O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


vodiyda a’rob uylarin tikib, jilva berib, bahog’a kiyururlar ermish. Va uyni arab


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

vodiyda a’rob uylarin tikib, jilva berib, bahog’a kiyururlar ermish. Va uyni arab 
bayt der. Chun baytlarni bu fan bila mezon qilib, mavzunni nomavzundin 
ayururlar, go’yoki qiymat va bahosi ma’lum bo’lur, bu munosabat bila «aruz» 
debturlar». (Mazmuni: Va Xalil ibn Ahmadga yaqin bir joyda Aruz deb atalgan vodiy 
bo’lib, u vodiydagi arablar uy (chodir) tikib, ularni bezatib, qimmat bahoda sotar 
ekanlar. Arablar uyni bayt deb ataydilar. Aruzni ham baytlar uchun mezon qilib
vaznlisini vaznsizidan ajraturlar, shunda ularning qiymati va bahosi ma’lum bo’lur. 
Shu munosabat bilan (bu vaznga) «aruz» deb nom berganlar).
Xalil ibn Ahmad aruzning nomi bilan birga, bayt va rukn tushunchalarini ham 
Aruz vodiysidan olgan: «Baytniki, uy oti birla atabdurlar, munosabati muni 
debdurlarki, uyning chun binosi to’rt rukn biladur, bu baytning ham binosi to’rt 
rukn biladur». (Mazmuni: Baytga shuning uchun ham bayt (uy) deb nom 
berganlarki, uy to’rt ustun ustiga bino qilinganidek, baytning ustuni ham to’rt 
rukndir). Demak, bayt uy degani bo’lsa, ruknning ma’nosi ustun. Navoiyning 


 

ta’kidlashicha, uy to’rt ustun ustiga tiklanganidek, baytning asosini ham to’rt rukn 
tashkil qiladi. 
 
Aruz vaznining o’ziga xos xususiyatlari:
qisqa va cho’ziq bo’g’inlar 
Vazn so’zining lug’aviy ma’nosi o’lchov bo’lib, adabiyotshunoslikda vazn 
deyilganda, she’riy asardagi misralarning ma’lum o’lchovlarda yozilishi tushuniladi. 
Hozirgi zamon adabiyotshunosligida vaznning asosiy o’lchov birligi bo’g’in bo’lib, 
she’riy asarning vaznini belgilashda misralardagi bo’g’inlarning ikki xususiyati 
hisobga olinadi: 
1) bo’g’inlarning miqdori; 
2) bo’g’inlarning sifati. 
O’zbek she’riyatida vaznlar misralardagi bo’g’inlarning miqdori va sifatidan 
kelib chiqib ikkiga bo’linadi: 
1) barmoq vazni; 
2) aruz vazni. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling