O‘quv qo‘llanma


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet91/110
Sana31.01.2024
Hajmi5.01 Kb.
#1817991
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110
Bog'liq
buxoro tarixi

 
 BUXORO AHOLISI 
Buxoro [ahli] ning tili as-sug‘d tilidir, lekin [ularda] ayrim [so‘zlar] 
o‘zgargan holda. Ularda [shuningdek] ad-dariyya tili [ham ishlatiladi]. 
[Buxoro] ahli odob, ilm, fiqh, diyonat, adolat, yaxshi hayot tarzi, 
muloyim muomala, yomonlikning ozligi, yaxshilikning ko‘pligi, xayrli 
ishlarda saxiylik, ko‘ngil sofligi va yaxshi niyat bilan ajralib turadilar va bu 
[narsalar] da Xurosonning [boshqa] hamma ahlidan ustun turadilar. 
Ularning 
[muomaladagi] 
puli 
dirhamlardir, 
dinorlar 
esa 
[qimmatbaho] mol [hisoblanadi]. Ularda al-g‘itrifiyya nomli dirhamlar 
[bop]. Bu dirhamlar temir, mis, qalay va boshqa turli qimmatli [ma’dan] 
lar qorishmasidan [iborat]. Ular faqat Buxoro va daryo ortidagi unga tutash 
erlarda muomalada [ishlatiladi] . 
[YAna] al-muhammadiyya nomli dirhamlar bor. [Bu] tangada 
suratlar, [shuningdek] shakli ma’lum [bo‘lsa xam], [lekin] o‘qib 
bo‘lmaydigan harflar chizilgan. Ular islom [davri]da zarb etilgan, lekin 
[ularning qoliplarini] Asad ibn Somon oilasining ajdodlari tayyorlaganlar. 
[Ularning] yana bir [tanga] si al-musayyabiyya deb ataladi. Ularda u 
boylik [hisoblanadi]. [Ular] hamma [tangalar] dan al-ismo‘iliyya kumush 
tangalarini afzal kuradilar. Abu Ibroxim bu dirxamlarning birinchisi zarb 
etilganini ko‘rgan, va u birinchi bulib Movarounnahrda ularni zarb etishni 
boshlagan. 
Savdo-sotiq ishlarida falslar ishlatiladi. 
Ularning kiyimlari ko‘proq to‘n va [o‘ziga xos] bosh kiyim [dan 
iborat], go‘yoki [bu] Movarounnahr [ahli] ning yagona kiyimidek. 


288 
Devorning ichida va tashqarisida har oyning ma’lum [bir] kunida 
[o‘tkaziladigan] muntazam bozorlari bo‘lib, ularda uy xayvonlari, kiyimlar
qullar, bronza va misdan yasalgan turli xil buyumlar, idishlar va odamlar 
kqp [ishlatadigan] uy anjomlarining oldi-sotdisi amalga oshirilganidan 
[katta] daromad keladi. Buxoro va uning atroflaridan al-‘Iroqga va boshqa 
erlarga al-buxoriyya nomli kiyimliklar, karbos [matolari], tarozu toshlari, 
yo‘g‘on simlar, yigirilgan to‘qima iplar olib ketiladi, arablar uni 
yoqtiradilar. Shuningdek gilamlar, ko‘rpalar uchun g‘oyat
chiro yli 
junli 
matolar, kursilar va mehrob [yoni]ga solinadigan joynamozlar [olib 
ketiladi]. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   87   88   89   90   91   92   93   94   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling