O‘quv qo‘llanma


Toshkent-Buxoro “Afrosiyob” tezyurar poezdi


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
Toshkent-Buxoro “Afrosiyob” tezyurar poezdi
Tez kunlarda elektropoezdning ikkinchisi ham olib kelinadi. 
Poezdlar harakatini yo‘lga qo‘yish barobarida qo‘shimcha ish o‘rinlari 
yaratilib, 15 mashinist va 50 ga yaqin vagon kuzatuvchisini ish bilan 
ta’minlash ko‘zda tutilgan. “O‘ztemiryo‘lmashta’mir” unitar 
korxonasi hududida yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoezdlarga 
xizmat ko‘rsatish sexi qurilmoqda. Bu ham yangi ish o‘rinlarini 
ko‘paytirish imkonini beradi. 
2010-yilda tashkil etilgan, zamonaviy texnologik uskunalar 
bilan jihozlangan “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma 
korxonasida pilla qayta ishlanib, turli o‘lcham, ko‘rinish va rangdagi 
matolar tayyorlanmoqda. Bunda buyurtmachi taklifi va bozor talabi 
asosida ish tutilmoqda. Hozir bu erda “Bahor”, “Yomg‘ir”, 
“Yulduzlar” kabi o‘nlab ko‘rinishdagi matolar ishlab chiqarilmoqda. 


255 
Matoga bosilgan gullarning o‘ziga xosligi shundaki, ularning rangi 
o‘chmaydi, suv va quyosh nuriga chidamli. 
 
 “Buxoro brilliant silk” O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma 
korxonasi ma’muriy binosi 
Ipak matolar ekologik toza, har qanday iqlimga mos. Mahsulot 
buyurtma asosida Farg‘ona, Samarqand, Xorazm viloyatlari va 
Toshkent shahridagi xaridorlarga etkazib berilmoqda. Tayyor 
mahsulotni eksport qilish bo‘yicha xorijiy hamkorlar bilan 
muzokaralar olib borilayotir. 
Ayni paytda “Buxoro brilliant silk” qo‘shma korxonasining 
ipak tolalari xorijda xaridorgir. O‘tgan yili Eron, Vetnam, Turkiya, 
Hindistonga qariyb 2,5 million dollarga teng mahsulot eksport qilindi. 
Bunday korxonalarni ko‘paytirishimiz kerak, dedi davlatimiz 
rahbari. Bu korxonalar uchun malakali kadrlar tayyorlash tizimini 
yanada takomillashtirish, hududdagi kasb-hunar kollejlari bilan 
hamkorlik qilish lozimligini qayd etdi. 
Buxoro viloyatida etishtirilgan paxta tolasini qayta ishlashga 
ixtisoslashtirilgan 
“O‘zbekengilsanoat” 
aksiyadorlik 
jamiyati 
tomonidan sobiq “Buxoroteks” AJ negizida tashkil etiladigan 
“Indorama Indast LTD” O‘zbekiston - Singapur qo‘shma korxonasi 


256 
ishga tushgach, 400 ga yaqin ish o‘rni yaratiladi. Korxonaga 
Shveysariyaning “Riter” kompaniyasida ishlab chiqarilgan zamonaviy 
va energiyatejamkor texnologiyalarni o‘rnatish ko‘zda tutilgan. 
Mamlakatimizning barcha shahar va tumanlarida paxtani qayta 
ishlaydigan zamonaviy korxonalar tashkil etilmoqda. Bu hududda 
etishtirilgan paxta tolasini shu erning o‘zida qayta ishlash, tayyor 
mahsulot ishlab chiqarish, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatini 
kengaytirmoqda. 
Bugun Buxoroda etishtirilayotgan paxta tolasining 20,6 foizi 
viloyat hududida sanoat usulida qayta ishlanmoqda. Yangi loyiha 
bo‘yicha viloyatning 7 shahar va tumanida 13 yirik sanoat korxonasini 
foydalanishga topshirish rejalashtirilgan. Bu viloyatda etishtirilgan 
paxta tolasining 65 foizini qayta ishlash, 5 mingga yaqin ish o‘rni 
tashkil etish imkoniyatini yaratadi. 
“O‘zbekengilsanoat” aksiyadorlik jamiyati tomonidan 2017-
2018-yillarda Buxoro viloyatida paxta tolasini qayta ishlash dasturini 
bajarish uchun mamlakatimiz tijorat banklari mablag‘lari va chet el 
investitsiyasini jalb qilish rejalashtirilgan. 
Erdan unumli foydalanish, tutzorlar barpo etish bo‘yicha yangi 
loyiha taqdimoti ham bo‘lib o‘tdi. Mamlakatimizda etishtirilgan ipak 
tolasiga dunyo bozorida talab yuqori.
Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan Buxoro 
viloyatining turizm salohiyatini yanada oshirish dasturi asosida 39
loyiha hayotga tatbiq etiladi. 
Mamlakatimizda turizmning ziyorat qilish, ekologik, ma’rifiy, 
etnografik, gastronomik, sport, davolash-sog‘lomlashtirish, qishloq, 
sanoat, ishbilarmonlik turizmi va boshqa turlarini rivojlantirish 
bo‘yicha izchil ishlar amalga oshirilmoqda. 
Dastur doirasida BMTning Butun jahon turizm tashkiloti 
(YUNVTO) hamda turizm bo‘yicha nufuzli xalqaro va milliy 
tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirish, sayyohlik industriyasi 
ob’ektlarini jadal rivojlantirish, yo‘l-transport va muhandislik-
kommunikatsiya infratuzilmasini qurish va rekonstruksiya qilish 
chora-tadbirlariga 18,5 milliard so‘m mablag‘ sarflanishi ko‘zda 
tutilgan. 
Mahalliy aholi va xorijiy sayyohlar orasida mashhur muzeylar 
va moddiy madaniy meros ob’ektlarida tashrif buyuruvchilar uchun 
qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida bugungi kunga qadar Buxoro 


257 
viloyati bo‘yicha 17 ta ob’ektlarda jumladan, Buxoro shahridagi 9 ta 
(Buxoro xalqaro aeroporti, Poyi kalon majmuasi, Toqi Zargaron, Labi 
Havuz, Toqi telpakfurushon, Toqi Sarrofon, favvoralar maydoni, Ark 
qo‘rg‘oni, Moxi-Xossa yozgi saroyi), Kogon tumanida 1 ta (temir yo‘l 
vokzali) hamda “Etti pir” ziyoratgohlarida bepul Wi-Fi hududlar 
tashkil qilingan. 
2019-yilning oxiriga qadar qo‘shimcha 27 ta ob’ektlarda Wi-Fi 
hududlarni tashkil etib, ular sonini 44 etkazish rejalashtirildi. 
O‘tgan ikki yil davomida juda ko‘plab xorijiy davlatlarda 
Buxoro viloyatining turistik salohiyati, turizm sohasiga, jumladan, 
sayyohlarga yaratilayotgan imkoniyatlar bo‘yicha taqdimotlar 
o‘tkazildi. 
Xususan, 
2018 
yilda 
viloyat 
turizmni 
rivojlantirish 
departamenti tomonidan Xitoy Xalq Respublikasi, Turkmaniston, 
Turkiya, Indoneziya kabi davlatlarda viloyatning turistik potensiali 
bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazilgan bo‘lsa, 2019-yilda bunday 
taqdimotlar Belorussiya, Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Fransiya, 
Chexiya,Xitoy, Hindiston, Indoneziya, kabi mamlakatlarda o‘tkazildi.
Ichki turizm va ziyorat turizmini keng yo‘lga qo‘yish
maqsadida Etti pir ziyoratgohlarining tubdan ta’mirlanishi va ular 
oldida zamonaviy infrastrukturaga ega inshootlarning barpo etilishi 
viloyatning va umuman mamlakatimizning turistik salohiyatini 
oshirish uchun katta ahamiyat kasb etadi. 
“O‘zmilliybank” huzuridagi Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sub’ektlarining eksportini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi 
va Property Industry MCHJ ta’sischiligida Buxoro tumanida 38 
gektarda agrologistika markazi barpo etildi. 21,8 million dollarlik 
mazkur loyiha doirasida bu erda Xitoy, Germaniya, Daniya 
texnologiyalari asosida meva-sabzavotlarni quritish, muzlatish, 
murabbo, jem va tuzlamalar ishlab chiqarish quvvatlari, muzlatkich va 
sublimatsiya tashkil etiladi. Bu yiliga 10 ming tonna meva-sabzavotni 
qayta ishlash, dastlabki yillarda 6,5 million dollarlik mahsulot eksport 
qilish imkonini beradi. 
Yangi chorvachilik kompleksi 1000 bosh qoramol va 1 ming 
500 bosh qo‘y boqishga mo‘ljallangan. Umumiy qiymati 10 milliard 
so‘mdan ortiq bo‘lgan mazkur loyiha natijasida 2 ming 650 tonna sut, 
200 tonna go‘sht, 2,5 tonna jun ishlab chiqarish rejalashtirilgan. 800 
gektar maydonda ozuqa etishtiriladi. 


258 
Umumiy qiymati 406 million dollardan ortiq bo‘lgan Amu-
Buxoro irrigatsiya tarmoqlari loyihasi doirasida Amu-Buxoro-1 yangi 
nasos stansiyasi quriladi, Amu-Buxoro-2, Quyi mozor, Qiziltepa va 
Qiziltepa-1 nasos stansiyalari rekonstruksiya qilindi. Buning 
samarasida Buxoro viloyatida 275 ming, Navoiy viloyatida 40 ming 
gektar er suv bilan barqaror ta’minlanadi. Yiliga 134,2 million kilovatt 
elektr energiyasi, 25,6 milliard so‘mdan ziyod byudjet mablag‘i 
tejaladi
1

Buxoro shahri Respublika hukumatining ijtimoiy yo‘sindagi 
bozor 
iqtisodiyotining 
bosqichma 

bosqich 
shakllanishini, 
tashabbuskorlik va ishchanlikni har tomonlama kuchaytirish, 
iqtisodiyotni markazlashuvdan va monopoliyadan chiqarish, korxona 
va tashkilotlar mustaqilligini kengaytirishdan iborat siyosatini 
og‘ishmay amalga oshirmoqda. 
Buxoro ip-gazlama ishlab chiqarish birlashmasi to‘qimachilik 
kombinati va to‘rtta tuman filiali singari bazaviy korxonalarni o‘z 
ichiga oladi. 1994-yil ushbu birlashmada 18 mingdan ziyod kishi 
ishlagan. Birlashma mutaxassislarining sa’y-harakatlari tufayli ishlab 
chiqarish birmuncha oshdi. Natijada 1994-yilning birinchi yarmida 
1991-yilning o‘sha davriga nisbatan kalava chiqarish 2 foizga, tayyor 
gazlama esa 12 foizga o‘sdi
2

Birlashma tashabbusi bilan birqancha savdo uylari ochilib, ular 
yaqin xorijda Buxoro to‘qimachilari manfaatini ifodalab, mol 
ayirboshlashni amalga oshirishadi. Masalan, sochiq va dag‘al gazlama 
evaziga Sankt-Peterburg birlashma korxonalariga zaxiraviy qismlar 
yuborilgan. Korxona Rossiyaning Ivanovo viloyatiga 250 million 
so‘mlik mahsulot yuborib, 170 million so‘mlik mahsulot oldi. 1994-
yilda birlashmaning 28 ta xorijiy sheriklari bo‘lib, ular savdo yo‘llari 
orqali mol ayirboshlashni amalga oshirishdi. 
Viloyati iqtisodiyoti qishloq xo‘jaligi va sanoat tarmoqlari 
majmuidan iborat bo‘lib, qishloq xo‘jaligida paxta, don, qorako‘lteri 
va pilla etishtirish asosiy o‘rinni egallasa, sanoatda paxta tozalash va 
to‘qimachilik korxonalari ustun, sanoatda ham jiddiy tarkibiy 
o‘zgarishlar yuz berdi. Agar viloyatda 90-yillarning boshida atigi bir 
necha respublika ahamiyatiga ega sanoat korxonalari faoliyat yuritgan 
1
 http://uza.uz/oz/programs/sog-lom-bola-yili/prezidentimiz-ishlo-kh-zhaligi-so-asidagi-isti-
bolli-loyi-al-10-03-2017/
 
2
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.164.


259 
bo‘lsa, hozirda ularning soni 100dan oshdi. O‘tgan yillar davomida 
umuman sanoat tarmog‘ida 27 ta yangi turdagi sanoat mahsulotlari 
ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yildi. Kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik sohasiga keng imkoniyatlar yaratilib, uning yalpi hududiy 
mahsulotdagi ulishi 2000-yildagi 33.0 foizdan 2010-yilda 64.1 
foizgacha oshdi. Hozirda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishda kichik 
biznesning ulushi 17.9 foiz, qishloq xo‘jaligida 98.2 foiz, qurilishda 
53.4 foiz, investitsiyalar hajmida 14.4 foiz, chakana savdoda 48.2 
foizni tashkil etmoqda. Mustaqillik yillarida olib borilgan izlanishlar 
natijasida Qandim, Oqqum va Porsonqul hududlariga neft va tabiiy 
gazning kata zaxiralari ochildi. Ana shu konlardagi energetika 
xomashyosini qayta ishlash uchun 1997-yilning avgust oyida 
Qorovulbozor shaxrida yirik neftni qayta ishlash zavodi ishga 
tushurildi. Mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan ushbu 
korxona Buxoro - Xiva neft - gazli hudud xom-ashyosini qayta ishlash 
bilan birga viloyat aholisini ish bilan ta’minlash borasida asosiy 
manbalardan biri vazifasini ham o‘tamoqda. Buxoro viloyati misolida 
oladigan bo‘lsak, bu erda keyingi etti yilning o‘zida 9.8 milliard dollar 
hajmida investitsiya kiritildi. Kelgusi besh yilda 7.8 milliard dollordan 
ortiq invistetsiya jalb etish hisobidan bir qancha loyihalarni amalga 
oshirish rejalashtirilmoqda. 
Xorijiy firmalar bilan hamkorlik hamda qo‘shma korxonalar 
faoliyati mustaqillik sharoitida shahar iqtisodiyotining rivojlanish 
darajasi va sifatiga yangitdan yondashishni taqazo qilmoqda. 
“Omega” grek firmasi Buxoro qorako‘l zavodi asosida jahon 
bozorida mutlaqo raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqara boshladi. 
Buxoroning “Sitora” korxonasi bolgarlar bilan hamkorlikda 
telefon apparatlari, Janubiy Koreyaning “Goldstar” firmasi bilan 
hamkorlikda Buxoro uysozlik kombinati negizida televizorlar ishlab 
chiqarmoqda. Isroil Firmasi bilan hamkorlikda chigitni qayta ishlovchi 
yirik korxona qurilishi nihoyasiga etkazilmoqda, chigit yuz foiz shu 
erning o‘zida qayta ishlanadigan bo‘ldi. 
“Gufik” hind firmasi bilan hamkorlikda Buxoro zaminida 
o‘sayotgan o‘tlardan dori-darmon tayyorlovchi farmasevtika fabrikasi 
ishga tushirildi. 1994-1996- yillarda Buxoroda yana 25ta qo‘shma 
korxona tuzildi
1

1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.166.


260 
Xorijiy sheriklar bilan o‘rnatilgan yaqin aloqa bo‘yash 
pardozlash fabrikasida Gollandiyaning “Shtork” firmasi hamda 
Hindistonning “Stovek” kompaniyasining ishlab chiqarish liniyalarini 
o‘rnatish imkonini berdi. Ushbu uskunalarni Germaniyaning “Romesh 
Klyaynevefers” firmasi o‘rnatdi, natijada fabrikada eni 2 metr 40 
santimetr bo‘lgan yangi namunadagi gazlama ishlan chiqarish yo‘lga 
qo‘yildi. Bo‘yovchi moddalar muammosi to‘la hal etildi. 
Shveytsariyaning “Siba-Gaygi” firmasi fabrikaga 18 tonna kalava 
bo‘yog‘i va 38 tonna to‘qimachilik yordamchi bo‘yoqlarni etkazib 
berdi. 
Buxoro to‘qimachilari Mudofaa vazirligidan harbiy kiyim tikish 
uchun kerakli miqdorda material tayyorlab berishga buyurtma oldi. 
Harbiy gazlama ishlab chiqarishning o‘ziga xos xususiyatini e’tiborga 
olib, birlashma jahonga mashhur “BASF” firmasi bilan bitim tuzdi. 
Shuningdek, 
Germaniyaning “Baer” va “SXT Tyubingen” 
kompaniyalari bilan ham o‘zaro bitim imzolandi
1

Birlashmaning 25 ming nafarlik jamoasi yaqin xorijning 200 
iste’molchisiga va uzoq xorijning 40 dan ziyod iste’molchisiga 
raqobatbardosh mahsulot yubormoqda. 
Buxoro G‘arb mamlakatlari orasida-Germaniya, AQSh, Buyuk 
Britaniya, Italiya bilan nihoyatda mustahkam aloqalar o‘rnatgan. 
G‘oyat istiqbolli sheriklari-Turkiya, Hindiston, Xitoy, Janubiy 
Koreya, Malayziya firmalari bilan aloqa o‘rnatildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoevning 
2018-2019-yil Buxoroga tashrifi davomida viloyatni ijtimoiy, 
iqtisodiy va madaniy rivojlantirish bo‘yicha qimmatli taklif va 
tavsiyalar, aniq ko‘rsatmalar ilgari surildi. Jumladan, Buxoroda 
tasavvuf maktabini, Mir Arab oliy madrasasini, Buxoro tarixi, Islom 
tarixi va manbashunosligi ta’lim yo‘nalishlarini ochish to‘g‘risidagi 
ko‘rsatmalar bugungi kunda to‘la amaliyotga joriy qilindi. Turizmni 
rivojlantirish, etti pir ziyoratgohini obodonlashtirish, Buxoroning eski 
shahar qismini YUNESKO talablari doirasida saqlab qolish, aholi 
uchun yangi turar-joylar qurish, Buxorositi markazini tashkil etish, 
chorvachilik sohasida mashhur Buxoro qorako‘lini qayta tiklash, 
qishloq xo‘jaligida klaster tizimini yo‘lga qo‘yish borasida amalga 
oshirilgan va oshirilayotgan ishlar diqqatga sazovor. 
1
Бухоро шарқ дурдонаси /муаллифлар жамоаси. –Тошкент: Шарқ, 1997. –Б.165.


261 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining 2019-yil 18-martdagi 
“Chorvachilik tarmog‘ini yanada rivojlantirish va qo‘llab quvatlash 
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ 4243-sonli qaroriga asosan chorva 
hayvonlari ozuqa bazasini yaratishga mo‘ljallangan ozuqabop 
ekinlarni etishtiruvchilarga sug‘orish tiq quduqlari burg‘ulashga 
subsidiya, tomchilatib va yomg‘irlatib sug‘orish texnologiyalarini 
joriy qilishlari uchun esa kredit mablag‘lari ajratildi. 
Chorvachilik sohasi aholining oziq-ovqat mahsulotlariga 
bo‘lgan talabini ta’minlovchi asosiy tarmoq bo‘lib, bu soha aholi 
ehtiyojlarini ta’minlashda qimmatli chorvachilik mahsulotlari (go‘sht, 
sut, tuxum va boshqalar) va engil sanoat tarmoqlari uchun xom ashyo 
(teri, jun va boshqalar) etkazib beradi. Mazkur sohani tubdan 
rivojlantirishda shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklari 
sharoitida mustahkam ozuqa bazasini yaratish, chorva mollari va 
parrandalarni oqsilga boy, servitamin, ozuqalar bilan yil davomida 
uzluksiz ta’minlab borish, seleksiya-naslchilik ishlarini zamonaviy 
usullarda takomillashtirib borish, ilm-fan yutuqlarini amaliyotga keng 
joriy qilish dolzarb ahamiyatga ega hisoblanadi. 
2016-2019-yillarda 
chorvachilikni 
rivojlantirishga 
mo‘ljallangan Dasturlarning qabul qilinishi chorvachilik soxasini 
rivojlanishini ta’minladi.
Prezidentimiz tomonidan sohani rivoji uchun qabul qilingan
qarorlar bilan chorvachilik sohasiga berilgan imtiyozlar evaziga, 
tejalgan 
mablag‘lar 
naslchilik ishlarini yaxshilashga, yangi 
texnologiyalarni olib kirishga zamin yaratib, chorva mol bosh sonlari 
va chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqarishni qo‘payishiga olib 
keldi. 
Buxoro 
viloyatida 
naslchilik 
ishlarini 
mustahkamlash, 
chorvachilik fermer xo‘jaliklarini rivojlantirish, ularda naslli 
qoramollar podasini ko‘paytirish, naslchilik yadrosini shakllantirish va 
kengaytirish, qoramollar mahsuldorligini oshirish maqsadida 2016-
2019-yillar mobaynida chetdan 6000 bosh naslli urg‘ochi tanalar 
Ukraina va Germaniya davlatlaridan olib kelindi. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling