O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
hamda ruknlarga ajratish qoidalari taqti’ deyiladi
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
hamda ruknlarga ajratish qoidalari taqti’ deyiladi.
Taqti’ quyidagi uch jarayonni o’z ichiga oladi: 1. Baytdagi qisqa va cho’ziq bo’g’inlarni aniqlash. Qisqa va cho’ziq bo’g’inlarni aniqlash qoidalari avvalgi sahifalardan ma’lum. Bayt taqti’ qilinganda, o’sha qoidalar asosida baytdagi cho’ziq va qisqa bo’g’inlarni belgilab chiqish lozim: 27 A–yo:–qing–g’a: tu–shar har lah–za gi:–su: Ma–sal–dur–kim: «Cha–rog’ tu:–bi: qo–ron–g’u:. V – – – V – – – V – – 2. Baytni ruknlarga ajratish. Baytdagi qisqa va cho’ziq misralar aniqlab bo’lingandan so’ng bayt ruknlarga ajratiladi. Ruknlarga ajratishda, avvalo, bo’g’inlar tartibidagi takroriylik va o’xshashlik hisobga olinadi. Agar e’tibor berilsa, misra tarkibidagi qisqa va cho’ziq bo’g’inlarning ma’lum bir bo’lakda boshqa bir yoki ikki bo’lakka o’xshash birikma hosil qilganini ko’rish mumkin. Masalan, yuqoridagi misra bir qisqa bo’g’in bilan boshlanib, so’ngra uch cho’ziq bo’g’in kelgan. So’ng yana bir qisqa va uch cho’ziq bo’g’in takrorlangan. So’nggi bo’lakda bir cho’ziq bo’g’in kam bo’lsa ham, tartib avvalgi bo’laklarga o’xshaydi. Demak, baytni ruknlarga quyidagicha ajratish lozim: A–yo:–qing–g’a: tu–shar har lah–za gi:–su: Ma–sal–dur–kim: // «Cha–rog’ tu:–bi: // qo–ron–g’u»:. V – – – – // V – – – // V – – Mazkur bayt ikki bo’g’inli bo’laklarga ajratilsa ham, o’xshash ruknlar yuzaga kelishi mumkin: A–yo:–qing–g’a: tu–shar har lah–za gi:–su: Ma–sal //–dur–kim: // «Cha–rog’ //tu:–bi: //qo–ron– //g’u:. V – // – – // V – // – – // V – // – Ammo bu to’g’ri emas, chunki bir misradagi ruknlar soni to’rttadan oshmasligi lozim. Misrani uch bo’g’inli ruknlarga ajratish ham xato: ruknlar soni to’rtta bo’lsa ham, hosil bo’lgan bo’laklar bir-biriga o’xshamaydi: A–yo:–qing–g’a: tu–shar har lah–za gi:–su: Ma–sal–dur //–kim: «Cha–rog’ // tu:–bi: qo //–ron–g’u:. V – – // – V – // – – V // – – Agar bir misradagi ruknlar soni to’rttadan oshib ketmasa, ruknlarni ikki bo’g’inli qilib ham ajratish mumkin. Masalan: Ko’r–sat // ja–mo:–ling // mas–to: //–na–lar–g’a:, Ish–qing //–da kuy–gan // par–vo: //–na–lar–g’a:. – – // V – – // – – // V – – Mazkur baytni ikki ruknga ajratish mumkin emas: Ko’r–sat ja–mo:–ling // mas–to:–na–lar–g’a:, Ish–qing–da kuy–gan // par–vo:–na–lar–g’a:. – – V – – // – – V – – Bunday besh bo’g’inli rukn yo’q, bundan tashqari, yuqorida aytilganidek, besh bo’g’inli ruknlar o’zbek adabiyotida deyarli qo’llanmagan: Baytni uch bo’lakka ham ajratish mumkin emas: Ko’r–sat ja //–mo:–ling mas //–to:–na–lar //–g’a:, Ish–qing–da //kuy–gan par //–vo:–na–lar //–g’a:. – – V // – – – // – V – // – 28 Garchi bu holda birinchi rukn «mafoiylun»ning axrab (maf’uvlu), ikkinchi rukn «axram» (maf’uvlun), uchinchi rukn ashtar (foilun), to’rtinchi rukn abtar (fa’) furu’lariga mos kelsa ham, bu taqti’ ham to’g’ri emas, chunki, birinchidan, ruknlar bir-biriga o’xshash emas, holbuki, to’rt ruknli vaznlarda hech bo’lmaganda ikkita rukn bir-biriga o’xshash bo’lishi shart; ikinchidan esa, oxirgi rukn bir bo’g’inli, holbuki, bir bo’g’inli ruknlar faqat ruboiy janriga mansub she’rlardagina uchraydi, xolos. Demak, to’g’risi birinchi taqti’. Haqiqatan ham, bu holda birinchi va uchinchi ruknlar «fauvlun»ning «aslam» (fa’lun), ikkinchi va to’rtinchi ruknlar esa «solim» ko’rinishiga mos keladi. Baytning vazni – mutaqoribi musammani aslam. Shunday qilib, misralar ruknlarga ajratilganda ruknlar, birinchidan, Download 1.18 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling