O‘quv qo‘llanma


Buxoro Xalq Respublikasi hududida sovet rejimiga


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet67/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
10.2.Buxoro Xalq Respublikasi hududida sovet rejimiga 
qarshi qurolli harakat (1920-1924) 
Bolsheviklar tomonidan o‘rnatilgan kommunistik rejimga 
qarshi kurash 1920-1924-yillarda Buxoro va unga qarashli tuman va 
bekliklar hududlarini qamrab oldi. Bu harakatga sovet hukumati 
davrida “Bosmachilik” degan rasmiy nom berildi. “Bosmachi” so‘zi 
aslida turkiy “bosmoq”(hujum qilmoq) so‘zidan yasalgan. Milliy 
ozodlik harakatining mohiyatini soxtalashtirish ajdodlarimizning sovet 
rejimi va bolsheviklar hukmronligi hamda qizil armiyaning 
bosqinchilik siyosatiga qarshi olib borgan qonli kurashlarini niqoblash 
uchun buyuk davlat shovinistlari tomonidan o‘ylab chiqarilgan hamda 


225 
“banditlik”, “qaroqchilik” degan so‘zlar bilan asossiz suratda 
tenglashtirilgan
1

Buxoro respublikasidagi mustaqillik uchun kurashayotgan 
kuchlar 1920 yilning kuzida tashkil topgan va ikki guruhdan iborat 
bo‘lib, ularning har biri o‘zining kurash usuli va yo‘lidan borgan. 
Birinchi guruhdagilar amirlik tuzumini qayta tiklash, yangi hukumatni 
(“kofirlarga sotilgan jadidlar” hukumatini) ham yo‘qotish tarafdorlari 
edilar. Bu guruhga Ibrohimbek, Mulla Abdulqahhor va boshqa 
qo‘rboshilar rahbarlik qilishdi. Bu guruhni sobiq Buxoro amiri Said 
Olimxon ham qo‘llab-quvvatlab turdi. 1920-yilning avgust oyi 
oxirlarida u toj-taxtni tashlab Sharqiy Buxoroga ketdi hamda 
Shahrisabz, Boysun, Hisor va Ko‘lob viloyatlarida xalqning qizil 
askarlar bosqiniga qarshi ko‘tarilgan qo‘zg‘olonlariga rahbarlik 
qilishga urindi. 1921-yilning 4-martida Said Olimxon Afg‘oniston 
hududiga o‘tib ketdi va o‘sha erdan turib Buxorodagi muxolifat 
kuchlariga rahnamolik qildi. 
Harakatning ikkinchi guruhi qatnashchilari milliy istiqlol 
g‘oyalariga sodiq bo‘lgan buxorolik vatanparvarlardan iborat bo‘lib, 
ular Buxoroning muqaddas tuprog‘idan qizil armiyaning olib ketilishi, 
Buxoro Xalq Respublikasining rasman, so‘zda emas, balki amalda, 
haqiqiy suratda mustaqil bo‘lishi uchun harakat qildilar. Mazkur 
guruh tarafdorlarining ko‘lami keng bo‘lib, dastlab Davlatmandbek, 
Jabborbek, Doniyorbek, Anvar Posho va boshqalar bo‘lib, ularning 
safiga keyinchalik Buxoro Respublikasining juda ko‘pchilik rahbarlari 
– Buxoro Respublikasi MIQning birinchi raisi Usmonxo‘ja 
Po‘latxo‘jaev, Favqulodda Qo‘mita raisi Muhitdin Maxsum Xo‘jaev, 
Respublika Militsiyasining boshlig‘i Ali Rizo Afandi, Sherobod 
viloyati noziri Hasan Afandi, Termiz militsiyasining boshlig‘i Usmon 
Afandi, Respublika Harbiy ishlari noziri Abdulhamid Oripov, 
shuningdek Surayyo Afandi, M.Qulmuhamedovlar ham qo‘shildilar. 
Shuni ham ta’kidlash joizkim, qayd etilganlarning ko‘pchiligi jadidlar 
va yosh buxoroliklar bo‘lgan. To‘g‘ri, ular ochiqdan-ochiq qurolli 
kurash olib bormagan bo‘lsalarda, qurolli muxolifat bilan yashirin 
aloqada bo‘lishib, imkonlari boricha ularga yordam ko‘rsatishgan. 
Manbalarning guvohlik berishicha, 1920- yildayoq F.Xo‘jaev 
boshchiligidagi “Milliy Ittihod” tashkiloti tuzilib, tashkilot a’zolari 
1
ЎМЭ, 2-том. –Б.163.


226 
yashirin kurash olib borishgan
1
. Ammo kurash har doim ham yagona 
dastur va yagona qo‘mondon qo‘li ostida olib borilmagan. 
Buxoroda ham Turkistondagi kabi bolshevikcha andoza asosida 
sovet tuzumining tashkil qilinishidan, yangi hukumatning ijtimoiy-
iqtisodiy siyosatidan norozi bo‘lgan, mol-mulkidan ajralgan boylar, 
dehqonlar va hunarmandlar qurolli muxolifatning asosini tashkil etadi. 
Kurashga boshchilik qilayotgan qo‘rboshilar ham faqat katta boy va 
yirik diniy arbob bo‘lmasdan, ular orasida ziyolilar, jadid 
vatanparvarlari, turli kasb egalari ham mavjud edi.
Buxoro ozodlik kurashchilarining bosh qo‘mondoni G‘ozi, 
Buxoro inqilobchisi Qori Abdulla, Norqul Botir, Doniyolbek 
ellikboshilar imzo chekkan maktub Buxoro Respublikasi hukumatiga 
yuborilib, unda kommunistlarning, favqulodda komissiyaning, 
umuman bolsheviklarning hatti-harakatlaridan norozilik, Buxoroni 
haqiqatda mustaqil emasligi qayd etilgan hamda bu Buxorodagi 
mustaqillik uchun kurashning o‘ziga xosligi bo‘lib, bu erda harakat 
qisqa fursatda ommaviy tus olgan. 
Buxoro Xalq Respublikasi hududida qurolli muxolifatning 
harakati ikki davrni o‘z ichiga qamrab oladi. Birinchi davr 1920-1924-
yillarni, ikkinchi davr esa 1925-1935-yillarni qamrab oladi. 
Harakatning birinchi davrida kurash Sharqiy Buxoroda va G‘arbiy 
Buxoroda olib borilib, Sharqiy Buxorodagi harakatga Ibrohimbek, 
G‘arbiy Buxorodagi harakatga esa Mulla Abdulqahhor boshchilik 
qilgan. 
1921-yil oktyabrida Buxoro shahriga etib kelgan Anvar Posho 
oradan ko‘p o‘tmay Sharqiy Buxorodagi vatanparvarlar safiga 
qo‘shildi. Anvar Posho (1881-1922) – yosh turklar inqilobini amalga 
oshirgan, “Ittihod va taraqqiy” partiyasi rahbarlaridan biri, general 
(Posho)unvonini olgan, Turkiyaning harbiy vaziri lavozimida 
ishlagan. U 1921-yil dekabrdan boshlab Sharqiy Buxorodagi 
qo‘rboshilarga rahbarlik qila boshladi. Anvar Posho ko‘rsatmasi bilan 
Buxoro , Farg‘ona va Xorazm qo‘rboshilarining uchrashuvlari 
muntazam o‘tkazib turildi hamda ularga kerakli yo‘l-yo‘riqlar berildi. 
Buxoro amiri Said Olimxon ham Anvar Posho orqali Turkistondagi 
istiqlolchilar guruhlari bilan muntazam aloqani yo‘lga qo‘yib turdi.
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб.- Т.: Шарқ, 2000. –Б.251.


227 
Mulla Abdulqahhor (1884-1924) – G‘arbiy Buxoroda qizil 
armiya qismlariga qarshi kurashgan istiqlolchi kuchlarning bosh 
qo‘mondoni, Buxoro viloyatining G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 
Mulla Abdulqahhor Buxorodagi mashhur Mir Arab madrasasida tahsil 
olib, buxoroliklar orasida katta obro‘ga ega bo‘lib yirik ulamo sifatida 
nom chiqargan. Uning qo‘l ostida 20 ta qo‘rboshi dastalari birlashgan 
edi: O‘rmon Polvon, Metan Polvon, Naim Polvon, Shukur Xo‘ja, 
Jo‘ra Amin, Hayit Amin, Oston Qorovulbegi (Ostoncha), Said 
Mansur, Murod Meshkob, Azimxo‘ja, Hamro Polvon, Murod Polvon, 
Tosh Murdasho‘y, Xushvaqt va Sirojxo‘ja kabi sardorlar. Bulardan 
Metan Polvon va Naim Polvon Mulla Abdulqahhorning ukalari bo‘lib, 
dushmanga nisbatan shafqatsizliklari bilan nom chiqargan edilar. Ular 
asosan G‘ijduvon, Shofirkon, Vobkent, Romitan tumanlari va 
Nurotada harakat qilgan edilar
1

“Buxoro shahri atrofidagi fuqarolar, G‘ijduvon, Pirmast, 
Vobkent, Xo‘ja Orif, Xutfar, Vang‘oze, Qorako‘l tumanliklari aholisi 
va fuqarolari, taxminan 15 ming nafar odam uning(mulla 
Abdulqahhorning) atrofiga jamlangan edi”
2

G‘arbiy Buxoroda 1921-yilda tuman markazlari va yirik 
qishloqlarda qizil askarlarning harbiy garnizonlari tuzildi. Bunday 
garnizonlar Shofirkon, Talisafed, Vardonze, Vobkent, Romitan, 
Zandana, G‘ishti, G‘ijduvon va boshqa joylarda tashkil etildi. Ular 
ko‘pincha qishloqlarni talon-toroj qilish bilan shug‘ullandi. Arxiv 
ma’lumotlariga qaraganda, Buxoro istiqlolchilari saflarida ko‘plab 
o‘zbek va tojik ayollari ham kurashgan
3

Bu paytda M.Abdulqahhor qo‘rboshi Afg‘onistonda turgan sobiq 
amir S.Olimxon, Ibrohimbek va Anvar Posho bilan doimiy aloqalarni 
yo‘lga qo‘ydi. Mulla Abdulqahhorning qo‘shiniga qisqa vaqt ichida 
minglab buxoroliklar kelib qo‘shildi. S.Olimxonning yozishicha, 
M.Abdulqahhor qo‘shiniga Buxoro atrofidan taxminan 6 ming nafar, 
Vobkent tarafidan 2 ming nafar, Shofirkondan 2 ming nafar, Pirmast 
tumanidan 2 ming nafar, Xutfar va Laqlaqa (Romitan va Peshko‘)dan 
2,5 ming nafar, Vag‘onza (Qiziltepa)dan 3 ming nafar va Bahouddin 
1
Ўзбекистоннинг янги тарихи. 2-китоб. –Б. 258-259.
2
Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. -Т.:1991. –Б.20.
3
Қ.Ражабов. Бухорога қизил армия босқини ва унга қарши кураш:тарих ҳақиқати 
(1920-1924). –Т.: Маънавият, 2002. –Б.81.


228 
(Kogon) tumanidan 2 ming nafar – jami 25 ming nafardan ortiq jamoa 
yig‘ilgan
1

G‘ijduvon jangi natijasida qizil askarlarga qattiq zarba berildi, 
bir oy ichida ikki ming dona beshotar miltiq, yuz ming dona beshotar 
miltiq o‘qi, o‘nta pulemyot,uchta zirhli mashina (bronevik) o‘lja qilib 
olindi. G‘ijduvondan so‘ng Shofirkon, Vobkent va Romitan ham 
istiqlolchilar qo‘liga o‘tib, Nurotaga hujum uyushtirildi va u 
harakatning qarorgohi bo‘lib qoldi
2

Buxoro istiqlolchilarining o‘ziga xosligi shunda ediki, ular 
Farg‘ona istiqlolchilaridan farqli ravishda yangi hukumatning 
rahbarlariga maktub yo‘llab o‘z maqsad va talablarini bayon etishgan. 
Masalan, yuqorida qayd etilgan harakatlardan keyin istiqlolchilar 
qarorgohidan Mulla Jalol va Hazratqulbek vakilligida BXSR 
hukumati raisi F.Xo‘jaevga ultimatum (talabnoma) yuborilib, unda 
shunday deyilgan edi: “Zarafshon daryosining yuqori qismini berasan, 
aks holda Buxoroga hujum qilaman”
3
. Istiqlolchilarning talabi rad 
etilgach, 1922- yilning martida Buxoroga hujum uyushtirildi. 
Zarafshon daryosining Mehtar Qosim (Vobkent hududida) ko‘prigi 
atrofida BXSRning qizil askarlari mag‘lubiyatga uchradi. Bu erda bir-
ikki kun davomida qattiq janglar bo‘lib o‘tdi.
Shundan keyin M.Abdulqahhor Eski Buxoroga hujum qilib
qisqa fursatda shaharning 6 ta darvozasini egalladi. Erishilgan 
ustunlikni mustahkamlash maqsadida o‘z qo‘shinini ikkiga bo‘lib, 
birinchi qismini Kogonga yo‘naltirdi, ikkinchi qismi bilan o‘zi Eski 
Buxorodagi vaziyatni to‘rt soat davomida ushlab turdi va keyin Qasri 
Orifon (Kogon)ga harakat qildi.
Biroq bu muddat ichida qizil qo‘shin o‘zining katta kuchlarini bu 
erga to‘plashga muvaffaq bo‘ldi va istiqlolchilarni mag‘lub etdi. Shu 
vaqtgacha Anvar Poshoning qo‘shini Shahrisabz va Qarshi orqali 
Buxoro viloyatiga etib kelishi kerak edi. Afsuski bunday bo‘lmadi va 
qo‘shimcha kuchlar etib kelolmadi. Aynan shu fursatda Eski Buxoro 
atrofida vaziyat murakkablashdi. Buxoro shahrini Jabbor qo‘rboshi 
hamma tomondan qurshab olgan edi (1922-yil 5-mart). BXSR 
hukumati Turkiston ASSRdan yordam so‘radi va Samarqanddan, 
Toshkentdan qo‘shimcha kuchlar, Zakaspiydan esa otliqlar polki 
1
Амир Саййид Олимхон. Бухоро халқининг ҳасрати тарихи. -Т.:1991. –Б. 23.
2
Қ.Ражабов. Кўрсатилган асар. –Б.82.
3
А.Набиев.Жанговар йиллардан лавҳалар. -Т.: 1968. –Б.13.


229 
yordamga etib keldi. Oqibatda Jabbor qo‘rboshining qo‘shini ham 
mahv etildi. Bir necha kunlik shiddatli janglardan so‘ng Vobkent, 
G‘ijduvon, Shofirkon va boshqa shaharlar birin-ketin qizillar 
tomonidan bosib olindi. Shunday bo‘lsada, harakat davom etgan. 
Masalan, 1922-yilning aprel oyi boshlarida Buxorodan 15 chaqirimlik 
masofadagi Jondorda qizil qo‘shin bilan ayovsiz to‘qnashuvlar bo‘lib 
o‘tgan. 
1922-yilning 
bahorida 
Buxoro 
Respublikasidagi 
qurolli 
harakatda vaziyat yanada keskinlashdi. 1922-yilning 19-mayida Anvar 
Posho Sovet davlatining poytaxti –Moskvaga ultimatum yuborib rus 
qo‘shinlarini Turkiston tuprog‘idan olib chiqib ketishni talab qildi. 
Talabnomaga 
javob 
berilmadi 
va 
aksincha 
qarshi 
harakat 
kuchaytirildi. 1922-yilning 1-iyunidan boshlab BXSR hududida ikki 
front: Sharqiy va G‘arbiy front tashkil etildi. Natijada qizil armiya 
qo‘shini qat’iy hujumga o‘tib, shu yilning 4-avgustida Sharqiy 
Buxoroda (Baljuvon atroflarida) Anvar Posho qo‘shiniga qarshi katta 
kuchni tashladi. Jang paytida besh joyidan yaralangan Anvar Posho 
o‘ldirildi. Shu jangda og‘ir yaralangan Davlatmandbek ham jangdan 
keyin o‘ldi. Anvar Poshoning dafn marosimida 250 ming 
turkistonliklar ishtirok etishgan. 
Istiqlolchilik harakati 1922- yilning kuzi va 1923- yilning 
boshlarida ham faol davom etgan. Buxoro qo‘rboshilari orasida 
o‘zining jasurligi bilan nom chiqargan Hamro Polvon (1892-1941) 
asosan Romitan tumanida faoliyatini kuchaytirdi. Qo‘rboshi Murod 
Meshkob asosan Peshko‘ va Romitan tumanlarida harakat qildi. 1922- 
yilning dekabrida Oston qo‘rboshi SHofirkonda harakatini 
kuchaytirdi. Jo‘ra Amin qo‘rboshining dastasi esa shu vaqtda 
Jondorda qizillarga qattiq qarshilik ko‘rsatdi. Qo‘shimcha kuchlar etib 
kelgachgina, qizillar Jondorni egallab olishga muvaffaq bo‘ldilar. 
Qizillarning ustunlikni qo‘lga kiritishlaridan so‘ng shu yilning 
dekabrida Buxoro atroflarida istiqlolchilardan 511 kishi halok bo‘lib, 
127 kishi asirga olindi. 
1923-yilning boshi va bahorida Buxoro viloyati hududida, 
umuman G‘arbiy Buxoroda qurolli harakat yana jonlandi. Jo‘ra Amin 
(Jondor-Yakkatutda), Oston Qorovulbegi (Zandananing g‘arbida), 
Murod Meshkob (Xo‘ja Za’faronda), Mulla Abdulqahhor, Metan 
Povon va O‘rmon Polvon (Nurotada), Naim Polvon (G‘ishtida), 
Hamro Polvon (Buxoro shahridan shimoliy g‘arbda), Tosh 


230 
Murdasho‘y (Kumushkentda) harakat qildilar. Amudaryo bo‘yi 
rayonida Ochil Sardor (Qorako‘l atrofida), Qilich Sardor (Denovda), 
Rustam (Burdaliqda), Qilich Mergan (Karkida) kurashdilar. 
1923- yilning bahori-yozida qurolli harakat markazi Nurotada 
bo‘lib, Mulla Abdulqahhorning qarorgohi shu erda edi. Bu paytga 
kelib unga Metan Polvon, Latif Devonbegi, Abdurasul Afandi, 
Xushvaqt, Og‘a Gulbek, Yodgor Xo‘ja, Siroj Xo‘ja, Musaboy, Azim 
Yuzboshi, Mulla Qarshi, Nazir Yuzboshi, Asadulla Qorovulbegi, Oqil 
Qorovulbegi, Mustafo Qorovulbegi, Mulla Mansur kabi qo‘rboshilar 
bo‘ysunardi. Qorako‘l tumanida harakat qilayotgan Murod Polvon 
safdoshlari Jo‘ra Amin va Hayit Polvonlar bilan birgalikda aprel 
oyining oxirida Jondordagi qizil askarlar garnizoniga muvaffaqiyatli 
hujum uyushtirib, dushmanning ikkita aeroplani (samolyoti)ni urib 
tushirishdi. 10 iyunda Tosh Murdasho‘y va A’zam Xo‘janing 300 
otliq otryadi Xargo‘sh atroflariga hujum qilib, bu erdagi qizillar 
garnizonini qirib tashladi (Q.Rajabov. Ko‘rsatilgan asar,115-bet). 
Jo‘ra Amin (1889-1926)ning yigitlari Jondor va Qorako‘l tumanlarida 
Pavlov qo‘mondonligidagi 13-o‘qchi korpusiga qarshi shafqatsiz 
janglar olib borishdi. 
1924-yilning boshlarida G‘arbiy Buxoroda Zandanada (Mulla 
Abdulqahhor), Qorako‘lda (Jo‘ra Amin), Jondorda (A’zamxo‘ja), 
Buxoro shahrining shimoliy g‘arbida (Tosh Murdasho‘y), Vobkentda 
(Ko‘r Ota), G‘ijduvonda (Islom Qorovulbegi), Shofirkonda (O‘rmon 
Polvon, Metan Polvon va Naim Polvon) kurashni davom ettirdilar. 
Ammo 1924-yilning 5-iyulida boshlangan “Bosmachilikni tugatish 
oyligi” natijasida 17 qo‘rboshi va 250 yigit qo‘lga olindi. Mulla 
Abdulqahhor 1924- yilning noyabrida Qizilqumda o‘ldirildi. Shunday 
qilib, 1924-yilning oxirlariga kelib Buxoro va Karmana (G‘arbiy 
Buxoro) viloyatlaridagi istiqlolchilik harakati asosan mag‘lubiyatga 
uchradi. Lekin bu istiqlolchilik harakatining batamom mag‘lubiyatga 
uchraganini bildirmasdi. Keyingi davrda bu harakat yangi bosqichga 
ko‘chdi 
1


Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling