O’quv-uslubiy majmua 100000–Gumanitar sоha
Download 1.92 Mb.
|
2013-2014 Arxeologiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mezolit Mezolit davri tavsifi.
- Tabiiy o’zgarishlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish.
- O’zlashtiruvchi xo’jalik shaklining rivojlanishi va uning ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining shakllanishidagi ahamiyati.
- Moddiy madaniyat. Mikrolitlar.
- O’rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari: SHarqiy Kaspiybo’yi, Qo’shilish, Obishir, Machay va boshqalar.
3-Mavzu: Mеzоlit.
Rеja: 1. Mеzоlit davri umumiy tavsifi. Davrlashtirish va хrоnоlоgiya. 2. Mеzоlit davrining o’rganilish tariхi. 3. Mеzоlit madaniyati va ularning hududiy variantlarga bo’linishi. 4. Хo’jalik va mоddiy madaniyat. Mezolit Mezolit davri tavsifi. Mеzоlit qadimgi tоsh asrning so`nggi tariхiy bоsqichi bo`lib, bu davrda katta muzliklar erishi natijasida yangi хududlar vujudga kеldi. Iqlim sharоit хоzirgi davrdagiga yaqinlashib qоlgan. Bu tariхiy davrda хayvоnоt va o`simlik dunyosida katta o`zgarishlar yuz bеradi. Tabiiy o’zgarishlar. Yovvoyi hayvonlarni xonakilashtirish. Qadimgi tоsh davrida qadamlab yuradigan хayvоnlar o`rniga tеz yuradigan va chоpqir mayda jussali хayvоnlar egalladi. SHu bilan birga issiq talabli bоshоqli o`simlik va daraхtlar ko`payib bоrdi. Bu esa kishilarning turmush tarzi, хo`jaligi sохasida o`zgarishlar bo`lishiga оlib kеldi. Tоsh qurоllarni kayta ishlash, ularni takоmillashtirish bilimlarini qulladilar. Bu tariхiy davrda mayda qurоllar ko`pchilikni tashqil kilgan. Mеzоlit davrida insоniyat kamalak va uqni iхtirо etdi, bu tехnika sоhasidagi kashfiyot edi va shu davrning eng kuchli qurоli bo`lgan. Kamalak va o`qning mavjudligi оvchilikni rivоjlantirgan va urug` jamоasida go`sht maхsulоtining dоimiy bo`lishiga imkоn yaratgan. Shuni alohida ta`kidalash joizki mezolitni boshlani-shi geologik jixatdan golotsenni boshlanishi davriga mos keladi. Aynan shu davrga kelib, iqlim sharoitida ham kes-kin o’zgarishlar yuz beradi. Baxaybat muzliklarni shimol tomon chekinishi tezlashadi. Bu muzliklar o’rnida o’simlik-lar o’sishi mumkin bo’lgan erlar, ko’plab ko’llar va botqoq-liklar vujudga keladi. Muzliklarni erishi eramizdan av-valgi 14-8,5 ming yillarga to’g’ri keladi. Bu davr ichida iq-lim muz davridan kam farq qilib, xavo ancha sovuq bo’lgan. Keyinroq esa ya`ni eramizdan avvalgi 8,5 va 5 ming yillar oralig’ida ancha kunlar ilib, ob-xavo quruq va issiq bo’lib, hozirgi kundagi iqlimga yaqinlashgan. Evropaning keng er-lari qarag’ay va keng yaproqli daraxtlar bilan oplangan. Evropaning janubiy rayonlarida va Kavkaz hamda bizning O’rta Osiyo sharoitida esa bunday xolatlar bo’lmagan. O’zlashtiruvchi xo’jalik shaklining rivojlanishi va uning ishlab chiqaruvchi xo’jalik shaklining shakllanishidagi ahamiyati. Bizning Markaziy Osiyo xududidagi mezolit davri yod-gorliklarini ko’p jixatlari ayniqsa tosh industriyasi yaqin sharq mezolitga o’xshab ketadi. Shuning uchun ham O’rta Osiyo arxeologiyasi uchun tosh asri buyicha juda ulkan ishlarni qilgan zabardast olim, akademik A. P. Okladnikov daliliy ashyolariga suyangan xolda o’zini fikrlarini quyidagicha bayon qiladi: »Xali yuqori paleslit davrida Evropada Solyut-reylar va Orin’yaklar yashagan bir paytda O’rta Osiyoda tosh asri madaniyatining taraqqiyoti Falastin va shimoliy Af-rika madaniyatiga juda yaqin bo’lgan yunalishda rivojlan-gan. Bu rivojlanish tez orada yuqori paleolitdan mezolit madaniyatiga o’sib etishga imkon bergan. Bu madaniyat janub-ga xos bo’lgan xususiyatlarni ifodalovchi segment trapetsiya shakliga ega bo’lgan mezolit qurollarini borligi bilan belgilanadi. Bu o’ziga xos madaniyat Kozog’istonning shimo-liy cho’llarida yashovchi Volgadan to Uralgacha bo’lgan xududlarga o’z ta`sirini ko’rsatgan». Ana shunday xususiyatlarga ega bo’lgan Markaziy Osiyo yodgorliklaridan biri Djebel bo’lib, shu yodgorlik tufayli nafaqat mezolit balki neolit davriga mansub bo’lgan ko’p yodgorliklarni xronologiyasiga aniqlik kiritilgan. Bu yodgorlik 1947 yili A. P. Okladnikov tomonidan topilib, 1949 va 1950 yillarda qazish ishlari olib borilgan. Djebel yodgorligida jami 10 ta madaniy qatlam borligi aniqlanib, shundan 8 tasi asosiy, 2 tasi esa o’tish davrini aks ettiruvchi qatlamlar deb topilgan. Madaniy qatlamlardan jami 5345 ta tosh buyumlar topi'lib, ular orasida 31 xili mehnat qurollari sifatida ajratib olingan. Yodgorlikdagi 8,7 madaniy qatlamlar mezolitni oxiriga, 5 a, 5, 6lar esa mezolitdan neolitga o’tish davrini, 4 va 5ilk neolit davrini, 3si so’nggi neolitni, 2 va 1 ilk bronza asrini aski ettirishlarini aniqlagan. Bu yodgorlik har tomonlama mukammal o’rganilgan yodgorliklar qatoriga kiradi. eng muximi bu yodgorlikni mutloq yoshi radiokarbon usulida aniqlangan Djebel yodgorligini mukammal ravishda kelib chiqqan xulosa shuki, shu yodgorlik tufayli O’rta Osiyodagi mezolit va neolit yodgorliklarining xronologiyasi ularni davrlashtirish masalalari, madaniy jixatdan qaysi madaniyatga alokadorligi kabilarni aniqlashda Djebel muxim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun ham arxeologlar bu yodgorlikni boshqa yodgorliklarni aniqlash qiyin bo’lgan jixatlarini aniqlashda kalit rolini bajaruvchi katta ahamiyatga ega bo’lgan yodgorlik deb atashadi. Moddiy madaniyat. Mikrolitlar. Markaziy Osiyo xududlaridagi olimlari miz tomonidan olib borilgan arxeologik ishlar balki jahon bo’ylab arxeologiya soxasida olib borilayotgan izla nishlar mezolitni ajdodlarimiz tarixini yoritishda alohi da o’z o’rniga ega bo’lgan davr ekanligini isbotlamoqda. YUqori poleolitda vujudga kelgan prizma shaklidagi nukleus lardan yupqa va uzun plastinkalarni to’qmok hamda bug’u sho xini butoqlari yordamida uchirib olish texnikasini mezo litga kelib takomillashadi. Nukleuslarni xajmi nisbatan kichrayib, shakllari ham o’zgarib uchi chiqarilgan qalamga o’xshashlari paydo bo’ladi. Arxeologiya fanida bu xildagi nukleuslarni qalamsifat (karandashavidniy) deyiladi. Uchirindi plastinkalarni xajmi ham kichrayib noziklasha di« Janubiy xududlarda, jumladan Markaziy Osiyo xududinig mezolit yodgorliklarida mikrolitlardan keng foydala niladi. Mikrolit deganda mezolit davridagi qalamsifat o’zalardan uchirib olingan plastinkalarni bo’lakchlarga segment, trapetsiya va uchburchaksimon shakllarga aylantiril gan kichik xajmdagi geometrik shakldagi mehnat qurollari ni tushuniladi. Bu xildagi topilmalar tayoq yoki hayvonlar ni qobiralarida rezets yordamida uzunasiga xosil qilingan yoriqlarga qatorasiga o’rnashtirilib, ulardan pichoq yoki qirg’ich sifatida foydalanganlar. Mikrolitlarni xajmlari 1 2 sm dan oshmagan. Bulardan yog’ochdan yasalgan kamon o’qlarini va uzoqqa otib sanchish uchun mo’ljallangan nayzalarni tayyorlashda foydalanganlar. Arxeologlar tomonidan o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki chakmok toshdan yasalgan nayzalarni sanchilishi va teshib o’tish xususiyati xatto temir nayzasidan ham samarali bo’lgan. Mikrolitlardanyasalgan pichoqlar, butun plastinkalardan qilingan pichoqlarga nisbatan qulay va samarali bo’lgan. Chunki butun pla stinka ishlatish jarayonida sinsa, uni o’rniga faqat butunplastinka topish shart bo’lgan, bunday imkoniyat xadeb bo’la vermagan. Mikrolitlardan yasalganlarini esa osonlik bilan birini o’rniga ikkinchisini o’rnatilavergan. Mikrolitlar dan yasalgan xanjarsifat qurollar yoki hayvonlarga ma`lum masofadan turib zarb bilan irg’itib sanchishga mo’ljallan gan yog’och nayzalarni ibtidoiy odamlar o’zlari xoxlaganuzunlikda qilish imkoniga ega bo’lganlar. Chunki zarb bilan irg’itib sanchiladigan yog’och nayzalarni uch tomonidan uzuna siga har ikki yon tomonida mikrolitlarni qatorasiga terib joylashtirish uchun ana shu mikrolitlarni xajmlariga mos lab yoriqlar qilingan. Bunday usul ajdodlarimizga qulay bo’lganidan bo’lsa kerak, yuqori paleolitda paydo bo’lgan bunday ov qurollari mezolitda takomillashib, neolit xatto bronza asrida ham foydalanishda davom etgan. Shuni ham ay tish kerakki bu mikrolitlar asosan janubiy rayonlarda qo’llanilgan. Shimoliy rayonlarda esa butun plastinkalar dan foydalanilgan. Mikrolitlar u yoki bu yodgorlkni xrono logiyasini aniqlashda ham arxeologlar uchun qo’l keladi. Sa babi mikrolitlar asbsan mezolit davrida vujdga kelgan juda ko’plab mikrolitlarni paydo bo’lishi va ulardan janu biy rayonlarda keng miqyosda foydalanishga o’tish, shimoliy regionlarda esa asosan plastinkalardan takomillashgan ov qurollarini yasashga o’tish va bu usullarni bir vaqtni o’zida taraqqiy etishi ko’pchilik olimlarimizni fikrlariga ko’ra mezolitni yuqori paleolitdan ajralish chegarasini ko’rsata di. Ma`lumki mezolit yuqori paleolit bilan neolit (yangi tosh asri) o’rtasidagi ajdodlarimizni yashab o’tgan davrini aks ettiradi. Agar mezolit davrini tosh industriyasini (Industriyasi deganda mezolitga oid barcha tosh qurollarini va ularni chiqindilarini tushuniladi). yuqori paleolit va neolit davri nndustriyalari bilan solishtirsak, uni keyin gi davr bilan ancha bog’liq ekanligini, ya`ni ko’proq o’xshashligini ko’ramiz. YUqori paleolit davri qurollari ning ba`zilari mezolitda qo’llansa da, ularni mezolitni o’rtalariga kelib butunlay yo’qolib ketadilar. O’rta Osiyoning mezolit davri madaniyatlari: SHarqiy Kaspiybo’yi, Qo’shilish, Obishir, Machay va boshqalar. Obishir-1 va V yodgorligi So’x daryosini yuqori qismida, Obishir soyining o’ng qirg’og’ida joylashgan. O’zbekistonimiz xududidagi Mochay, Qo’shilish va Obishir I va V yodgorliklarini yoshini, ularni Markaziy Osiyoda tutgan o’rnini aniqlashda muxim ahamiyat kasb etadi. Mochay yodgorlignning mutloq sanasi 5600 yil (eradan avvalgi). Bu yodgorlikni ayrim mehnat qurolllari uncha kat-ta sonni tashkil qilmasa-da, o’zlarini juda ifodali ekan-liklari bilan alohida ajralib turadilar. Obishir I va V qarorgoxlaridagi tosh industriyasini Mochay qarorgoxidagi tosh industriyasini bir-birlari bilan o’xshashligi shundaki, bu yodgorliklarni har birida bir vaqtni o’zida dag’al qurol-lar bilan bkrga juda nozik mikroplastinkalardan foyda-langanlar. Lekin bu yodgorliklarni tosh industriyasini sin-chiklab o’rganish., ularni yoshlarini bir-birlaridan fark qi-lishini ko’rsatdi. Masalan Obishir I va V yodgorliklarini Mochayga nisbatan yoshini ancha kattaroq bo’lishini sandon va toshdan maxsus yasalgan o’g’ircha dastalarini hamda urish uchun mo’ljallangan har xil mehnat qurollarini yo’qligi ham is-botlandi. Chunki bu xildagi mehnat qurollari mezolitni so’nggi davrlariga xosdir. Ayniqsa mehnat qurollariga ik kinchi ishlov berish Obishirdagilarga qaraganda Mochayda ancha mukammal darajada. O’zbekistonimizdagi barcha mezolit yodgorliklarini tosh industriyasini trassalogik usulda o’rganilishi qirg’ich (skrepki) larni son jixatdan eng ko’pi Obishir I va V yodgorliklarida eng ko’pligini ko’rsatdi. Shuning uchun ham olimlarimiz Obishir g’orlarida yashagan ajdodlarimizni xo’jaligida ov etakchi rol’ o’ynagan degan xulosaga keladilar. Qirg’ichlarni tashqi ko’rinishini o’rganish natijalari yana shuni ko’rsatdiki, Obishir I va V dan jami 448 ta qirg’ich topilga^n bo’lsa, ularni katta qismi uchirindilardan qilingan bo’lib, plastinkalardan yasalgan-lari ozchilikni tashkil qiladi. Shuni o’zi ham Obishir g’or-lari yodgorligini ancha qadimiy ekanligini ko’rsatadi. Download 1.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling