyati aks 
ettirilgan. Mahmud Muzahhib, Shayxzoda, Abdulla Musavvir Buxoro 
miniatyura maktabining Shayboniylar davrida ijod qilgan yirik 
namoyandalari 
hisoblanadi. 
Bu 
maktab 
vakillari 
tomonidan 
Sa’diyning “Bo‘ston”, Jomiyning “Tuhfat ul-ahror”, Dehlaviyning 
“Tarixi Xizrxon” asarlariga miniatyura va bezaklar ishlangan. 
Shaybonitylar 
davri 
Buxoro 
me’morchiligining badiiy 
kompozitsion ko‘rinishlari darvozalar, masjid, madrasa va boshqa 
inshootlar qurilishida o‘z ifodasini topgan. Shayboniylardan 
Abdullazizxon va Abdullaxon davrida Buxoro atrofi yangi devor bilan 
o‘rab olindi va darvozalar qurildi. Abdulazizxon barpo ettirgan qal’a 
devorlarini Abdullaxon g‘arbga tomon kengaytirdi va 11 darvoza 
barpo etildi
1
. Ular quyidagicha nomlangan: Samarkand darvozasi
Hazrati Imom darvozasi, O‘g‘lon darvozasi, Talipoch darvozasi, 
Shergiron darvozasi, Qorako‘l darvozasi, Shayx Jalol darvozasi, 
Namozgoh darvozasi, Salloxona darvozasi, Qavola (Qarshi) 
darvozasi, Mozori Sharif darvozasi 
Samarqand darvozasi. Shayboniy hukmdor Abdulazizxon 
tomonidan qurdirilgan bo‘lib, 1557-1560-yillarda Abdullaxon 
tomonidan qayta ta’mirlangan. Samarkand yo‘li orqali G‘ijduvon, 
Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlardan, uzoq xorijdan kelgan 
mehmonlar, savdogarlar shu darvozadan shaharga kirishgan. Darvoza 
1
Сухарева О.А. К истории городов Бухарского ханства (историко-этнографические 
очерки).-Ташкент: Изд-во академии наук Узбекской ССР. 1958. 20-36.


142 
yaqinida aravasozlik, yog‘och materiallari, eshik, deraza bozori 
bo‘lgan. Keyinchalik amir Abdulahadxon (1885-1910), amir Olimxon 
(1910-1920) davrida tiklangan yozgi saroy - Sitorai Mohi-Xossaga 
eltuvchi yo‘l shu darvoza orqali o‘tgani bois, bu maskan savdogarlar 
uchun juda ahamiyatli hisoblangan. Darvozaning balandligi 11,4 metr, 
qadimiy devor balandligiga teng bo‘lib, arka va timpanli, kitobasiz 
tekis qilib, bir nechta darichalar qo‘yib tiklangan, terakot hamda 
koshindan belbog‘li qilib jilo berilgan. “Guldasta”lari hamda ustki 
qismi chiroyli qirrali gultoj bilan bezatilib, qadimiy devorga bir xilda 
birlashtirilgan. O‘tgan asrning 60-yillarida shaharni kengaytirish 
bahonasida inshoot buzib yuborildi. 2009 yil yanvar oyidan boshlab 
muhandis-me’mor Mahmud Ahmedov loyihasi asosida asl qiyofaga 
mos qilib qayta tiklandi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling