22
so’zining ma’nosi esa shu’ba yoki tarmoqdir. Aruz haqidagi ilmda har bir zihofning
ham, ruknning zihofga uchrashi natijasida paydo bo’ladigan har bir far’iy ruknning
ham o’z nomi bor. Masalan, «mafoiylun»ning (V– – –) oxirgi «lun» bo’g’ini tushib
qolsa, qolgan «mafoiy» qismi «fauvlun» deb, oxirgi bo’g’inning tushishi «hazf»,
«hazf» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn (V– –) esa «mahzuf» deb
nomlanadi; yoki foilotunning (–V– –) birinchi «fo» cho’ziq bo’g’ini qisqa «fa»
bo’g’iniga aylansa, rukn «failotun», «fo»ning «fa»ga aylanishi «xabn», far’iy rukn
(VV– –) esa «maxbun» deyiladi.
Turkiy, jumladan, o’zbek she’riyatida uchraydigan besh rukn Navoiy va
Boburlarning ko’rsatishicha, 44 xil zihofga uchrab, buning natijasida 60 xil far’iy
rukn hosil bo’ladi. Agar bunga asliy ruknlarning o’zini ham qo’shadigan bo’lsak,
ruknlarning soni 65 taga yetadi.
Ruknlar sonining ko’payishi vaznni murakkablashtirish bilan birga, uning
imkoniyatlarini ham behad kengaytirib yuboradi. Shayx Ahmad binni Xudoydod
Taroziyning «Funun ul-balog’a» asarida yozilishicha, asliy va far’iy ruknlarning turli
tarzda birikuvidan 366 vazn hosil qilish mumkin. Zahiriddin Muhammad Bobur esa
«Risolai aruz» asarida bu ruknlardan yuzaga kelgan 537 vaznni ko’rsatib o’tadi.
Endi ruknlar, ularda uchraydigan zihoflar hamda ulardan hosil bo’ladigan
far’iy ruknlar bilan tanishamiz. Biroq barcha ruknlarni birdaniga emas, balki alohida-
alohida – shu rukndan hosil bo’ladigan vaznlar bilan birgalikda ko’rib chiqamiz. Bu –
har bir ruknning zihof va furu’larini hamda ulardan hosil bo’ladigan vaznlarni eslab
qolishni osonlashtiradi.
6-мавзу. «Mafoiylun» (V– – –) rukni va
Do'stlaringiz bilan baham: |