O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Buxoro shahri ariqlari
Madinada ham, ko‘handizda ham oqar suv yo‘q, chunki ular baland erda joylashgan. Ularning ichimlik suvi Samarqanddan oqib keluvchi eng azim daryodan. Bu daryodan shaharga bir necha ariqlar ajralib chiqqan. Ulardan biri Fashirdiza nomli ariq bo‘lib, u Buxoro daryosidan al-Bapag‘ nomli erda suv oladi va Darb Murdkashon darvozasi va Jo‘ybor Ibrohimdan oqib o‘tib, Bob al-Bal’amiy darvozasiga etib boradi va Navkanda arig‘iga quyiladi. Bu ariq atroflarida undan ichimlik uchun suv oluvchi ikki mingga yaqin bog‘lar, qasrlar va ko‘plab erlar joylashgan. Bu ariqning boshlanish eridan oxirigacha masofa bir farsaxga yaqin. Jo‘ybor Bakor nomli ariq yuqorida zikr etilgan katta ariqdan shahar markazidagi Ahyad masjidi nomli erda suv oladi va Navkanda arig‘iga quyiladi. Bu ariqdan rabodning bir qismi va mingga yaqin bog‘lar suv ichadi. Hozir uning atroflaridagi suvli erlarga ko‘p daraxtlar ekilgan. Jo‘ybor al-Qavoririyin nomli ariq madinada al-‘Orid masjidi degan erda [katta] ariqdan boshlanadi va rabodning bir qismini sug‘oradi. U Bakor arig‘idan ko‘ra kattaroq bo‘lib, erlar va bog‘larga ko‘proq [suv] beradi. Ju-[y] G‘ashaj nomli ariq al-‘Orid masjidi yonida [katta] ariqdan boshlanib, rabodning bir qismini sug‘oradi va Navkanda [arig‘i]ga chiqadi. U taxminan Jo‘bor al-‘Orid [arig‘i] bilan teng. Nahr Baykand nomli ariq [katta] ariqdan madinada Xata’ 12 ko‘chasining boshi yonida boshlanib, rabodning bir qismini sug‘oradi va Navkanda [arig‘i] ga quyiladi. Navkanda arig‘i [katta] ariqdan Dor Hamduna yonida boshlanadi. U [hamma ariqlarning] suvlari to‘planadigan eridir. Uning suvidan rabod aholisining bir qismi ichimlik uchun [foydalanadi]. [Keyin] u cho‘lga ketadi va uning suvidan ichimlik uchun hech kim [foydalanmaydi]. Undan keyin at-Tohuna arig‘i keladi. U [katta] ariqdan madinada an- Navbahor degan erda boshlanadi. Uning [atrofida] rabod aholisining bir qismining uylari [joylashgan]. U ko‘p sonli qo‘l tegirmonlarini aylantiradi va Baykandga etib boradi. Undan Baykand ahli suv ichadi. Nahr Kushna nomli ariq madinada [oqib o‘tuvchi katta] ariqdan an- Navbahor [mahadlasi] yonida suv oladi. Undan raboddagi an-Navbahor [mahallasi] ning ahli suv ichadi. [Keyin u] qal’alar, ko‘plab qishloqlar va bog‘lardan o‘tib, Qo‘shna va Moymurg‘ga boradi. Raboh nomli ariq ar-Regisgon nomli ariqdan boshlanib, rabodning bir qismini sug‘oradi va Raboq qasrigacha etib boradi. U mingga yaqin bog‘lar, u erdagi qasrlar va [bu] bog‘lardan boshqa ko‘p erlarni sug‘oradi. 283 ar-Registon arig‘i [katta] ariqdan ar-Registon yaqinida boshlanadi. Undan ar-Registon, kuhandiz va amir saroyida yashovchi aholi ichimlik uchun [suv] oladi. [Keyin] u Jaloldiza qasrlarigacha etib boradi. Madinada Hamduna ko‘prigi yaqinida [katta] ariqdan [yana bir] ariq boshlanib, er ostidan Bob Bani Asad [darvozasi] yonidagi hovuzlargacha oqib boradi. Uning [suvining] qoldiqlari kuhandiz suv omboriga quyiladi. Nahr Zug‘orkanda nomli ariq [katta] ariqdan Varag‘ degan erda boshlanib, Darvozacha darvozasidan oqib o‘tadi. Uning bo‘yida Darvozacha [mahallasi]ning uylari [joylashgan]. [Keyin] u Samarqand darvozasidan [oqib o‘tib], Sabiz-Moshagacha etib boradi. Bu [masofa] taxminan bir farsaxdan kuproq bo‘lib, unda qasrlar, bog‘lar va ko‘plab erlar [joylashgan]. Bu ariqlar Buxoro va uning bog‘laridan oqib o‘tadi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling