O`quv-uslubiy majmua (I kurs talabalari uchun mo`ljallangan) Navoiy -2021
Ma’naviyatdagi ratsionallik (oqilonalik) va irratsionallik (nooqilonalik)
Download 0.64 Mb.
|
manaviyatshunoslik
Ma’naviyatdagi ratsionallik (oqilonalik) va irratsionallik (nooqilonalik). Ma’naviyat nafaqat ratsional, shuningdek ma’lum darajada irratsional xarakterga ega. Ma’naviyatning ongga, aqlga, mantiqqa oid tomoni insonning ratsional dunyosini tashkil etsa, irodaga oid tomoni qisman irratsional dunyosini tashkil etadi. Ma’naviyatning hissiyotga oid jihatlari esa ham ratsional, ham irratsional xarakter kasb etadi.
Hissiyot ong va irodani birlashtiruvchi qatlam, u bir tomoni bilan ongga singib ketadi. Ikkinchi tomoni bilan irodaga tutashadi (estetik zavq ongli ravishda kechishi mumkin, masalan, asarning badiiy mukammalligini yaxshi tushungan holda yoki shahmat kombinatsiyasining go‘zalligini idrok etgan holda ulardan zavqlanish mumkin. SHu bilan birga estetik zavq go‘zallikning bevosita ta’sirida, go‘zallikning tashqi «sehri»ga maftunlikdan hosil bo‘ladi. Bunda ratsional taxlil ikkinchi o‘ringa chekinadi). Uyat, or-nomus va vijdon tuyg‘usi, g‘urur, qo‘rquv bir tomondan - ratsional, ikkinchi tomondan – irratsional mazmunga ega. Alpomishning bandilikdan qutulishda Kayqubod yordamidan voz kechishi oriyatning, irodaning ko‘rinishidir. Amaliy foydalilik nuqtai nazaridan (tezroq bandilikdan qutulib, dushmanlardan o‘ch olish, adolatni tiklash, Barchin visoliga etish, o‘z yurtiga tezroq qaytish, u yo‘qligida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli xavf-xatarlarning oldini olish va hokazo), ya’ni oqilona ish tutish nuqtai nazaridan Alpomishning qarori unchalik to‘g‘ri emas. Ammo Alpomish obrazi ifodalaydigan ma’naviy tushunchalar, axloqiy ideallar o‘zgalarning yordamidan asosiy maqsadiga erishish uchun foydalanishga yo‘l qo‘ymaydi. U boshqa sohalarda o‘zgalardan yordam olishi mumkin (Qayqubodning oziq-ovqatlarini rad qilmaydi), lekin dushmanlar bilan prinsipial kurashda alp sifatida o‘zligini to‘la-to‘kis namoyon etishi, o‘z kuchi bilan g‘alaba qozonishi lozim. Bunday ish tutish xalqning ma’naviy idealidir, lekin u ratsionalizm doirasiga sig‘maydi. G‘urur, or-nomus va fidoyilikka ko‘plab tarixiy misollarni keltirish mumkin. Ayniqsa xalq ozodligi uchun kurashgan buyuk shaxslar, qahramonlar, siyosatchilar, qo‘zg‘olonchi va inqilobchilar hayotida ichki tuyg‘u, sezgi va fahm-farosatga tayanib, tavakkalchilik bilan qo‘rqmasdan amalga oshirilgan ishlar son-sanoqsiz. Ularni oxirigacha ratsionalizm nuqtai nazaridan tushuntirib berish qiyin. Lekin bundan iroda faqat irratsionalistik bo‘lar ekan, degan xulosa kelib chiqmaydi. Badiiy ijod jarayonida esa irratsionalizm va ratsionalizmni ko‘p hollarda bir-biridan ajratish qiyin. Ma’naviyatdagi irratsional jihatlar, diniy, diniy-mistik qarashlarda, turli irimlarda, ayrim hollarda ijodkor shaxslarning «darvishona», «mashrabona» xatti-harakatlarida, ba’zan bama’ni kishilarning «aql bovar qilmaydigan» bema’ni qiliqlarida ko‘rinib qoladi. Irratsionalizm ma’naviy hayotda, insonning xulq-atvorida ancha ta’sirli rol o‘ynaydi. YUqorida ma’naviyatda sub’ektiv va «moddiylashgan» ob’ektiv tomonlar mavjudligi qayd etilgan edi. Ma’naviyatning sub’ektiv tomoni o‘z navbatida ikki ratsional va irratsional qismlarga bo‘linadi. Iroda ko‘p hollarda irratsional xarakterga ega. Ma’naviyat sub’ektiv hodisa, tuyg‘ular, aql va iroda sifatida borliqning shunchaki aksi emas, balki dunyoqarashning (kengroq olsak, ongning) borliqqa nisbatan amaliy munosabat shaqlidagi muayyan faoliyatga aylanishidir. Ma’naviyat ob’ektivlashgan qadriyatlar tizimi (ma’naviy madaniyat) sifatida esa millatning o‘z-o‘zini anglash, o‘z ruhini, irodasini va ongini, ijtimoiy amaliyotini takomillashtirish imkoniyatlarining va vositalarining erishilgan darajasidir, jamiyatning madaniy saviyasidir. Qisqa qilib aytganda, ma’naviyatda millatning aqliy va ruhiy salohiyati hamda ijodkorlik qobiliyati yuzaga chiqadi. Bu salohiyat va qobiliyat asrlar davomida toblanib, xalqning tarixiy bunyodkorlik, diniy va dunyoviy tajribasini o‘zida mujassamlagan. SHu bois ma’naviyatga barqarorlik xos. Ma’naviyat jamiyat bilan birga yuksaladi, rivojlanadi, tanazzulga va inqirozga uchraydi, qayta o‘yg‘onadi, gurkirab o‘sadi. Ma’naviyat uchun izchil tarixiylik va zamonaviylik, an’anaviylik va yangilanish xos. Ma’naviyatning rivojlanishi tarixiy zaruratni jamiyat tomonidan to‘g‘ri tushunishga va unga muvofiq jamiyatda amalga oshirilayotgan ishlarga bog‘liq Download 0.64 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling