O‘quv qo‘llanma


Ashtarxoniylar davri Buxoro me’morchiligi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet51/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

8.3. Ashtarxoniylar davri Buxoro me’morchiligi 
O‘rta Osiyo, ayniqsa Buxoro karvon yo‘llari kesishmasida 
joylashgan muhim ahamiyatga ega shahar sanalganligi uchun bu 
shaharda xo‘jalik, ma’muriy va ma’rifiy ahamiyatga ega binolarning 
ko‘p bo‘lishi tabiiy holat edi. Buxoroda sulolalar almashinuvi ko‘p 
kuzatilgan bo‘lishiga qaramay, shaharda qurilgan binolar o‘zining 
mahobati, bezak uslublari, foydalanish jihatlariga ko‘ra o‘zgarib 
boravergan. 
Ayniqsa, 
Buxoro 
va 
Samarqand 
shaharlarida 
me’morchilik binolarida avval mavjud bo‘lgan an’analardan 
foydalanilgan va ularga qisman o‘zgartirishlar kiritib borilgan. 
Binolarning tashqi va ichki intererlarini bezatishda sirkor g‘isht 
parchalaridan foydalanish davom etgan
2

Buxoro Shayboniylar sulolasi taxtdan ketib, ashtarxoniylar 
sulolasi vakillari hokimiyat tepasiga kelgandan keyin ham o‘zining 
poytaxt maqomini saqlab qoldi. Buxoro xonligi tasarrufiga kirgan 
hududlarida shaharsozlik va me’morchilik avvalgi mahobat bilan 
bo‘lmasa-da ancha rivoj topdi. Ko‘plab ma’rifiy va ma’muriy xo‘jalik 
binolari, jumladan, masjid, madrasa, karvonsaroy, bozor, xonaqoh va 
hammomlar barpo etildi. Faqatgina ularning tashqi qiyofasidagi ayrim 
1
Хусенов С, Ражабова И. Чор-Бакр. -Тошкент: Шарқ, 2001. -Б. 139.
2
Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. - Москва: 
Искусство, 1982. – Б. 35.


170 
o‘zgarishlarni inobatga olmaganda, avvalgi davrlar an’anasi mavjud 
bo‘lib qoldi.
Buxoro xonlik poytaxti bo‘lgan davrda alohida me’morchilik 
maktablari
1
tashkil etilib, nafaqat poytaxtda, balki boshqa shaharlarda 
ham shaharsozlik borasida katta ishlar amalga oshirilgan. Siyosiy 
vaziyat qanday bo‘lishidan qat’iy nazar, hukmdorlar va ularning 
amaldorlari tarafidan qurilish ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. 
Shuning natijasi o‘laroq, poytaxtda Abdulazizxon, Ubaydullaxon 
madrasalari, 
Boqi 
Muhammad, 
Ubaydullaxon 
masjidlari, 
Subhonqulixon Registonda qazdirgan quduq, Dor ash-shifo, Balxda 
Nodir Muhammad va Subhonqulixon madrasalari, uning atrofida 
chorbog‘lar, Balx arkidagi imoratlar, hazrati Ali mozoridagi gumbaz
2
hamda boshqalar fikrimizning tasdig‘idir. 
Ushbu davrda Buxoro me’morchilik maktabi namoyondalari 
tomonidan barpo etilgan inshootlarda alohida o‘ziga xoslik mavjud 
bo‘lib, ular bir-birini takrorlamaydi, ya’ni har biri alohida geometrik 
(aniqrog‘i stereometrik) chizma asosida tuzilgan. Me’morchilik 
inshootlarining interer qismlari yangi bunyod etilayotganlari uchun 
rivojlanish yo‘lida manba
3
bo‘ldi va bu an’ana keyingi davr tarixiy 
yodgorliklariga ko‘chib o‘tdi. 
O‘zaro urushlar, iqtisodiy tanglik yillarida esa binolarni barpo 
etishda boshqa oddiyroq, ammo iqlimiy o‘zgarishlarga chidamli 
mahsulotlardan ham keng foydalanilgan. Jumladan poydevoriga nam 
ko‘tarilmasligi uchun qamish yotqizilgan holatlar ham uchraydi
4
. Yoki 
bo‘lmasa, ichki devorlar orasiga g‘isht bo‘laklari va xom g‘ishtlardan 
ham ishlatilgan.
Ashtarxoniylar sulolasining poytaxti bo‘lmish Buxoro shahri 
me’morchiligida ushbu davrda me’morlar inshootlarning qurilishiga 
alohida e’tibor berishgan hamda binolarning bezak ishlarida 
naqshinkor mayolika aralash usuldan foydalanganlar, ko‘pincha 
terrakota asosida geometrik mozaikani ham ishlatishgan
5
. Ammo 
1
История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 145.
2
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000.- Б.273.
3
История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 145.
4
Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ 1997. - Б. 99.
5
Ўзбекистон тарихий обидаларидаги битиклар. Бухоро/ Муаллифлар жамоаси. -
Тошкент: Uzbekistan Today, 2016. -Б. 538.


171 
siyosiy va iqtisodiy tanazzul oqibatida ularda ishlatilgan bezaklarning 
sifati tobora pasayib boravergan.
Buxoro me’morchilik maktabi Temuriylar davrida bunyod 
etilgan Ulug‘bek madrasasi asosida shakllangan bo‘lib, buning 
o‘ziyoq mintaqada me’morchilik an’anasiga aylanadi. Bu shakldagi 
binolarni barpo etish usuli O‘rta Osiyoning boshqa inshootlarida ham 
yaqqol ko‘zga tashlanadi. 
Ma’lumki, XVII asr boshlarida Shayboniy Abdullaxon II 
davrida erishilgan yutuqlardan kam foydalanilib, asosan Temuriylar 
davri me’moriy inshootlariga taqlid kuchaya borgan. SHu bilan 
barovarida yirik ansambllar barpo etish an’anasi qayta tiklana bordi.
O‘rta Osiyo me’morchiligining go‘zal kompozitsion ko‘rinishi 
sanalmish Labi Hovuz ansambli bugungi kungacha ko‘pchilik 
tadqiqotchilarning diqqatini o‘ziga tortib kelmoqda. U bir necha 
tarixiy me’moriy inshootlardan tashkil topgan. Ansambl inshootlari 
ichida dastlab qurilgani Ko‘kaldosh madrasasi sanaladi. 1569- yilda 
Shayboniy hukmdor Abdullaxon tomonidan O‘rta Osiyoda yirik 
madrasa qurdirishga qaror qiladi. Shuning natijasida davlat amaldori 
Qulbobo Ko‘kaldosh qurilish ishlariga boshchilik qilgan. Qiziqarli 
jihati, bu Abdullaxon davrida Ko‘kaldosh qurdirgan yagona madrasa 
emas edi.
1
Inshoot O‘rta Osiyo madrasalari orasida eng kattasi 
hisoblanib, o‘z ichiga 160 ta hujrani qamrab olgan. Ammo ushbu 
o‘quv binosi mablag‘ va turar joyni tejash maqsadida ikkita gumbazli 
qilib barpo etilgan.
2
Inshoot o‘z davri me’morchilik qoidalariga ko‘ra 
mozaika va mayolika bilan bezatilgan. Ichki qismida masjid va 
xujralari mavjud. Lekin bu paytda u ansamblshakliga kirmagan edi.
Bugungi kunda me’moriy ansambl tarkibiga kiruvchi yana bir 
inshoot Nodir Devonbegi xonaqosi sanaladi. Xonaqohlar kamdan kam 
holatlarda markaziy ansambllarning tarkibiy qismi sanalgan.
3
Asosiy 
hollarda ular, davlatning boy amaldorlari va shayxlarning muridlari 
tomonidan bunyod etilgan. Mazkur inshootning ichki qismi kvadrat 
ko‘rinishidagi zal shakliga ega, uning yuqorisi gumbaz bilan 
qoplangan. Binoning tashqi tomonidan hujralar taqab qurilganligiga 
guvoh bo‘lamiz. Asosiy peshtoq mozaika bilan bezatilgan bo‘lib, arab 
yozuvidagi yozuvlar tasviri mavjud. Inshootning yon tomoni esa 
1
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000. - Б.251.
2
Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси.-Тошкент: Шарқ, 1997.- Б. 103.
3
Ўша манба. -Б.102


172 
guldasta-mezanalar bilan bezatilgan. Ashtarxoniylar hukmronligi 
davriga kelib, hovuz atrofida binolar qurilishi bilan Labi Hovuz 
me’moriy ansambliga aylana bordi.
1
Garchi qurilayotgan inshootlar 
kam bo‘lsa-da, ammo binolarning mahobati bilan avvalgilariga 
raqobatdosh bo‘lgan. Ma’lumki bu paytda Ko‘kaldosh madrasasi 
qurib bo‘lingan edi. Qiziqarli jihati bu me’moriy inshootlarning 
birortasi ham hukmdor nomi bilan atalmasligi bilan alohida ajralib 
turadi.

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling