266
Zakot –
chorvadan olinadigan soliq; to‘plangan
mol-mulkdan
to‘lanadigan daromad solig‘i.
Zarbxona – chaqa va tangalar so‘qiladigan, ya’ni
zarb qilinadigan
ustaxona.
Iqto’, iqta’ – yirik mansabdorlarga hadya qilingan er va mulk.
Kadivar – yirik savdogarlarga mute qishloq aholisi.
Kalon – XIII asrdagi er solig‘i.
Koriz – er osti suv inshooti.
Kofiya – arab tili morfologiyasi.
Koshin – usti sirlangan pishiq g‘isht.
Ko‘kaldosh – xonning eng ishonchli kishisi.
Ko‘shk – istehkomli baland qo‘rg‘on.
Lavh –
yozuv taxtasi, yozuv kursichasi yoki kursi.
Buxoroda kitob
qo‘yib o‘qiydigan yog‘och taxtacha ham lavh deb atalgan.
Lag‘m – er osti yo‘li.
Mirob – suv xujaligi boshqaruvchisi.
Miroxo‘r – xon otxonasining boshlig‘i.
Mirshab – tungi qorovul boshlig‘i.
Muzahhib – zarhal beruvchi mo‘yqalam sohibi, rassom.
Muzoriy – qo‘shchi, ziroatkor, ekin ekuvchi.
Mulk – xususiy er.
Mulki vaqf – masjid va
madrasalarga tegishli er-mulk,
xayrli ishlar
uchun ajratilgan mol-mulk.
Mulki devoniy – davlat erlari.
Mumallikayi xos – davlat mulklari boshqaruvchisi.
Mustavfiy – markaziy hokimiyat devonxonasi
daftardor hisobchisi,
moliya vaziri.
Do'stlaringiz bilan baham: