267
Pandus – ko‘tarma yo‘l.
Parvonachi – biror lavozimga tayinlangan
kishiga uning shu
lavozimga tayinlanganini etkazuvchi amaldor.
Rabod – tashqi shahar, karvonsaroy.
Rais – shahar hokimi.
Rangrez – matoga rang beruvsi usta.
Sadr – vaqf mulklarini boshqaruvchi.
Sanad – shahodatnoma, hujjat.
Sardoba – pishiq g‘ishtdan qurilgan gumbazli hovuz.
Sarrojlik – egar va jabdug‘ yasovchi ustaxona.
Sahhob – muqovasoz, muqovachi.
Sohibqiron – asr, ya’ni
zamonning egasi, jahonning egasi, jahongir.
Sohibi muayyad – maktubot
va axborot vaziri, aloqa ishlari vaziri.
Sohibi shurat – harbiy vazir.
Suyurg‘ol – zodagonlarga in’om qilingan er-mulk.
Tavochi – mamlakat miqyosida qo‘shin to‘plovchi amaldor.
Tazar – er osti kanalizatsiya inshooti.
Bu tizim Buxoro shahrida
yaxshi yo‘lga qo‘yilgan.
Tamg‘a – savdo boji; savdogarlardan olinadigan soliq.
Tanob – 2-2,5 ming kv.m. hajmdagi er maydoni.
Tariqat – komillikka erishishni ko‘rsatuvchi yo‘l.
Toq – usti yopiq bozor va hunarmandchilik rastasi.
Tudun – turk xoqonligining viloyat hokimliklaridagi vakili.
Do'stlaringiz bilan baham: