O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


«Kecha» so’zi esa uch xil vazn hosil qilishi mumkin: 1) qisqa–qisqa: VV:  O’t–gan ke–cha


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

«Kecha» so’zi esa uch xil vazn hosil qilishi mumkin:
1) qisqa–qisqa: VV: 
O’t–gan ke–cha–kim, si–peh–ri pur–fan 
– V V  – V – V – – 
Nur us–ti–ga bo’l–di zul–ma–taf–gan. 
–  – V V – V – V – – 
2) qisqa–cho’ziq: V–: 
Bir ke-cha: so’r-g’il me-ni: an-din bu-run-kim, so’r-g’a-sen: 
V – – – V – – – V – – – V – 
Qo:–ni ul be:–dil–ki, ay–lar er–di af–g’on har ke–cha:. 
– V – – – V – – – V – – – V – 
3) cho’ziq–qisqa:–V: 
Ke:–cha–lar fi–g’o:–nim–din tin–ma–di: ka–vo:–kib–lar, 
– V – V – – – – V – V – – –
Ar–z. to: sa–mo: uz–ra: mo:–ja–ro: U–vay–siy–man. 
– V – V – – – – V – V – – – 
Ko’rinib turibdiki, o’zbekcha so’zlarning necha xil vazn hosil qilishi bu so’zlar 
tarkibidagi ochiq bo’g’inlar soniga bog’liq: so’zda nechta ochiq bo’g’in bo’lsa, 
so’zning vazni ochiq bo’g’inlarning miqdoriga nisbatan ikki baravar ko’p bo’ladi. 
Mazkur xususiyat faqat so’zlarga emas, ochiq bo’g’in hosil qiluvchi 
qo’shimchalarga ham tegishli. Masalan,–ni, –ga (–ka, –g’a, –qa), –da, –i (–si), –di, –
ma, –sa kabi qo’shimchalar ham ikki xildan vaznga ega: 
«– ni»  qo’shimchasi:
Ta–man–no: qil–g’a–li: la’–ling–ni ko’ng–lum, 
V – – – V – – – V – – 
Ki–shi: bil–mas o–ni:–kim qol–di qan–da:. 
V – – – V – – – V – – 
Birinchi misrada qisqa, ikkinchi misrada esa cho’ziq bo’g’in bo’lib kelgan. 
«–ga» qo’shimchasi
a) qisqa: V 
To–pil–g’ay sho:–ya–d^an–dog’ bir ne–cha: so’z, 
V – – – V – – – V – – 
So’–z^ay–tur el–ga ul yon tush–ma–gay ko’z. 
V – – – V – – – V – – 
b) cho’ziq:– 
A–ni: naz–m^et–ki tar–hing to:–za bo’l–g’ay, 
V – – – V – – – V – – 
U–lus–qa: may–li be:–an–do:–za bo’l–g’ay. 
V – – – V – – – V – – 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling