O‘quv qo‘llanma
Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” asaridan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Muhammad Tolibning “Matlab ut-tolibin” asaridan
Abdulloh Bahodirxonning hazrat eshoni kalonga ta’zimi haqida Bir kuni Abdulloh Badodirxondan bir gunoh sodir bo‘ldi. Xazrat eshoni kalon (Xoja Islom) tobi yo‘qligi uchun taxti-ravonga o‘tirib Zarminoqqa 283 bordi. Oliy nasab xon uzr so‘rash uchun hazratning izidan borib, ko‘rinadigan joyga etgach, sallasini qo‘liga olib, o‘tinch so‘rab to‘xtadi. Hazrat eshoni kalon unga iltifot qilmay, yuzini teskari o‘girdi. Xon boshqa tarafdan kelib to‘xtadi va hazratning muborak peshanasida g‘azab alomatlari zohir bo‘lganini ko‘rib, boshini erga shunchalik qattiq urdiki, burnidan qon oqa boshladi. Xon dedi: Xojam, qulning ishi xatolik va xojaning ishi afvdir! Yig‘lab, ohu zor qila boshladi. Hazrat eshoni kalonning g‘azabi pasayib dedi: Yoqangdan tutib Buxoro taxtiga o‘tqazganimiz esingdan chiqdimi?! Birovni tomga chiqargan kishi uni pastga tushirishni ham eplaydi. Nima qilayki, sendan tuzukroq odam yo‘q va suv o‘zi parvarish etganni g‘arq qilmaydi! Sohibqironning ishiga rivoj tilab fotiha o‘qidi va xon hazrat eshoni kalonning taxtiravonini elkasiga olib, ancha joygacha ko‘tarib bordi. Shundan so‘ng hazrat unga ijozat berdi. Naql: Abdulloh Bahodirxon hazrat eshoni kalon davrida hazrat hoja Sa’d va hazrat Abubakr Ahmad ibn Sa’d mozorlari ustida sag‘ana qurdirdi va oliy jome masjidi bino etdi. Masjidning toqu ravoqlari va bo‘lmalari a’lo koshinlar bilan qoplangan edi. Yuz tanob erda chahorbog‘ barpo etilib, unda turli-tuman mevali daraxtlar va rango-rang gullar ko‘kartirilib, pishiq g‘ishtdan sarhovuz va oliy imoratlar bunyod etildi. SHuningdek, shodona ko‘rinishxona qurildi. Xon amirlarga ham farmon berdi: Bizning xos chahorbog‘imiz atrofida amirlar ham chahorbog‘lar bino etishsin! SHu tarzda har bir amir chahorbog‘ bunyod etdi. 298 O‘sha paytda hazrat eshoni kalonning manzili va hovlisi Buxoro qal’asidan tashqarida edi. Abdulloh Bahodirxon farmoniga ko‘ra, Shergaron darvozasining janubiy tarafidan to Shayx Jalol darvozasigacha qal’a devori buzilib, hazrat eshoni kalonning manzil, hovli, bog‘u chahorbog‘lari shahar ichkarisiga olindi. Valimuhammadxon akasi Boqimuhammadxonning o‘limidan so‘ng saltanat taxtiga o‘tirdi. Mazkur xon Balx viloyatidan Samarqand viloyatiga kelib, podshoh bo‘ldi. Hazrat padari buzurgvorimiz va hazrat Abdurahimxoja xonni qutlash uchun Samarqand viloyatiga borishdi. Samarqand viloyatiga etishganida Valimuhammadxon Qoqlik qo‘rug‘ida saroparda bayrog‘ini oyu quyoshga etkazgan edi. Hazrat padari buzurgvorimiz muzaffar askarlarga yuzlandi. Valimuhammadxon hazrat eshonning kelganini eshitib, darhol o‘ng qo‘l tarafida oliy joy hozirlatib, shoshilinch holda davlatxonadan chiqib, hazratning istiqboliga yugurdi va hazrat padari buzurgvorimizning saodatli muloqotiga musharraf bo‘lib, shodu xurram holda to‘la ta’zim bilan davlatxonaga olib kirib, uni o‘tirg‘izdi va so‘ngra o‘zi o‘tirdi. Barcha ulug‘lar va shariflar o‘z joylarida qaror topishdi va zamon rahbari va davron peshvosi bo‘lgan hazrat eshon Hoja Hoshimiy Ahroriy padari buzurgvorimiz va hazrat Abdurahimxojadan pastroqda - jargada o‘tirdi. Dasturxon, taom, oftoba va dastsho‘yni xon va hazrat eshonga barobar keltirib, so‘ngra o‘ngu so‘l tarafga dasturxonlar yozishdi. Turganlarida hazrat eshonga ergashib, davlatxona tashqarisiga chiqdi va to‘la e’zoz bilan kuzatib qo‘ydi. Bir necha kundan keyin Valimuhammadxon hazrat eshonning qarzi borligini eshitdi. Eshitgan zahotiyoq hazrat padari buzurgvorimizga qirq ming xoniy berib, bir necha qishloqni suyurg‘ol qildi. Hazrat Abdurahimxojaga yigirma ming xoniy in’om qildi. Bu in’omlarni keltirgan kishilarning har biriga hazrat padari buzurgvorimiz va hazrat Abdurahimxoja egarlangan ot va bir necha ming tanga berishdi. Mazkur xon Balx va Badaxshonda bir necha yil, ba’zi xabarlarga ko‘ra olti yil podshohlik qilib, akasi Boqimuhammadxon o‘limidan so‘ng Movarounnahrda ham olti yil podshohlik qildi va xutba va tanga uning nomida edi. Akasining o‘g‘li Imomqulixon bir ming yigirma birinchi yilda uni shahid etdi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling