O`quv-uslubiy majmua (I kurs talabalari uchun mo`ljallangan) Navoiy -2021


Тараққиётнинг ўзбек моделида маънавиятнинг ўрни


Download 0.64 Mb.
bet12/103
Sana25.03.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1294293
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103
Bog'liq
manaviyatshunoslik

Тараққиётнинг ўзбек моделида маънавиятнинг ўрни. Маънавият ва иқтисодиётга бирдек эътибор Ўзбекистонда янги жамият қуришнинг устувор тамойилидир. Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримовнинг деярли барча асарларида маънавият, миллий ғоя, миллий мафкура масалалари жамиятни, иқтисодий, сиёсий, ижтимоий, маданий ҳаётни ислоҳ этишнинг муҳим шарти, ҳаракатлантирувчи омили сифатида кун тартибига қўйилган.
Ўзбекистон мустақилликни қўлга киритгач, ўз тараққиёт моделини белгилаб олди. У бугун бутун дунёда тан олиниб, “ўзбек модели” деб аталмоқда. Ўзбек моделида иқтисодиёт ва маънавиятга баравар устуворлик берилган. Ислом Каримов “Юксак маънавият – енгилмас куч” асарида уларни қушнинг икки қанотига қиёслайди. Шу боис Ўзбекистонда туб ислоҳотларни амалга оширишда “наинки моддий фаровонликка, айни пайтда маънавий юксалишга ҳам эришишни ўзимиз учун асосий мезон деб билганимиз умумий тараққиётимизда бир томонга оғиб кетмаслик, жамият ҳаётида сув билан ҳаводек зарур бўлган мувозанат ва барқарорликни таъминлашда муҳим аҳамият касб этмоқда”.3
Маънавиятшунослик, фани бу борада бизга ёрдам беради. Уни алоҳида фан сифатида ўрганиш зарурати илк бор Ўзбекистонда англаниши ва ўқув дастурларига киритилиши мамлакатимизнинг ҳозирги замон илм-фани ва кадрлар тайёрлаш тизими ривожланишига қўшган ҳиссаси, деб баҳоланмоғи адолатли бўлур эди. Бугунги кунда ушбу фан бўйича давлат стандартлари, ўқув дастурлари ишлаб чиқилиб, қўлланмалар, дарсликлар яратилмокда. Албатта, янги ўқув предмети дастури бирданига мукаммал шаклда вужудга келмайди. Ижтимоий жараён, янги жамият қуриш амалиёти, шак-шубҳасиз, уларга тегишли ўзгартиришлар киритишни, мудом бойитишни, мумтоз илм-фан, фалсафа, тарих, этнология, санъатшунослик ва ҳ.к. фанларнинг ҳамда ўзининг кейинги тадқиқот далиллари ва хулосаларини ҳисобга олиб янги авлод дарслигини яратишни тақозо қилади. Бу таълим ва кадрлар тайёрлаш тизимида узлуксиз давом этадиган жараёндир.
Ўзбекистонда ислоҳотлар амалга оширилиши жараёнида “кучли давлатдан – кучли фуқаролик жамияти сари” тамойилини юзага чиқариш имконияти ортди. Ушбу тамойил, биринчидан, давлат бошқаруви масалаларининг катта қисми босқичма – босқич маҳаллий давлат идоралари ваколатига ўтказилишини ифодалайди. Иккинчидан, жамият ижтимоий-иқтисодий, сиёсий, маданий ҳаётида,ташқи алоқаларида одамларнинг ўзлари тузган нодавлат нотижорат ташкилотлари, фуқароларнинг ўзини ўзи бошқариш органлари, ижодий уюшмалар фаолияти, мавқеи ва иштироки ўсишини, давлат идоралари фаолияти устидан жамоат назоратини ўрнатишни билдиради. Давлат ва нодавлат нотижорат ташкилотлари, давлат ва фуқароларининг ўзини ўзи бошқариш органлари ўртасида ижтимоий шериклик муносабатлари ривожланади. Булар амалга ошиши учун фуқаролар онги, билими, ижтимоий фаоллиги, маънавияти юксак бўлиши, мамлакатда, ҳар бир қишлоқ ва шаҳарда тегишли маънавий муҳит вужудга келиши лозим. Мазкур масалаларнинг барчаси маънавиятни алоҳида ва теран ўрганиш нақадар долзарб ва зарур эканлигини яна бир бор асослайди.
Маънавий муҳит кенг маънодаги маънавиятнинг таркибий қисми эканлигини назарда тутсак, маънавиятнинг иқтисодиётга, ўзбек модели юзага чиқишига, Ўзбекистоннинг кучли давлатдан кучли фуқаролик жамияти сари ривожланишига, баркамол авлодни, маънавий эркин шахсни тарбиялашга кўрсатадиган таъсирини теранроқ англаб оламиз. Бу борада бизга маънавиятшунослик фани ҳар томонлама ёрдам беради. Айтилганларни жамлаб, умумий хулоса чиқарсак, Ўзбекистонда иқтисодий, ижтимоий, маданий жиҳатдан юксак ривожланган демократик жамият яратиш ва комил инсонни, баркамол авлодни вояга етказишнинг барча йўналишлари ва аниқ вазифалари маънавиятни юксалтириш билан, бинобарин, маънавиятшунослик фанини шакллантириш ва ривожлантириш билан ҳам узвий боғлиқ.
Ma’naviyat tushunchasi mazmun-mohiyati.. Ma’naviyat nima, degan savolga ilmiy, siyosiy, publitsistik adabiyotlarda turlicha yondashuvlar asosida har xil fikrlar bildiriladi. Qayd etish lozimki, g‘arbda ma’naviyat tushunchasi alohida o‘rganilmaydi. U barqaror mazmunga ega bo‘lgan ilmiy tushuncha sifatida g‘arbda mavjud emas. Lekin biz ma’naviyat deb ataydigan hodisa yaxlit holda bo‘lmasa-da, filosofiya, etika, sotsiologiya , psixologiya, semiotika, kulturologiya, tilshunoslik, adabiyotshunoslik, san’atshunoslik kabi fanlar doirasida har xil ilmiy usullar yordamida tadqiq etiladi. Ma’naviyat tushunchasi o‘rniga ijtimoiy ong, ijtimoiy psixologiya, intellektual madaniyat, axloq va sh.k. har xil atamalar qo‘llaniladi. Ma’naviy madaniyat deganda, g‘arbda ko‘proq diniy madaniyat, cherkov faoliyati tushuniladi. SHuningdek, g‘arbda spiritualizm (spiriti – “ruhiy”, “ma’naviy” mazmunni bildiradi) degan amaliyot bor. Spiritualizm o‘lgan kishi ruhini chorlab u bilan muloqot qilishni anglatadi. SHu sababdan biz qo‘llaydigan ma’naviy madaniyat atamasini ayrim g‘arb tillariga aynan lug‘aviy mazmuniga qarab “spiritual madaniyat” deb o‘girish mumkin emas. Uni zarur hollarda, axloqiy va intellektual madaniyat deb o‘girishi urf bo‘lgan. Ma’naviyat atamasi, to‘liq ishonch bilan aytish joizki, islom mamlakatlarida, yana aniqrog‘i ko‘proq O‘zbekistonda tarqalgan atama. Hatto bizga qo‘shni Tojikistonda ma’naviyat atamasiga nisbatan uning boshqa sinonimi “ruhoniyat” ko‘proq qo‘llaniladi.
Ma’naviyat arabcha ma’ni (ma’no) so‘zidan, u esa “a’no” o‘zagidan yasalgan deb hisoblanadi. A’no – birlamchi, tub mohiyat mazmunini anglatadi. “Ma’naviya” arab tilida juda ko‘p mazmunga ega tushuncha. Lug‘atlarda uning 8-10 tagacha mazmuni qayd etilgan. Uning arabchadan kelib chiqqaniga, arabcha o‘zakdan yasalganiga shubha yo‘q. Lekin atamaning bugungi mazmuni shakllanishiga juda ko‘p ijtimoiy-madaniy va lisoniy omillar ta’sir ko‘rsatgan. Jumladan boshqa tillar va madaniyatlar. Faraz qilish mumkinki, ma’naviyat atamasi shakllanishiga “ma’ni” bilan bir qatorda sanskrit tilida mavjud bo‘lgan “ma’nas”tushunchasi ham ta’sir ko‘rsatgan. Atamaning ushbu shaklda tarqalishiga tasavvuf ilmi, xususan Jaloliddin Rumiyning “Masnavii ma’naviy” asari katta ta’sir ko‘rsatgan bo‘lish ehtimoli yuqori.
Ilmiy adabiyotlarda ma’naviyatga nisbatan mavjud qarashlarni tahlil qilsak, yoki nazariyalar, ta’limotlarning umumiy ilmiy usulidan kelib chiqib, qanday bo‘lishi mumkinligini faraz qilsak, juda qiziqarli va o‘ta rang-barang, ayrim hollarda bir birini to‘liq inkor qiluvchi mulohazalarni ko‘ramiz. Ularning ba’zilari falsafa, tarix, tilshunoslik, adabiyot va san’at ma’lumotlariga, xulosalariga tayangan va izchil ratsionalistik bo‘lsa, ba’zilarida noilmiy va irratsional unsurlar, dalillar, farazlar, vulgar talqinlar uchrab qoladi. Bunga misol qilib freydizmni, umuman psixonalizni ko‘rsatish mumkin. Ayrim olimlar ma’naviyatga diniy-mistik nuqtai nazardan yondashadilar. U inson mutlaqo tushuntirishdan ojiz, ilohiy inoyat, “qalb ko‘zi” bilan ko‘rilgan haqiqat, g‘oyibdan insonga ko‘rsatilgan hidoyat, yo‘l, ishora, ko‘ngilga solingan ijod va faoliyat, botiniy ilmlar, nozik va ilohiy his-tuyg‘ular va h.k. deb tushuntiriladi.
An’anaviy diniy-mistik qarashlar zamon ta’sirida o‘zgarib, yangi ko‘rinishlar kasb etmoqda. Bugun har xil ezoterik qarashlar, kosmos (koinot) yuborayotgan kodlashtirilgan belgilar, timsollar, ramzlar, salbiy va ijobiy energetika va shunga o‘xshash qarashlar ham jamiyatning ma’naviyat, ma’naviy hayot to‘g‘risidagi tasavvurlari va qarashlarida aks etmoqda.
Jamiyat rivojlanishi yangi axborot – telekommunikatsiya texnologiyalari, internet va kompyuterlar, AKTlar (axborot-kommunikatsiya texnologiyalar) yaratgan virtual voqelik, ommaviy madaniyat jamiyat ma’naviy hayotini, odamlar dunyoqarashini ancha o‘zgartirib yubordi. Inson hozirgi jamiyatda juda ziddiyatli, chalkash ta’sirlar ostida qoldi. SHu sababdan ma’naviyatga insonnning asl tabiatidan, autentligidan kelib chiqib yondashish, ya’ni ekzistensialistik yondashuv dolzarblik kasb etmoqda. Ammo bir narsani nazarda tutish kerakki, ekzistensializmning ontologik qarashlari, bilish nazariyasi, jamiyat va inson to‘g‘risidagi fikrlari, xulosalari yaxlit va izchil ta’limot emas. Lekin ekzistensializmning inson autentligi to‘g‘risidagi fikrini deyarli barcha ijtimoiy va gumanitar fanlar foydali, ilmiy samarador usul sifatida tan olgan. Ekzistensializmdagi eng yaxshi jihatlarni olib boshqa falsafiy va ilmiy usullar bilan birlashtirish maqsadga muvofiq.
Ma’naviyat tushunchasiga qaytamiz. Ayrim mualliflar, yuqorida aytilganidek, ma’naviyatning mohiyatini ilohiy deb talqin qilmoqdalar. Ular to‘liq diniy-mistik nuqtai nazarga o‘tib ketmasa-da, diniy yondashuv tarafdoridir. Ma’naviyatni ular ongning to‘liq tushuntirib berish mumkin bo‘lmagan sirli jihatlari, insonning ruhiy kuchi, undagi tug‘ma diyonat, vijdon, iymon, Xudo insonning ko‘ngliga solgan ijtimoiy va ijodiy moyillik, intilish, deb talqin qiladilar. Bu qarashlarga muvofiq ma’naviyat ilohiy yoki tabiiylikdan ustun hodisadir.
Ilohiy hodisalar, abadul abad o‘zgarishsiz, mutlaq bo‘ladi, faqat ularni tushunish, idrok etishgina o‘zgarishi mumkin. Ma’naviyat haqida gapirganda esa, biz uning yuksalishi, aksariyat qadriyatlarning yangilanishi yoki, aksincha, tanazzuli, qashshoqlanishini, o‘zgarishini, nisbiyligini ta’kidlaymiz. SHubhasiz, zardushtiylik negizida shakllangan uzoq ajdodlarimiz ma’naviyatidan islom negizida vujudga kelgan ota-bobolarimiz ma’naviyati keskin farq qiladi. Xalqimizning bugungi kundagi ma’naviyati zamonaviy qadriyatlar va mustaqillik ta’sirida nafaqat o‘rta asrlardagi, hatto sotsializm davridagi ma’naviyatidan ajralib turadi. Zero, I. Karimov ta’kidlaganidek: «Ma’naviyat uzluksiz harakatdagi jarayondir. Fikr, tafakkur, his-tuyg‘u tinim bilmaganidek, ularning mahsuli o‘laroq ma’naviyat ham doimo o‘zgarish va yangilanishda bo‘ladi»4 Fanda masala ilohiy hodisa sifatida qo‘yilishi mumkin emas. CHunki fanning vazifasi tadqiq etadigan hodisalarni tekshirish, tahlil qilish, umumlashtirish va mazmun-mohiyatini, nazariyasi va amaliy qo‘llanishini, rivojlanish qonuniyatlarini tushuntirishdan iborat. Balki fan bu jarayonda xatolarga yo‘l qo‘yar, adashar, noto‘g‘ri talqin qilar, ammo u doimo mantiqqa asoslanadi, tahlildan, talqindan, tushuntirishdan, xulosa qilishdan qochmaydi. Ilohiy hodisalar fanning emas, dinning, ilohiyot ilmining ob’ekti bo‘lishi mumkin. Fanning ob’ektini esa tabiiy, ijtimoiy va ruhiy-intelektual hodisalar tashkil etadi. Fan o‘rganayotgan hodisaga his-hayajondan, xayoliy orzu-istaklardan, sub’ektiv xohishdan kelib chiqib emas, balki xolis va ratsional, aniq ilmiy dalillarga tayangan holda yondashadi.
CHop etilayotgan ba’zi kitoblarda ma’naviyat ba’zan ongning, ba’zan axloq va e’tiqodning, ko‘pincha ma’naviy madaniyatning sinonimi, ma’nodoshi, ba’zan hatto ularning hammasini ifodalaydigan yig‘ma tushuncha sifatida ishlatiladi. «Ma’naviyat jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan madaniyatning insoniyat, shaxs ongida ifodalanishidir. Madaniyat mazmun jihatdan nihoyatda keng bo‘lib, har bir tarixiy davrdagi ma’naviyat uning barcha tomonlarini qamrab ololmaydi»5, — deb hisoblaydi E. YUsupov. Ko‘rinib turibdiki, ma’naviyat bu erda ongning madaniyatni aks ettirishiga ko‘ra, mazmun jihatdan nisbatan ajralib turadigan bir bo‘lagi, ideal hodisa deb to‘g‘ri, ammo biroz torroq talqin qilinmoqda.
Sovet davrida bitilgan falsafiy va kulturologik asarlarda doimo «ma’naviy hayot» va «ma’naviy dunyo» haqida so‘z yuritilgan. Ammo bu tushunchalar doirasida «ma’naviyat» alohida tahlil etilmagan. Rus olimlari haligacha bu an’anani davom ettirib kelmoqdalar.

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   103




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling