O‘quv qo‘llanma
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
Ikki
sharif haram hojisi Imomqulixon saltanat taxtiga Valimuhammadxondan so‘ng o‘tirdi. Xonning hazrat padari buzurgvorimizga nisbatan e’tibori, yaqinligi va niyozmandligi kundan kunga oshib, a’lo darajaga etdi va singlisi Poyandasultonxonimni hazrat eshonga berdi. Buxorodan Pirmast hazorasini va G‘uzordan Dehinavni, shuningdek, shunqor, to‘qqizta italgu va uchorchini Mirzo Mirak Sug‘duvoniy bilan birgalikda hazrat padari buzurgvorimizga in’om qildi. 299 Yana yigirma ming xoniy mablag‘, tuyalar, xachirlar, farroshxona va bovarchixona asbob-anjomlarini berdi. Bu paytda hazrat padari buzurgvorimiz turna ovida edi va bu in’omlarni keltirgan kishilarga naqd mablag‘, egarlangan ot va sarpolar hadya qildi. Xususan, Mirak mirshikorga naqd mablag‘, egarlangan ot, sarpo, bir necha tuya va qush anjomlari: gilam, namat, mis qozon va tovoq in’om etdi. Xonning davlati zamonida u oliy majlislar, bayramlar va ma’rakalarga hazrat padari buzurgvorimizni to‘la izzat bilan taklif qilardi. Hazrat eshon uzoqdan ko‘ringanda, xon o‘z joyidan turib, uyning ostonasigacha borib, hurmat-ehtirom bilan o‘ng qo‘l tarafda namat yostiq va baxmal ko‘rpalar qo‘yib, alohida hozirlangan joyga o‘tirg‘izardi. Shundan so‘ng o‘zi joyiga borib o‘tirar va aql qulog‘ini hazrat padari buzurgvorimiz tarafga qaratib, uning pandu nasihatlaridan bahramand bo‘lardi. Taom kiritilganda avvalo hazrat eshon oldiga dasturxon yozilar va shundan so‘ng xonning oldiga taom qo‘yishardi. Hazrat padari buzurgvorimiz turganida xon uy tashqarisigacha kuzatib ko‘yardi. Imomqulixon Movarounnahrda Valimuhammadxondan keyin o‘ttiz uch yil podsholik qildi, xutba va tanga uning nomidan edi. Xonning ko‘zi ko‘r bo‘lib qolgach, ikki haram sari otlanib, ziyoratdan so‘ng bir ming ellik ikkinchi yilda vafot etdi va [Madinadagi] Baqi’da dafn qilindi. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling