6-mavzu. Avtotransport vositalarining foydalanish kо‘rsatkichlari.
Avtotransport vositasi ishini samarali va xavfsiz bajarish bо‘yicha mumkin bо‘lgan kо‘rsatkichlar: gabarit о‘lchamlari, vazn parametrlari, yuk kо‘tarish qobiliyati (yо‘lovchilar tashish imkoniyati), tezlik va tormoz xususiyatlari, ag‘darilishga, surilib ketishga va yon tomonga sirpanishga qarshi turg‘unligi, yoqilg‘i tejamkorligi, har xil sharoitlarda foydalanishga moslashish, ishonchlilik.
Avtotransport vositasiga ta’sir etuvchi kuchlar. G‘ildiraklarning yо‘l bilan ilashish kuchi. Ilashish kuchining zahirasi – harakatlanish xavfsizligining sharti.
7-mavzu. Aktiv va passiv xavfsizlik tizimlari.
Aktiv xavfsizlik tizimlarining turlari: g‘ildiraklarni jilmay aylanishiga qarshi, sirpanib tormozlanishiga qarshi tizimlar, tormoz kuchlarini taqsimlash tizimi va boshqalar. Parktronik tizimi. Vazifasi va ulardan harakatlanishda foydalanish.
Passiv xavfsizlilik tizimlari. Xavfsizlik kamarlari, xavfsizlik yostiqchalari, bolalarni ushlab turuvchi maxsus qurilmalar. Ularning vazifasi va yо‘l-transport hodisasi yuz berganda afzalligi.
8-mavzu. Avtotransport vositasini chorrahalarda, tо‘xtab turish joylarida va piyodalar о‘tish joyida boshqarish.
Chorrahaga yaqinlashayotganda haydovchining xatti-harakatlari. Tartibga solinmagan va solingan chorrahalarda harakatlanish. Piyodalar tо‘plangan joylarda avtotransport vositasini boshqarish va ularni bosib ketish hodisalarini oldini olish.
Avtotransport vositasini tо‘xtab turish joylariga qо‘yish bilan bog‘liq yо‘l-transport hodisalari. Tо‘xtab turish joylarida harakat xavfsizligi.
9-mavzu. Avtotransport vositasini transport oqimida boshqarish va qorong‘ida kо‘rish yetarlicha bо‘lmagan sharoitlarda boshqarish
Transport oqimida xavfsiz yon oraliqni tanlash. Tо‘siqni aylanib о‘tishda avtotransport vositasini boshqarish. Umumfoydalanishdagi transport vositalarining tо‘xtash joylarini aylanib о‘tish xususiyatlari. Quvib о‘tishda avtotransport vositasini boshqarish.
Qorong‘ida harakat xavfsizligini ta’minlash. Qorong‘ida va har xil ob-havo sharoitida avtotransport vositasini boshqarish.
Do'stlaringiz bilan baham: |