O’quv uslubiy majmua magistratura barcha ta’lim yo’nalishlari uchun
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Download 1.66 Mb.
|
Majmua ITM
- Bu sahifa navigatsiya:
- 11-Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar Reja
- Eksperimental tadqiqotlarning turi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati.
1. Shermuhammedova N. Falsafa va fan metodologiyasi. T., 2005 2. Шермухаммедова Н. «Философия и методология науки» Т., 2003й 3. Саифназаров И. Методология научного творчества. Т., 2004й 4. З.Давронов. Илмий ижод метологияси .Т., 2006й 5.Саифназаров И, Қосимов В, Никитченко Г.“Фаннинг фалсафий масалалари”. Т., 2006й 6.TulenovJ, ValievaS. “Ilmiytadqiqotmetodologiyasi”. T., 2019y 11-Mavzu: Eksperimental tadqiqotlar Reja: Eksperimental tadqiqotlarning turi. Eksperimentning reja-dasturi. Eksperimentni o’tkazish. Tayanch so‘z va iboralar: Eksperiment, laboratoriya eksperimenti, ishlab chiqarish eksperimenti, dala sinovlari, oddiy eksperiment, eksperiment metodologiyasi, eksperiment reja dasturi, eksperiment metodikasi, omillar soni, vosita, ko‘rgazmali shakl, mehnat talablilik, sub’ektiv ta’sir, kuzatish daftari. Eksperimental tadqiqotlarning turi. Eksperimental tadqiqotlar yangi ilmiy bilimlar olishning asosiy usullaridan biridir. Eksperiment o‘tkazishdan bosh maqsad nazariy qoidalarni tekshirish ya’ni ishchi gipotezani tasdiqlash hamda ilmiy tadqiqot mavzusini yanada kengroq va chuqurroq o‘rganishdir. Eksperimentlar tabiiy va sun’iy bo‘lishi mumkin. Tabiiy eksperimentlar ishlab chiqarish, turmush va h.k.larda ijtimoiy hodisalarni o‘rganish maqsadida o‘tkaziladi. Sun’iy eksperimentlar esa texnika va boshqa fanlarda keng qo‘llaniladi. O‘rganilayotgan ob’ekt yoki jarayon modelining xususiyatiga, eksperimentlarni tanlash va o‘tkazishga bog‘liq holda ular laboratoriya va ishlab chiqarish turiga bo‘linadi. Laboratoriya eksperimentlari maxsus modellashtiruvchi qurilma va stendlarda namunaviy asboblar va tegishli apparatlar yordamida o‘tkaziladi. Ular xarajatni kam qilgan holda qimmatli ilmiy axborotni olish imkonini beradi. Ammo, eksperimental tadqiqotlarning bunday turi hamma vaqt ham jarayon yoki ob’ekt haqidagi ma’lumotlarni to‘liq aks ettira olmaydi. Ishlab chiqarish eksperimentlari atrof muhitdagi turli tasodifiy omillarni hisobga olgan holda, mavjud sharoitlarda o‘tkaziladi. Ular laboratoriya eksperimentlariga qaraganda murakkab bo‘lib, tajribalar naturalarda (real jarayon yoki ob’ektlarda) olib borilganligi uchun hajmdor hisoblanadi, shu sababdan o‘tkazishdan avval puxta fikrlash va rejalashtirishni talab etadi. Eksplatatsiya qilinadigan ob’ektning turli dala sinovlari ham ishlab chiqarish eksperimentlariga kiradi. Tegishli metodika va shakl bo‘yicha tashkilotlar, muassasalar yoki korxonalardan tadqiq etilayotgan u yoki bu masala bo‘yicha materiallar to‘plash ham ishlab chiqarish eksperimentlarining bir turi hisoblanadi. Eksperimental tadqiqotlarni samarali o‘tkazish uchun eksperiment metodologiyasi ishlab chiqiladi. U quyidagi asosiy bosqichlarni o‘z ichiga oladi: eksperimentni reja-dasturini ishlab chiqish; o‘lchamlarni baholash va eksperiment o‘tkazish vositalarini tanlash; eksperimentni o‘tkazish; eksperiment natijasida olingan ma’lumotlarni ishlab chiqish va tahlil qilish. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling