O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ruknlar Rukn
- fauvlun 1 .
Ul
ko’–zi qa–ro: dar–du g’a–mi–din chi–da–ma–dim – v v v – – v v v – v v v – sababi xafif sababi saqil vatadi majmu’ vatadi mafruq fosilayi sug’ro fosilayi kubro Ruknlar Rukn (arabcha ko’plik shakli arkon) so’zining ma’nosi ustun bo’lib, rukn aruz vaznidagi asosiy o’lchov birligidir. Sabab, vatad va fosilalarning turli tarzda birikuvidan hosil bo’lgan bo’lak rukn deyiladi. Ruknlarning aruz vaznidagi o’rni va ahamiyati g’oyat katta bo’lib, Alisher Navoiyning so’zlari bilan aytganda, aruz binosi ana shu ustunlar ustiga bino qilingan. Qisqa va cho’ziq bo’g’inlardan uch xil juzv hosil bo’lsa, juzvlarning o’zaro birikuvidan quyidagi sakkiz rukn yuzaga keladi: 1) fauvlun 1 . Vatadi majmu’ (V–) ning sababi xafif (–) bilan birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn uch bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in qisqa, ikkinchi va uchinchi bo’g’inlar esa cho’ziq: V– –; 2) foilun. Sababi xafif (–) ning vatadi majmu’ (V–) bilan birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham uch bo’g’inli bo’lib, birinchi va uchinchi bo’g’inlar cho’ziq, ikkinchi bo’g’in esa qisqa: (–V–); 3) mafoiylun. Vatadi majmu’ (V–) ning ikki sababi xafif (– –) bilan birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in qisqa, ikkinchi, uchinchi va to’rtinchi bo’g’inlar cho’ziq: V– – –; 4) foilotun. Vatadi majmu’ (V–) ning ikki sababi xafif (– –) o’rtasida kelishidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi bo’g’in cho’ziq, ikkinchi bo’g’in qisqa, uchinchi va to’rtinchi bo’g’inlar esa cho’ziq:–V– –; 5) mustaf’ilun. Ikki sababi xafif (– –) ning vatadi majmu’ (V–) bilan birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi, ikkinchi va to’rtinchi bo’g’inlar cho’ziq, uchinchi bo’g’in esa qisqa:– –V–; 6) maf’uvlotu 2 . Ikki sababi xafif (– –) ning vatadi mafruq (–V) bilan birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn ham to’rt bo’g’inli bo’lib, birinchi, ikkinchi va uchinchi bo’g’inlar cho’ziq, to’rtinchi bo’g’in esa qisqa:– – –V; 7) mafoilatun. Vatadi majmu’ (V–)ning fosilai sug’ro (VV–) bilan birikuvidan hosil bo’ladi. Mazkur rukn besh bo’g’inli bo’lib, birinchi, uchinchi va to’rtinchi bo’g’inlar qisqa, ikkinchi va beshinchi bo’g’in esa cho’ziq: V–VV–; 1 Ba’zi kitoblarda faulun deb beriladi. Bu tarzda yozish xato. Chunki rukndagi ikkinchi bo’g’in cho’ziq, faulun deb yozilsa, uni qisqa bo’g’indan farqlab bo’lmaydi. Shuning uchun cho’ziq bo’g’inni «uv», qisqa bo’g’inni esa «u» bilan ifodalash lozim. 2 Ba’zi kitoblarda «maf’ulotu» tarzida beriladi. Bu holda ham chalkashlik yuzaga keladi. Chunki rukn tarkibidagi birinchi «u» bilan ifodalangan bo’g’in cho’ziq, ikkinchi bo’g’in esa qisqa. Shuning uchun cho’ziq bo’g’inni «uv», qisqa bo’g’inni «u» bilan ifodalash lozim. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling