O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11.3. Transport, ishlab chiqarish, sanoat va turizm 11.1. Buxoroning 2500 yillik yubileyining nishonlanishi va
240 11-MAVZU: MUSTAQILLIK YILLARIDA BUXORO 11.1. Buxoroning 2500 yillik yubileyining nishonlanishi va o‘lkada o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar 11.2. Mustaqillik yillarida Buxorodagi bunyodkorlik ishlari 11.3. Transport, ishlab chiqarish, sanoat va turizm 11.1. Buxoroning 2500 yillik yubileyining nishonlanishi va o‘lkada o‘tkazilayotgan xalqaro festivallar Buxoro tarixiy obidalarga juda boy. Mustaqillik yillarida qadimgi me’moriy yodgorliklarning barchasi ta’mirlanib, o‘zining asliy qiyofasiga ega bo‘ldi. Hozirgi davrda Buxoro mamlakatimizda tobora kengayib borayotgan turizmning jozibador maskanlaridan biriga aylandi. Buxoroga yo‘l olgan sayohatchilar shaharning dovrug‘ini jahonga taratgan noyob me’moriy obidalardan Ismoil Somoniy maqbarasi (IX –X asrlar), Minorai Kalon (XII asr), Mag‘oki Attori masjidi (XII asr), Chashmai Ayub (XII-XIV asr), Toqi zargaron, Toqi telpakfurushon, Toqi sarrofon ansambllari (XVI asr), Ark (mil. avv. IV - III-asrlar - XX-asr boshi) Ulug‘bek madrasasi (1417), Kalon Jome masjidi (XVI asr), ayniqsa Labi hovuz maydonidagi me’moriy obidalar majmui (XVI-XVII asrlar) kabilarni zavq-shavq bilan tomosha qiladilar. Shuning uchun ham bu obidalar hozirgi kunda minglab sayyohlarning diqqat- e’tiborini o‘ziga jalb etmoqda. 1997 yilda YUNESKOning qaroriga asosan dunyoning eng ko‘hna shaharlaridan biri bo‘lgan Buxoroning 2500 yillik yubileyi jahon jamoatchiligi vakillari ishtirokida keng nishonlandi. Buxoro shahrining jahon madaniyati taraqqiyotida tutgan alohida o‘rnini hisobga olgan holda, YUNESKO Bosh konferensiyasining 1995-yil oktyabr-noyabr oylarida Parijda o‘tgan 28-sessiyasi Buxoro shahrining 2500 yilligini dunyo miqyosida keng nishonlash haqidagi qarordan kelib chiqib, Vazirlar Mahkamasi 1996-yil 3-yanvarda “Buxoro shahrining 2500 yilligi yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida” qaror qabul qildi. Qaror doirasida bir qancha ishlar amalga oshirildi. Jumladan, YUNESKO Bosh konferensiyasi 28-sessiyaning Buxoro shahrining 2500 yillik yubileyini 1997-yilda YUNESKO rahnamoligida jahon miqyosida o‘tkazish haqidagi qarori qo‘llab-quvvatlangan holda mazkur tarixiy sana tadbirlarini tayyorlash 241 va o‘tkazish bo‘yicha respublika tashkiliy qo‘mitasi tuzildi. Tashkiliy qo‘mita Buxoro shahri yubileyiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan asosiy tadbirlar rejasini ishlab chiqdi va amalga oshirdi 1 . O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Buxoro viloyati hokimligi va “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi YUNESKO ekspert mutaxassislari bilan birgalikda Buxoro shahrining tarixiy markazida va asosiy turistik marshrutida joylashgan noyob tarixiy-madaniy obidalarini 1996-2000-yillarda ta’mirlash va obodonlashtirish dasturini ishlab chiqildi va bu dastur doirasidagi ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Melioratsiya va suv xo‘jaligi vazirligi Buxoro viloyati hokimligining buyurtmasiga muvofiq “O‘zsuvqurilish” konserni, Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda 1996- 1997-yillarda shahar akvatoriyasida er osti suvlari sathini belgilangan normativlarda bo‘lishini ta’minlovchi chora-tadbirlarni ishlab chiqilib, amalga oshirildi. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi Buxoro viloyati hokimligi va boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro vohasida xorijiy va mahalliy turizm infrastruturasini rivojlantirishga qaratilgan maxsus madaniy turizm dasturlari ishlab chiqilib, bajarildi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat Matbuot qo‘mitasi Fanlar akademiyasi bilan birgalikda 1996-1997- yillarda Buxoro tarixiga oid nashrlarni tayyorlanildi va chop etildi. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Tashqi ishlar vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrida shaharning 2500 yilligi yubileyiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazildi. Tashqi ishlar vazirligi YUNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi va Buxoro viloyati hokimligi bilan birgalikda 1997-yilda Buxoro shahrining yubileyini YUNESKOning Parijdagi qarorgohida yuksak darajada nishonlandi. Buxoro viloyati hokimligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Buxoro shahrini obodonlashtirish, aholini ichimlik 1 http://www.lex.uz/ru/docs/-1618194 242 suvi bilan ta’minlash, aloqa transporti, sog‘liqni saqlash va maishiy xizmat ko‘rsatish tarmoqlari rivojlantirildi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Buxoro shahrining yubileyini o‘tkazish uchun 1996-1997-yillardagi tayyorgarlik ishlarini bajarishga har yili belgilangan tartibda moliyaviy mablag‘ ajratib borildi, ushbu harajatlarning 50 foizidan teng ulushlarda respublika byudjeti hamda Buxoro viloyati mahalliy byudjeti hamda tashkilotlar va korxonalarning ixtiyoriy badallari hisobiga qoplandi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat teleradiokompaniyasi, “O‘zdavkinokompaniya” va ommaviy axborot vositalari Buxoro shahrining qadimiy tarixi va madaniyati, o‘ziga xos san’atini targ‘ib etuvchi video, telefilmlar yaratishni, ommabop materiallar berib borilishini ta’minladilar. 1997- yil 19-oktyabrda Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi. Poyi Kalon maydonida ulkan teatrlashtirilgan tomosha bo‘lib o‘tdi, u yorqin badiiy shakllarda Sharqning eng qadimgi shahri tarixi, shahar mehnatkashlarining bugungi kuni haqida hikoya qildi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tantana ishtirokchilariga tabrik yo‘lladi. O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning Buxoro shahrining 2500 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi tabrik so‘zida (1997-yil 19-oktabr) “Bugun O‘zbekiston hayotida buyuk bir sana - shonu shavkati etti olamni tutgan, qadimiy va hamisha navqiron Buxoroi sharifning 2500 yillik qutlug‘ to‘yini nishonlamoqdamiz... Buxoro o‘lkamizning ming yillar davomida jahon tafakkuri, ma’naviy, madaniy va diniy qadriyatlari taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shib kelayotgan, sharafli nomga sazovor bo‘lgan muqaddas joylaridan biridir. Buxoro “qubbatul islom”, ya’ni “islom dinining gumbazi” va buyuk ulamolar so‘zi bilan aytganda, “quvvati dini islom” deb tan olinishi ham Buxoroning jahonda, bugungi Sharq mintaqasida musulmon dunyosining mo‘tabar markazlaridan biri bo‘lishidan e’tirofdir. Buxoro tarixiga nazar tashlar ekanmiz, millatimizning 25 asrlik yo‘lini ko‘ramiz. Buxoroning har bir qarich eri, har bir tarixiy va madaniy obidasi el-yurtimizning buyuk iqtidori va yaratuvchilik salohiyatidan, yuksak taraqqiyot, ilmu ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat, falsafa va din ravnaqi yo‘lidan darak beradi... 243 O‘tgan 2500 yil davomida o‘zbek davlatchiligini boshqargan xorazmshohlar, kushonlar, eftalitlar, somoniylar, qoraxoniylar, anushteginlar, temuriylar, Shayboniylar, ashtarxoniylar, mang‘itlar sulolalari tariximizda, xususan, Buxoroi azimda o‘ziga yarasha nom va iz qoldirdilar. Buxoro, ayniqsa temuriylar zamonida gullab yashnadi. Jahon maydonida eng mo‘’tabar shaharlardan biri darajasiga ko‘tarilgan Buxoro ham diniy, ham dunyoviy ilmlar markazi sifatida nom chiqardi. Hazrati Bahovuddin Naqshband faoliyati aynan shu yillarda kechdi. Buxoro nafaqat yurtimiz, balki butun Sharqning ilm markazi bo‘lib kelgan. Imom al-Buxoriy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Mir Kulol... va boshqa shu kabi buyuk zotlar etishib chiqqan, tahsil olgan bu makon bundan buyon ham ilmu fan, m’rifat va ijod beshigi bo‘lib qolaveradi.”-deb ta’kidlagan edi. Buxoroda o‘tkazilayotgan Ipak va ziravorlar xalqaro festivali va Buxoro kunlari tadbirlari, ularning madaniy-ma’rifiy ahamiyati Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida istiqlol yillarida ozod, erkin va farovon hayot barpo etishdek ezgu maqsad yo‘lida amalga oshirilgan ulkan ishlar milliy ma’naviyatimizni tiklash va yuksaltirish, azaliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, izchil rivojlantirish bilan uyg‘un tarzda olib borilmoqdi. Bu festival va tadbirlarning xalqaro ahamiyati ayniqsa keyingi uch yilda yanada oshdi va Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev rahnamoligida mazmunan yangi bosqichga ko‘tarildi. 2006-2012-yillar mobaynida o‘tkazib kelingan Asrlar sadosi an’anaviy madaniyat festivali milliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, yanada rivojlantirish, bu yo‘nalishda unutilayozgan uslub va maktablarni qayta tiklashni maqsad qilgan edi. Buxoro viloyati hokimligi, O‘zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi, Respublika “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi va boshqa qator tashkilotlar hamkorligida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan festival milliy hunarmandlikni rivojlantirish, uni xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilish, hunarmandlar o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish, turizmni yanada ravnaq toptirish, Buxoroni jahon sayyohlik markazlaridan biriga aylantirishga xizmat qilmoqda. 244 Festival ko‘hna Ark qal’asi oldida qadim davrlarni eslatuvchi teatrlashtirilgan tomoshalar bilan boshlanadi. Karnay-surnay sadolari yangrab, o‘tmish lavhalari, ertak qahramonlari aks ettirilgan bayramona tantanali yurish festival tadbirlari markazi bo‘lgan Labi hovuz majmuasi tomon yo‘l oladi. Labi hovuzda o‘tkazilgan festivalning ochilish marosimida davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, sayyohlar, yoshlar ishtirok etadi. Prezidentimiz rahnamoligida turizm va turizm infratuzilmasini rivojlantirish, yurtimizga kelayotgan chet ellik sayyohlar oqimini yanada ko‘paytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuksak samaralar berayapti. Festivalda jahonning ko‘plab davlatlaridan xalq amaliy san’ati ixlosmandlari, mutaxassislar, sayyohlik tashkilotlari vakillari, hunarmandlar ishtirok etyotgani xorijda yurtimizga, xalqimizning moddiy va ma’naviy merosiga qiziqish yil sayin ortib borayotganidan dalolatdir. Tadbir doirasidagi ko‘rgazma-savdo rastalarida Buxoro mis- kandakorlik asarlari, kulolchilik va zargarlik buyumlari, zardo‘zlik liboslari, devoriy kashtalar, vodiyning atlasu adraslari, do‘ppilari, chinni idishlari, Surxonning jun va ipakdan ishlangan mahsulotlari, toshkentlik ustalarning yog‘och o‘ymakorlik ashyolari, Jizzaxning biser-munchoqli san’at asarlari, umuman, yurtimiz va xorijlik hunarmandlarning ipak mahsulotlari, ziravorlar, giyohlardan tayyorlangan shifobaxsh darmondorilar namoyish etiladi. Buxoro rassomlik va miniatyura, zargarlik, zardo‘zlik, mis-kandakorlik, temirchilik, gilamchilik va G’ijduvon kulolchilik maktablari ustalarining mahorat darslari tashkil etiladi 1 . Festivalda barcha viloyatning folklor-etnografik jamoalari o‘z dasturini namoyish etadi. Ayniqsa, milliy sport musobaqalari, xalq o‘yinlari ishtirokchilarga manzur bo‘lib kelmoqda. Tadbir doirasida taniqli modelerlar, yosh dizaynerlar ishtirokidagi “O‘zbek ipagi - dunyo nigohida” deb nomlangan dastur, milliy taom - palov tayyorlash bo‘yicha oshpazlar ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi 2 . Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling