O‘quv qo‘llanma
Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asaridan
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Hofiz Tanish Buxoriyning “Abdullanoma” asaridan Abdullaxoning Buxoroni birinchi marta egallashi va uni tashlab ketishi to‘g‘risida Sulton Sa’id zafarnishon sipohdan (engilib, Farabdan) chekingandan so‘ng, a’lo hazrat (Abdullaxon) Burhon sultonning talabiga binoan, azimat jilovini Buxoro tomonga qarab burdi. Burhon sulton izzat va shavkatlik mavkabning (Buxoroga) kelayotganidan xabardor bo‘lib, barcha ulamo va a’yonlarni (hamda) bozor va boshqa kasb egalarini tengi yo‘q xonning istiqboliga jo‘natib, o‘zi ularning ketidan farmonbardorlik qadami bilan jo‘nadi. SHahardan bir mo‘g‘uli,(ya’ni 6 farsax masofada) bo‘lgan SHahri Islom degan joyda (xonning) sharafli muloqotiga musharraf bo‘lib, toju taxt dushmanlarining fitnalari gardidan g‘uborlangan davlat ko‘ziga ul xazratning bosgan tuprog‘ini surma qilib qo‘yib munavvar qildi; uning oyoqlarini o‘pib, g‘ururlik boshini izzat avjiga chiqardi. U erdan turli takalluf va tobelik ko‘rsatib, ul hazratni (Buxoro) shahriga olib kelib, izzat- ikrom taxtiga o‘tqazdi. Xizmatkorlik va farmonbardorlik marosimi tugagach, (Burhon sulton) qubbati islom Buxoroni a’lo hazratga tortiq qilib, o‘zi (otining) jilovini mazkur shaharga tobe’ bo‘lgan Qorako‘l tomonga burdi. Fathu zafar quyoshi mashriqdan chiqib, yaxshi kun ko‘ringanligi sababli, shunday viloyat hazrat sohibqiron (Abdullaxon)ning tasarrufiga kirdi. (So‘ng) ul hazrat baxtu davlat bilan podshohlik taxtiga o‘ltirib, mamlakat va xalq ishini tartibga soldi. O‘sha viloyat katta-kichik odamlarining ko‘zi falak iqtidorli podshohning oyog‘i g‘uboridan anchayin ravshan bo‘ldi. Kishilik jamiyati ulamolari va ehtiromlik fuzalolarining zamonning ko‘p ayanchli hodisalari tufayli yomonlashgan ahvoli (endi) shohona marhamat va iltifotlar natijasida tuzaldi. Bu yoqimli voqeadan bir necha kun o‘tgach va tamom mamlakat ul hazratning adolat va rioyati barakotidan obod bo‘lgach, Buxoroning hokimi (Burhon sulton) hayosizlik qilib, (Abdullaxonning) bunday (zo‘r) ne’matini unutdi; boshini itoat xalqasidan chiqarib, isyonkorlik yo‘lini tutdi; (uning) dimog‘i kibru havo bilan to‘lib mag‘rurlikka mahliyo bo‘ldi va hatto (xon bilan ilgari qilgan) ahdini buzib, o‘zining jur’at oyog‘ini itoat vodiysidan chiqardi; sitam qo‘lini cho‘zdi va askar to‘plab, urush bayrog‘ini ko‘tardi; mustaqillikni xayol qildi va Qorako‘ldan (Abdullaxonga) qarshi otlanib (Buxoro) shahriga qarab yurdi. 296 Uning (bu) jasorati ovozasi (hamma yoqqa) tarqalgach, bu andishaning shu’lasi ul hazratning xotirlarida toblangach, (ilgari bo‘lgan) iliq hamiyati (endi) o‘ch olish qasdiga aylandi va buyurdiki, nusratpanoh sipoh urushga hozirlanib (Abdullaxonning) qutli o‘zangisiga to‘plansinlar. O‘zi yo‘lga tushib butun qarindoshlari va huzuridagi birodarlari bilan zafarnishon bayrog‘ini ko‘tardi va oliy ne’matlik himmat yuzini davlatning dushmanlari tarafiga qaratdi. Burhon sulton Sulaymon martabali xonning kelayotganidan xabar topgach, (u bilan) urushmoqqa ojiz bo‘lganidan otining jilovini Buxoro viloyatining tumanlaridan bo‘lgan Romiton qal’asiga burdi va qo‘rqib- pisib o‘sha vayron bo‘lib ketgan qal’aga yashirindi. Qo‘rqqanidan qal’aning burj va devorlarini mustahkamladi. Nusrat nishonli askar (Abdullaxonning) farmoniga ko‘ra, qal’ani o‘rab oldi va qamalni to‘xtovsiz boshlab, urush olovini yoqib yubordi. Paymonasi to‘lgan, xoksor dushmanlardan ko‘pini o‘ldirdi. O‘sha kuni kun bo‘yi urushda tajribakor pahlavonlar, qal’a olib dushmanni enguvchi kahramonlar jur’at etagini belga qistirib (qal’a) devoriga tashlandilar va qal’aga qarab juda ko‘p tosh va sanoqsiz o‘qni bahor yomg‘iridek yog‘dirdilar. Lekin ba’zi kishilarning tabiati va balki barcha insonning xulqi bevafolikka moyil, «albatta, inson zolim va nodon bo‘lgandir» (oyatida ko‘rsatilgan)day, shishadek tiniq osmonning podshohi (ya’ni quyosh) g‘arbga tomon chopib, kechaning qora (libos kiygan) sipohi Rum lashkari (quyosh) qalbi ustidan g‘alaba qilganda, ya’ni namozshom vaqtida (Abdullaxon) mulozimlaridan bir guruhi bevafolik yo‘lini tutdilar va Buxoro sipohi birin-ketin a’lo hazrat ostonasidan yuz o‘girib, dushman tomoniga o‘tdilar. Iskandar martabali hazrat (Abdullaxon) bu voqea sodir bo‘lgandan so‘ng, Romiton qal’asi atrofidan, vaqtning talabiga qarab, (otining) jilovini burdi va (Buxoro) shahri tomon shoshildi. Komil aql va ziyraklik bilan angladi va «(har qanday) ish o‘z vaqtiga garovdir» (maqolining) hukmiga ko‘ra, nochor bir necha kun hashamat va ulug‘vorlik vositalari hamda shon-sharaf va yuqorilik odobi yig‘ilib, shavkat va davlatning asoslari dushmanlarni engilish vodiysiga va tor-mor bo‘lish yo‘liga yuz qo‘yishga majbur qilganga qadar taqdirga tan berishga majbur bo‘ldi, (lekin) shunday bir vaqt (qam) keladiki, davlat yulduzi hashamat avjidan (yana) ko‘rinib, qasos oluvchi bahrom qilichi bilan mamlakat dushmanining oyog‘ini qirqib, tegishli jazosini berur, (chunki) «bu (ish) Tangriga mushkul emas» (deb jang maydonidan chekindi). Binobarin, (Abdullaxon) Buxoro shahrida ham to‘xtamay, qo‘zg‘olon bayrog‘ini ko‘tarib (yana) Balxga qarab jo‘nadi. Ilgari g‘aybi suratlar oynasi va shubhasiz nurlari shohidi bo‘lgan (achchiq) tajriba 297 ko‘rsatganki, qachonki Tangri, qudrati ulug‘ bo‘lsin, bir davlatmandning baxtu taxt poyalarini Farqadonning yuqorisiga chiqarmoqchi bo‘lsa va saltanatli taxtini davom, sabot, hashamat va yuqorilik (dan iborat) to‘rtta poyasi bilan ko‘tarishni, ulug‘lashni istasa, dastlab uning davlati ajoyib fitnalar va g‘aroyib o‘zgarishlarga ilojsiz duchor bo‘ladi. (Hофиз Таниш Бухорий. Абдулланома /Биринчи китоб; Форс тилидан Содиq Мирзаев таржимаси; Илмий муhаррир, нашрга тайёрловчи, сўзбоши ва изоhлар муаллифи: академик Бўрибой Аhмедов. –Т.: Шарq, 1999. –Б.127-128). Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling