3-мавзу: Qo’shimcha qoidalar
1. Арабча-форсча сўзлар.
2. Ўзбек ча сўзлар.
4. Истисно ҳолатлар.
Aruz vaznidagi she’rlarda qisqa va cho’ziq bo’g’inlar, ko’rib o’tilganidek,
so’zdagi bo’g’inlarning ochiq-yopiqligi, unlilarning qisqa-cho’ziqligi, o’ta cho’ziq
bo’g’inlardagi undoshlarning misradagi o’rni va holatiga qarab belgilanadi. Biroq,
shu bilan birga, bir qator qo’shimcha holatlar ham borki, misralardagi qisqa va
cho’ziq misralarni to’g’ri belgilash va o’qish uchun ularni ham hisobga olish zarur.
1. Arabcha-forscha so’zlar. Ma’lumki, o’zbek tili tarkibida juda ko’p arabcha-
forscha so’zlar bor. Arabcha va forscha so’zlardagi qisqa va cho’ziq unlilar
o’zgarmas bo’lib, biror so’zdagi qisqa unlini cho’zish va aksincha, cho’ziq unlini
qisqa talaffuz qilish, binobarin, qisqa bo’g’inni cho’ziq, cho’ziq bo’g’inni qisqa qilish
mumkin emas. Shu sababli arabcha va forscha so’zlardagi bo’g’inlar vazn jihatidan
o’zgarmasdir. Masalan, «judo» so’zidagi unlilar qaerda kelishidan qat’iy nazar,
hamma vaqt bir xil bo’g’in hosil qiladi: 1-bo’g’in qisqa, ikkinchi bo’g’in cho’ziq.
Ularni o’zgartirish, masalan. «ju–»ni cho’ziq, «–do»ni esa qisqa bo’g’inga
14
aylantirish mumkin emas, chunki «ju–»dagi «u» qisqa, «–do»dagi «o» esa cho’ziq
unlidir. Demak, «judo» so’zining vazni hamma vaqt bir xil: V–. O’zbek tilidagi
boshqa arabcha-forscha so’zlar ham qat’iy vaznga ega. Masalan: ajab: V–, olam:––,
muhabbat: V– –, nilufar: –V–, maknuna:––V, guliston: V– ~, boqiy:– –, tasavvuf: V–
–, ijtinob:–V ~, fuzun: V ~, kitob: V ~, parishon: V– ~, muhrdor:–V ~, oshno: ~–,
orzu: ~–.
Izoh: forscha so’zlardan faqat shoh, goh, nigoh, ogoh, guvoh, voh, moh,
sipoh kabi o’ta cho’ziq bo’g’inga ega bo’lgan so’zlardagi o’ta cho’ziq
bo’g’inlargina vazn talabi bilan cho’ziq bo’g’inga aylanishi mumkin. Ammo shunda
ham bo’g’in tarkibidagi «o» «a»ga aylanadi: shah, gah, nigah, ogah, guvah, vah,
Do'stlaringiz bilan baham: |