O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nodir devonbegi madrasasi
Nodir devonbegi xonaqosi
Vazir nomi bilan bog‘liq bo‘lgan yana bir inshoot Nodir Devonbegi madrasasidir. Aslida karvonsaroy vazifasida qurilgan inshootning boshqa madrasalardan farqli jihati miyonsaroyning mavjud emasligida. Bundan tashqari, asli boshqa maqsadda barpo etilgan madrasada dars xonalar, masjid, xos ayvonlar mavjud emas. Aslida yuqorida sanalganlarning hammasi o‘quv binolari uchun xarakterli sanalgan. 1 История Бухары. Под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.- Б. 119. 173 Nodir devonbegi madrasasi Bino 1622-1623-yillar oralig‘ida barpo etilgan. E’tiborli tomoni shundaki, Nodir Devonbegi madrasasi peshtoqidagi quyoshga tomon uchayotgan qush tasviri berilganligi 1437-yilda Ulug‘bek uchun tayyorlangan jadvalda keltirilgan burjlarning berilganligi bilan izohlanadi 1 . Ayrim manbalarda bunday tarzda ifodalanish ikki xil talqin qilinadi va ikkalasi ham islom dini kirib kelishidan oldingi mazmunni, ya’ni munajjimlikni ifodalaydi 2 . Madrasa hovuzning sharqiy tomonida joylashgan bo‘lib, xonaqo bilan birgalikda qo‘sh uslubni eslatadi. Madrasaga aylantirilgan karvonsaroyning tarhidan shuni bilish mumkinki, unda madrasa uchun xos bo‘lgan o‘quv zali uchramaydi 3 . Shuningdek, uning ichki qismida qo‘shimcha peshtoqlari mavjud emas. Qiziqarli jihati shundaki, madrasa va xonaqo deyarli bir davrda qurilgan va har ikkalasida ham mozaikadan foydalanilgan. Biroq ulardagi mozaikalar bir-biridan farq qiladi. 1 Пугаченкова Г.А., Ремпель Л.И. Очерки искусства Средней Азии. - Москва: Искусство, 1982. – Б. 148. 2 Бухоро Шарқ дурдонаси/ Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: Шарқ, 1997. - Б. 106. 3 Всемирная история архитектуры. Под ред. Н. В. Баранова. В 12 томах. Т.8. - Москва: Издательство литературы по строительству, 1969. – Б. 325. 174 Masalan, xonaqo peshtoqidagi kitoba mayolikali mozaika uslubida bajarilgan bo‘lsa, madrasa binosida geometrik mozaikani 1 uchratamiz. Shuningdek, Devonbegi nomi bilan ataladigan hovuz 2 5 metr chuqurlikka ega bo‘lib, sakkiz qirrali ko‘rinishga ega. Uning uch tomoni me’moriy yodgorliklar bilan o‘ralgan bo‘lib, faqatgina janubiy – Shohrud kanali va savdo ko‘chasiga ro‘para ko‘chasi ochiq qoldirilgan xolos. Mazkur hovuz shu hududda saqlanayotgan hovuzlar ichida kattalaridan biri hamda me’moriy ansamblning ajralmas qismi sanaladi. Zeroki, shahar markazidagi ushbu ansamblning nomi ham bevosita u bilan bog‘liq. Hovuzlar asosan yaqin oradagi aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasini bajargan. Ularning atrofi doim meshkoblar bilan to‘la bo‘lgan. Bu XX asr boshlarida chet ellik fotograflar tomonidan olingan suratlarda ham o‘z aksini topgan. Ashtarxoniylar davriga kelib monumental qurilishlar kamaysa- da, shaharning markaziy qismlarida vujudga kelayotgan ansambllar o‘ziga xosligi bilan alohida ajralib turavergan. Jumladan, Labi Xovuz ansambli fikrimiz isboti. Abdulazizxon madrasasi bunyod etilishi bilan Buxoroda qo‘sh madrasalar soni yana bittaga ortgan. Bundan tashqari, 1617-yilda Registon maydonida Poyandabiy masjidi barpo etiladi 3 . 1637-yilda esa Mag‘oki Ko‘rpa masjidi qad rostlagan. Hukmdor qarorgohi sanalmish Ark qo‘rg‘onida joniylar hukmronligi davrida ko‘plab inshootlar qad ko‘targan. Bu haqda Nosirxon To‘raning “Tahqiqoti Arki Buxoro” kitobida etarlicha ma’lumotlar uchraydi 4 . Masalan, Abdulazizxon davrida barpo etilgan Marosimxona binosi, Subhonqulixon davrida qad ko‘targan Jome’ masjidi binolari shular jumlasidandir. XVII asrda Samarqand Registon ansamblining hozirgi qiyofasi shakllantirildi. Samarqand hokimi Yalangto‘sh Bahodir 1619-1635- yillarda Samarqanddagi Ulug‘bek madrasasi qarshisida, vayron etilgan xonaqoh 5 o‘rnida SHerdor madrasasini, 1646-1659-yillarda Tillakori masjid-madrasasini barpo ettiradi. Samarqand Registon ansambli o‘zining rang-barang koshinkor bezaklari, naqshinkor 1 Ўзбекистон тарихий обидаларидаги битиклар. Бухоро/ Муаллифлар жамоаси. - Тошкент: Uzbekistan Today, 2016. -Б. 538 2 Б.В. Вейрман. Искусство Средней Азии. -Москва-Ленинград: Искусство, 1940.-С. 104. 3 История Бухары, /АН РУз, под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.-С. 121 4 Андреев М.С, Чехович О.Д, “Арк Бухары”. -Душанбе: Дониш, 1972.-С. 14 5 Регистон . Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси -Тошкент: Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси /www.ziyouz.com кутубхонаси . 175 peshtoqlari, ulkan gumbazlari bilan O‘rta Osiyo me’morchiligining noyob tarixiy yodgorligi sanaladi. XVII asrning 60-yillaridan Buxoro siyosiy kurashlar maydoniga aylanib boraverishi natijasida uning madaniy va iqtisodiy ahamiyati biroz pasaygandek bo‘ldi 1 . O‘sha davrda Eronga tashrif buyurgan polyak elchisi kuzatuvlariga qaraganda, Abdulazizxon “turli fan sohalarida, ayniqsa, matematika sohasida olim odam” bo‘lgan. U forslarga tez-tez o‘z kuchini his qilish imkoniyatini berardi 2 . Shu o‘rinda yana bir ma’lumot, qolgan ashtarxoniy hukmdorlar singari Abdulazizxon ham ijod kishisi sanalgan. Jumladan, u “Aziziy” taxallusi bilan she’rlar bitgan 3 . Shuningdek, u nasx va nasta’liq xatida yozishni, maktub va insho mashqini zamonasining eng sara allomalaridan o‘rgangan edi. Keyinchalik oliy hukmdor darajasiga etishganda, Hindiston, Eron va Rumga xoh turkiy, xoh forsiyda bo‘lsin, noma bitilarkan, ularni o‘zi tahrir qilib, yoqmasa boshqatdan o‘zi yozarkan 4 . Abdulazizxon hukmronligi davrida me’morchilik sohasiga alohida e’tibor qaratilib, Buxoroda o‘z nomi bilan va Volidai Abdulazizxon, Samarqandda Tillakori madrsalarini barpo ettiradi. Ular orasida tashqi peshtoqi muqarnasi betakror sanaladigani bu Buxoro shahridagi Abdulazizxon madrasasi sanaladi. O‘rta osiyo mem’orchiligining XVII asrdagi g‘oyat ulkan me’morchilik namunasi haqida Pugachenkova hamda Rempelning “Ocherki iskusstva Sredney Azii” kitobida etarlicha ma’lumot berilgan. Shuningdek, hukmdor o‘z davrida qo‘lyozmalar kutubxonasini tashkil etadi. Abdulazizxon tomonidan barpo etilgan Mirakon, Bozori Go‘sfand, Xiyobon madrasalarining ayrimlari bizning davrimizgacha etib kelgan. 1 История Бухары, /АН РУз, под редакцией И.Муминова. -Ташкент: Фан, 1976.-С. 113 2 Витсен Н. Северная и Восточная Тартария, включающая области, расположенные в северной и восточной частях Европы и Азии./ Николаас Витсен; пер. с гол. яз. В. Г. Трисман; ред. и науч. рук. Н. П. Копанева, Б. Наарден. -Амстердам: Pegasus, 2010. -С. 186 3 Азамат Зиё Ўзбек давлатчилиги тарихи.-Тошкент: Шарқ, 2000,-Б.271. 4 Мухаммад Юсуф Мунши. Муким-ханская история / Перевод с таджикского, предисловие, примечания и указатели А.А.Семенова. -Ташкент: Изд-во АНУзССР, 1956. -С. 109 |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling