1-vazn: hazaj murabba’ solim solim. Odatda vaznning nomi bo’lgan so’zlarni
bir-biri bilan bog’lash uchun forsiy izofa deb ataluvchi «i» qo’shimchasi qo’shiladi.
U holda 1-vaznning nomi quyidagicha bo’ladi: hazaji murabba’i solimi solim. Lekin,
agar vazn faqat solim ruknlardan tuzilgan bo’lsa, ularning hammasini aytish shart
emas, bittasini keltirish kifoya. Demak, 1-vaznning nomi: hazaji murabba’i solim.
Vaznning nomini o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin: to’rttalik solim hazaj;
2-vaznning nomi aytilganlardan kelib chiqilsa, quyidagicha bo’ladi: hazaji
musaddasi solimi solimi mahzuf. Lekin aruz qoidasiga ko’ra, agar vaznda solim va
far’iy ruknlar ishtirok etgan bo’lsa, solim ruknlar aytilishi shart emas, far’iy ruknni
aytish kifoya. Miqdorni bildiruvchi so’z (murabba’ yoki musaddas yoki musamman)
qolgan ruknlarning solim ekanligini bildirib turadi. Demak, 2-vaznning nomi: hazaji
musaddasi mahzuf. Vaznning nomini o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin:
oltitalik mahzuf hazaj;
3-vazn faqat far’iy ruknlardan tuzilgan, nomlashda far’iy ruknlarning hammasi
hisobga olinadi: hazaji musammani axrabi makfufi makfufi mahzuf. Lekin bir xil
ruknlar ikkita bo’lsa va alohida zarurat bo’lmasa, bittasini aytish kifoya. Demak, 3-
vaznning nomi: hazaji musammani axrabi makfufi mahzuf. Vaznning nomini
o’zbek tilida quyidagicha ifodalash mumkin: sakkiztalik axrabu makfufu mahzuf
hazaj.
Boshqa vaznlar ham shu tarzda nomlanadi.
Taqti’
Aruz vaznida misra va baytlarning vazni taqti’ usulida aniqlanadi. Taqti’
(evropa adabiyotshunosligida paradigma) so’zining lug’aviy ma’nosi – kesish,
bo’laklarga ajratish. Aruz ilmida misra va baytlarni qisqa va cho’ziq bo’g’inlar
Do'stlaringiz bilan baham: |