O‘quv qo‘llanma
BUXORO BOYLIKLARI VA NOZ-NE’MATLARI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
BUXORO BOYLIKLARI VA NOZ-NE’MATLARI
Buxoro binolarining barchasi bir-birga ulanib ketgan, uylar bir tartibda va binolarning asosi er [sathi] dan balandga ko‘garilgan. Shahar ko‘handizlar va uylarning zichligi bilan [mustahkam]. Bu devor ichida hech qanday tog‘, cho‘l yoki taqir er yo‘q. Unga eng yaqin [joylashgan] tog‘ Varka tog‘i bo‘lib, undan shahar [ko‘chalari] ga yotqizish va binolar [qurish] uchun toshlar olinadi. Undan [yana] kulolchilik uchun loy, ohak va gips [olinadi]. Devordan tashqarida ularning tuz konlari bor. O‘tinlar ularning bog‘laridan keladi, dashtlardan esa saksovul va yulg‘unlar keltiriladi. Buxoro erlarining hammasi suvga yaqin [joylashgan], chunki bu as- Sug‘d [daryosi] suvining to‘planish eridir. Shu sababli u erda chinor, yong‘oq va ularga o‘xshash baland daraxtlar o‘smaydi. Agar ushbu daraxtlardan birortasi bo‘lsa ham, uning [bo‘yi] past va [katta bo‘lib] o‘smaydi. Buxoroning mevalari Movarounnahrning eng yaxshi mevalaridir, ta’mi ham eng shirindir. Buxoroning to‘kin-sochinligi [shundan] ko‘rinadiki, [agar] bir kishining bir jarib eri bo‘lsa, u o‘zini ham, o‘ziga tegishli odamlarni va o‘z oila a’zolaridan bir nechtasini ham mablag‘ va oziq-ovqat bilan [ta’minlashi] mumkin bo‘ladi. Ularning son jihatdan ko‘pligi va xarajatlar miqdorining ko‘pligi shundan [ko‘rinadi]ki, ularning ko‘pligidan ularning mamlakatida ishlab chiqariladigan [mahsulotlar] ularga etmaydi, zero ularning ehtiyoji erdan olinadigan [hosil miqdori] dan ikki barobar ko‘pdir. [Shuning uchun] ularga oziq-ovqat mahsulotlari va kerakli bo‘lgan boshqa narsalar butun Movarounnahrdan keltiriladi. Yonbag‘irlari Varka qishlog‘iga tutash bo‘lgan tog‘ bu Kesh va Samarqand orasidagi [maydonda] Samarqandgacha cho‘zilib kelgan tog‘ tizmasi bo‘lib, [keyin u] al-Buttam tog‘lari bilan qo‘shilib ketadi, [keyin] Ushrusana va Farg‘ona tomonga burilib, Shalji nohiyasi va at-Tarozgacha davom etadi. Keyin [u], men o‘z ko‘zim bilan ko‘rganim va bu yo‘ldan [ko‘p] yurganlarning [aytishicha], sharqga as-Sin dengizi tomonga yurishni istaganlarning yo‘lini to‘sib, [yana shimolga] davom etadi. 286 Ushrusana, Farg‘ona, Iloq, Shalji, Labondan Xirxiz erigacha bo‘lgan [hududlardagi] konlarning hammasi mazkur tog‘ [tizmasi] va unga qo‘shni bo‘lgan [boshqa] tog‘lardadir. Al-Buttam viloyatidagi novshadil, shisha, temir, simob, mis, qalay, oltin, kumush, neft, qorasaqich, saqich, Farg‘onaning feruza [toshi] va novshadili hamda men [avval] zikr etgan u er da ko‘mir o‘rniga yondiriladigan toshlar, yukorida zikr etilgan Fag‘ronadagi [yovvoyi holda usuvchi] mevalar- bularning barchasi ham shu tog‘ [tizmasi] dan, uning yonbag‘irlaridan yoki chuqqilaridan, yoki ularga ulanib ketgan adirlar va pastliklardan [kelib chiqadi]. U erda al-Buttam nohiyasida va Samarqandning nohiyalaridan biri bo‘lgan az-Zobaj tog‘larida issiq va sovuq suvlarning [buloqlari] bor. Yana u erda yozda kun issiq bo‘lgan va as-samum [shamoli] esgan vaqtda muzlovchi suv manbalari bo‘lib, muz [shunchalik katta hajmdagi] toshdek bo‘lib ketadiki, suvning harakatini to‘sib qo‘yadi. Qishda bu suvlar issiq bo‘ladi, ularning issiqligi va atrofidagi erlar va vodiylarning [havosi] iliqligi tufayli chorvalar ularning yoniga kelib [isinadilar]. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling