O‘quv qo‘llanma
BUXORO VILOYATI QISHLOQLARI
Download 5.01 Kb. Pdf ko'rish
|
buxoro tarixi
BUXORO VILOYATI QISHLOQLARI
Xujoda [qishlog‘i] Buxorodan Baykandga boradigan yo‘lning o‘ng tomonida [shahar] dan uch farsax [masofa] da joylashgan. U bilan yo‘l orasidagi [masofa] taxminan bir farsax. Mug‘kon [shahridan] besh farsax [masofa] da, Baykand yo‘lining o‘ng tomonida. U bilan yo‘l orasidagi [masofa] uch farsax. Zandana shaxardan to‘rt farsax [masofa] da, shahardan shimolda [joylashgan]. Namijkat at-Tavovisga boradigan yo‘lning chap tomonida, [shahardan] to‘rt farsax [masofa] da. U bilan yo‘l orasidagi [masofa] taxminan yarim farsax. Karminiyadan Xudimankangacha as-Sug‘d tomonga [yurganda] bir farsax. Xudimankan bilan Samarqand yo‘li orasidagi [masofa] bir g‘alva [Buxorodan] Samarqandga boradigan yo‘ldan chapda. Madyomijkat as-Sug‘d daryosining orqasida, Xudimankandan yuqoriroqda, bir farsax masofada [joylashgan]. Xarronkat Karminiyaning qarshisida, bir farsax [masofa] da daryoning orqa [tomoni] da [joylashgan]. (Ибн Hавqал. Китоб сурат ал-ард /Араб тилидан таржима ва изоhлар муаллифи Ш.С.Камолиддин. –Т.: “Ўзбекистон миллий энциклопедияси” Давлат илмий нашриёти, 2011. –Б.40-52.) Badriddin Kashmiriyning “Ravzat ar-rizvon” asaridan Abdullaxonning hijriy 996/1588 yildagi quyidagi farmonlari Xo‘ja Sa’d manfaatlariga qaratilgan edi. “U G‘ANIDIR! Abulg‘oziy Abdullo bahodirxon so‘zimiz! Nomdor birodarlar, saodatyor farzandlar, zavi al-iqtidor amirlar, kifoyat osor vazirlar, din va davlat arboblari, mulk va millat a’yonlari bizning oliyhazrat, valoyat martabat, hidoyat manzilat, irshodpanoh, maorif dastgoh… Hazrat Sayyid al-mursalin avlodi Xoja Kalon Xojaga nisbatan irodat va ixlosimiz komillik nihoyasida ekanligini [yaxshi] biladilar. Binobarin, hukm qildikki, YAzd va Isfahon viloyatlarini onhazrat va [ul zotning] xodimlariga niyoz qildiq. [Bu mavzelarni] onhazratning maxsus darubasti deb bilib, daxl qilmasinlar va onhazrat gumashtalari 290 vakillari tasarrufiga o‘tkazsinlar. Mazkur viloyat a’yoni va arboblari [buni] o‘z hujjat va muhrlari bilan tasdiqlasinlar. Hijriy 996 yil”. Download 5.01 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling