O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


«Foilotun» va «mustaf’ilun» ruknlarining ketma-ket takroridan


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

132. «Foilotun» va «mustaf’ilun» ruknlarining ketma-ket takroridan 
qaysi bahr yuzaga keladi?
a) muzore’; 
b) xafif; 
v) mujtass. 
133. Ketma-ket kelgan ikki «mustaf’ilun» va bir «maf’uvlotu» ruknlaridan 
qaysi bahr hosil bo’ladi? 
a) mujtass; 
b) sari’; 
v) xafif. 
134. «Mafoilun» «mafoiylun»ning qaysi zixofi? 
a) makfuf; 
b) maqsur; 
v) maqbuz. 
“Aruz vazni” fanidan test savollari 
6-variant 
135. «Mafoiylu» «mafoiylun»ning qaysi zixofi? 
a) makfuf; 
b) maqsur; 
v) maqbuz. 
136. «Mafoiyl» «mafoiylun»ning qaysi zixofi?
a) makfuf; 
b) maqsur; 
v) maqbuz. 
137. Quyidagi baytning ruknlarini ko’rsating: 
Sayding qo’ya ber, sayyod, sayyora ekan mandek,
Ol domini bo’ynidin, bechora ekan mandek. 
a) — — V // V — — — // — — V // V — — —
maf’uvlu mafoiylun maf’uvlu mafoiylun 
b) — V — // V — — — // — V — // V — — — 
foilun mafoiylun foilun
mafoiylun
v) — — V // V — — V // V — — V // V — — 
maf’uvlu mafoiylu mafoiylu fauvlun 
138. Quyidagi she’r qaysi vaznda yozilgan? 
Keldi ochilur chog’i, o’zliging namoyon qil, 
Parchalab kishanlarni, har taraf parishon qil. 
a) hazaji musammani ashtar


 
108 
b) hazaji musammani axrab; 
v) hazaji musammani axram. 
139. Quyidagi baytning ruknlarini ko’rsating? 
Sensan sevarim, xoh inon, xoh inonma, 
Qondur jigarim, xoh inon, xoh inonma. 
a) — — V // V — — V // V — — V // V — — 
b) — V — // V — — — 
// — V — // V — — — 
v) — — V // V — — — // — V — // V — — — 
140. «Failotun» «foilotun» ruknining qaysi tarmog’i? 
a) maxbun; 
b) mahzuf; 
v) maqsur. 
141. «Foilotu» «foilotun» ruknining qaysi tarmog’i? 
a) maxbun; 
b) mahzuf; 
v) makfuf. 
142. «Foilun» «foilotun» ruknining qaysi tarmog’i? 
a) mahzuf; 
b) maqsur. 
v) makfuf. 
143. Quyidagi baytlardan qaysi biri ramali musaddasi mahzuf vaznida 
yozilgan? 
a) Qilmagil zinhor izhor ehtiyoj
Kim aziz elni qilur xor ehtiyoj; 
b) Ne kun o’lg’ayki nigorim kelgay, 
Bog’i umrimda bahorim kelgay; 
v) Soqiyo, hijron tunidur boda tut, 
Ul quyosh birla bu shomimni yorut. 
144. Aruz vaznida yozilgan turkiy tildagi birinchi asarni ko’rsating. 
a) Hibat ul-haqoyiq; 
b) Qutadg’u bilig; 
v) Bibi Maryam. 
145. Quyidagi baytning vaznini aniqlang: 
Do’zax manga yetsa jovidoni, 
Ishqi o’tidin qizitqil oni. 
a) hazaji musaddasi solim
b) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi maqsur; 
v) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf.
146. Navoiyning «Farhod va Shirin» dostoni qaysi vaznda yozilgan? 
a) ramali musaddasi mahzuf; 
b) hazaji musaddasi mahzuf
v) rajazi musaddasi mahzuf. 
147. Navoiyning «Layli va Majnun» dostoni qaysi vaznda yozilgan? 
a) hazaji musaddasi mahzuf; 
b) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi mahzuf; 


 
109 
v) hazaji musaddasi axrabi maqbuzi ashtar. 
148. «Foilotun» ruknining takroridan qanday bahr yuzaga keladi? 
a) hech qanday; 
b) ramal; 
v) rajaz. 
149. Aruz haqida kitob yozgan mualliflarni ko’rsating. 
a) Ibn Sino, Sakkokiy; 
b) Navoiy, Fazliy; 
v) Navoiy, Bobur. 
150. Aruz vazniga bag’ishlangan asarni ko’rsating. 
a) Muxtasar
b) Volidiya; 
v) Mubayyin. 
151. O’ta cho’ziq bo’g’inlar qanday o’qilishi mumkin? 
a) ikki qisqa bo’g’in sifatida; 
b) bir qisqa va bir cho’ziq bo’g’in sifatida; 
v) bir cho’ziq va bir qisqa bo’g’in sifatida. 
152. Qaysi so’zda o’ta cho’ziq bo’g’in mavjud? 
a) kotib; 
b) bahor; 
v) maqsad. 
153. Vasl hodisasi deganda nima tushuniladi?
a) ikki so’zning qo’shilishi; 
b) bir so’zning ikkiga bo’linishi; 
v) oxirgi undoshning keyingi so’zga qo’shilishi. 
154. Shariat ham, tariqat ham, haqiqat mandadur mavjud, 
Chu sultoni azaldurman, ki arshi a’log’a sig’mamdur. 
Baytning vaznini aniqlang. 
a) hazaji musammani solim
b) ramali musammani mahzuf; 
v) rajazi musammani solim. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling