5-mavzu: Milliy ma’naviyatimizning arxaik va ilk zardushtiylik davri.
Eng qadimgi (arxaik) davr ma’naviyati, uning o‘ziga xosligi. Bu bosqich ma’naviyati haqida tasavvurlarimizning unchalik chuqur va yaxlit emasligi.Umumturk asotirlari. Ilk zardushtiylik. “Avesto”ning eng qadimgi qismi “Xalq”lar asotirlari. Zardushtiylikning asl vatani haqidagi masala to'g'risida xilma-xil fikrlarning mavjudligi. “Avesto”ga qayta tartib berilishi. “Avesto” mundarijasi. Ma’naviyatimiz ilk bosqichi oxirlaridagi tadriji. Zardushtiylik negizida vujudga kelgan Markaziy Osiyo tamadduni.
6- Mavzu: Islomgacha bo‘lgan diniy-mafkuraviy plyuralizm bosqichi.
Iskandar Zulqarnayn istilosidan arablar istilosiga kadar (m ilodiy VIII asr boshi), taxm inan m ing yildan sal ko‘prok davom etganligi. Iskandarning madaniyatlar rivojiga qo ‘shgan hissasi. Mazkur bosqichda Markaziy Osiyoda juda rang-barang madaniyat, boy shaharlar, yuksak ma’naviyatning rivojlanganligi. Bizning m intaqam iz buddaviylikning eng ilg‘or va estetiklashgan shakllaridan birining markazi bo‘lganligi. Moniylikning o ‘ziga Turon tuprog‘ida nisbatan kengroq ijtimoiy tayanch topganligi. Turli dinlarga, etnik guruhlarga mansublik o ‘rta osiyoliklarni o ‘zaro til topishiga, bir-biriga nisbatan bag‘rikenglik qilishga undaganligi. M arkaziy Osiyo - Sharq va G 'arb ma’naviyatini payvandlagan mintaqa.
7- Mavzu: Islom tamaddunining O`rta Osiyoda tarqalishi va gullab-yashnashi.
Movarounnahrda islom uzil-kesil VIII asr boshida karor topganligi. Islom tamaddunining ravnaq topishiga ajdodlarimizning ko‘shgan munosib hissalari. Imom al-Buxoriy to‘plagan hadislaming “Al-Jome’ as- sahih” yoki “Sahihi Buxoriy” deb atalishi, ushbu hadislaming dunyo musulmonlarining 90 foizi uchun Qur’ondan keyingi eng mo‘tabar va asosiy manba hisoblanishi. Al-Buxoriy, At- Termiziy, An-Nasoiy hadislari to‘plamlari. Kalom ilmi. Uning diniy-nazariy masalalarni aqlga, mantiqqa asoslanib tahlil qilishi.Kalom ilmini rivojlantirishga munosib hissa ko‘shgan ajdodlarimiz: Abu Mansur al-Moturidiy as-Samarqandiy va uning izdoshlari: Abul M u’in Nasafiy, Najmiddin an Nasafiy ta’limotlari. Fiqh (islom huquqi) ilmi. Uni rivojlantirishga katta xizm atqilgan ajdodlarimiz. Tasavvuf. Markaziy Osiyoda dunyoviy ilm-fan yuksalishi. Muhammad al-Xorazmiy, Ahmad al-Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy , Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, ar-Roziy, Ibn Iroq, Chag‘miniy, Ismoil Jurjoniy, Mahmud az-Zamaxshariy, Mahmud Koshg'ariy, Narshaxiy, Bayhakiy, Nasafiy, Aziziddin Nasafiy, Abu Mansur as-Saolibiy, Rashiduddin Vatvot kabi mutafakkirlarning dunyoviy ilm- fanning rivojidagi o‘mi.
Do'stlaringiz bilan baham: |