O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
“Aruz vazni” fanidan test savollari
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
104 “Aruz vazni” fanidan test savollari 4-variant 95. «Maqsur» ruknlarnni ko’rsating. a) mafoiyl, foiliyyon; b) fauvlun, mafoiyl; v) mafoiyl, foilot. 96. «Makfuf» ruknlarni ko’rsating. a) foilotu, mafoiylu; b) failotu, mafoilun; v) foilon, fauvlun. 97. «Maxbun» ruknlarni ko’rsating. a) foilotu, mafoiylu; b) failotun, mafoilun; v) foilon, fauvlun. 98. «Solim» ruknlarni ko’rsating. a) foilotu, mafoiylu; b) fauvlun, maf’uvlotu; v) foilon, fauvlun. 99. Navoiyning «Lison ut-tayr» dostoni qaysi vaznda yozilgan? a) ramali musaddasi mahzuf; b) hazaji musaddasi mahzuf; v) sari’i musaddasi matviyi makshuf. 100. So’g’d ichinda o’lturubdur yobular, Yobularning mingan oti yobular. Yobularning ilgidin el tinmadi, Yo bular bo’lsin bu yerda, yo bular. SHe’rning vaznini aniqlang. a) rajazi musaddasi maqsur; b) ramali musaddasi mahzuf; v) hazaji musaddasi maxbun. 101. Xazon yafrog’i yanglig’ gul yuzing hajrida sarg’ardim, Ko’rib rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim. Baytning vaznini aniqlang. a) hazaji musammani solim; b) ramali musammani mahzuf; v) rajazi musammani solim. 102. G’urbatta ul oy hajri meni pir qiliptur, G’urbat bila hijron manga ta’sir qiliptur. Baytning vaznini aniqlang. a) hazaji musammani solim; b) hazaji musammani axrabi ashtari solim; v) hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf. 103. «Foilun» ruknining takroridan qanday bahr yuzaga keladi? a) mutadorik; b) hech qanday; v) hazaj. 104. «Mafoiylun» ruknining takroridan qanday bahr yuzaga keladi? a) mutadorik; b) mutaqorib; v) hazaj. 105. «Mustaf’ilun» ruknining takroridan qanday bahr yuzaga keladi? a) hech qanday; b) vofir; v) rajaz. 106. «Maf’uvlotu» ruknining takroridan qanday bahr yuzaga keladi? a) rajaz; b) hech qanday; v) ramal. 107. So’g’d ichinda o’lturubdur yobular, Yobularning mingan oti yobular. Yobularning ilgidin el tinmadi, Yo bular bo’lsin bu yerda, yo bular. SHe’rning vaznini aniqlang. a) rajazi musaddasi maqsur; b) ramali musaddasi mahzuf; v) hazaji musaddasi maxbun. 108. Asl (solim) ruknlar soni aniq ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) 7 ta; b) 11 ta; v) 8 ta. 105 109. Bahrlar soni aniq ko’rsatilgan qatorni aniqlang. a) 16 ta; b) 19 ta; v) 21 ta. 110. Aruz ilmining asoschisi kim? a) Ahmad Yassaviy; b) Xalil ibn Ahmad; v) Alisher Navoiy. 111. Aruz vaznining o’ziga xos xususiyatini ayting. a) aruz bo’g’inlarning miqdor jihatidan tengligiga asoslanadi; b) aruz bo’g’inlarning sifat jihatidan bir xilligiga asoslanadi; v) aruz she’r misralarida cho’ziq va qisqa hijolarning muayyan tartibda takrorlanib kelishiga asoslanadi. 112. Qisqa bo’g’inlar deb: a) unli bilan tugaydigan bo’g’inlarga; b) undosh bilan tugaydigan bo’g’inlarga; v) qisqa talaffuz qilinadigan unlilar bilan tugaydigan bo’g’inlarga aytiladi. 113. «Fauvlun» ruknining takroridan qanday bahr yuzaga keladi? a) mutadorik; b) mutaqorib; v) hazaj. 114. Xazon yafrog’i yanglig’ gul yuzing hajrida sarg’ardim, Ko’rib rahm aylagil, ey lolarux, bu chehrai zardim. Baytning vaznini aniqlang. a) hazaji musammani solim; b) ramali musammani mahzuf; v) rajazi musammani solim. Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling