O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"
Download 1.18 Mb. Pdf ko'rish
|
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4
- Bu sahifa navigatsiya:
- «foilun»
uning zihoflari
Режа: 1. Рукн таркибида юзага келадиган миқдор ўзгаришлари. 2. Рукн таркибида юзага келадиган сифат ўзгаришлари. Alisher Navoiyning «Mezon ul-avzon»da ko’rsatishicha, «mafoiylun» ruknining zihoflari ham, furu’lari ham o’n bitta. Ya’ni «mafoiylun» tarkibida o’n bir xil o’zgarish sodir bo’lib, ulardan o’n bir xil far’iy rukn yuzaga keladi. Ular quyidagilar: 1) mafoilun. «Mafoiylun» (V– – –) uchinchi «iy» cho’ziq bo’g’inining «i» qisqa bo’g’iniga aylanishidan hosil bo’ladi: V–V–. Rukndagi bu o’zgarish «qabz», «qabz» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqbuz» deyiladi; 2) mafoiylu. «Mafoiylun» (V– – –) to’rtinchi «lun» cho’ziq bo’g’inining «lu» qisqa bo’g’iniga aylanishidan hosil bo’ladi: V– –V. Rukndagi bu o’zgarish «kaff», «kaff» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «makfuf» deyiladi; 23 3) mafoiyl. «Mafoiylun» (V– – –) oxiridagi «un» qismining tushishidan hosil bo’ladi, natijada uchinchi cho’ziq bo’g’in o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi: V–~. 3 Rukndagi bu o’zgarish «qasr», «qasr» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «maqsur» deyiladi; 4) maf’uvlun. «Mafoiylun» (V– – –) birinchi «ma» qisqa bo’g’inining tushirilishidan hosil bo’ladi:– – –. Qolgan qism «foiylun» deyilmay, «foiylun» bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «maf’uvlun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «xarm», «xarm» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «axram» deyiladi; 5) maf’uvlu. «Mafoiylun» (V– – –) birinchi «ma» qisqa bo’g’inining tushirilishi hamda to’rtinchi «lun» cho’ziq bo’g’inining «lu» qisqa bo’g’iniga aylanishidan hosil bo’ladi:– –V. Qolgan qism «foiylu» deyilmay, «foiylu» bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «maf’uvlu» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «xarb», «xarb» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «axrab» deyiladi; 6) foilun. 4 «Mafoiylun» (V– – –) birinchi «ma» qisqa bo’g’inining tushirilishi va uchinchi «iy» cho’ziq bo’g’inining «i» qisqa bo’g’inga aylanishidan hosil bo’ladi:–V–. Rukndagi bu o’zgarish «shatar», «shatar» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «ashtar» deyiladi; 7) fauvlun. 5 «Mafoiylun» (V– – –) oxirgi «lun» bo’g’inining tushishidan hosil bo’ladi: V– –. Qolgan qism «mafoiy» deyilmay, «mafoiy» bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «fauvlun» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «hazf», «hazf» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «mahzuf» deb nomlanadi; 8) fauvl. «Mafoiylun» (V– – –) oxirigi «lun» bo’g’ini hamda uchinchi bo’g’indagi «iy» qismining tushishishidan hosil bo’ladi, natijada ikkinchi cho’ziq bo’g’in o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi: V~. Qolgan qism «mafo’» 6 deyilmay, «mafo’» bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «fauvl» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «xatm», «xatm» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «axtam» deyiladi; 9) faul. «Mafoiylun» (V– – –) «‘iy» va «lun» bo’g’inlarining tushishidan hosil bo’ladi: V–. Qolgan qism «mafo» deyilmay, «mafo» bilan vazn jihatidan bir xil bo’lgan «faul» bilan almashtiriladi. Rukndagi bu o’zgarish «jabb», «jabb» zihofi natijasida paydo bo’lgan far’iy rukn esa «ajabb» deyiladi; 3 Masalan, «mafoiylun»ga teng bo’lak «bo’-lay zo:-ring» bo’lsa, oxirgi bo’g’in «-ring» emas, uning bir qismi - «-ing» tushadi. Natijada oxirgi bo’g’indagi «r» uchinchi bo’g’inga o’tib, uchinchi bo’g’in o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi: bo’- lay zor / V- ~ / mafoiyl. 4 Bu yerda «foilun» - «mafoiylun»dan hosil bo’lgan far’iy rukn. Uni «foilun» asliy rukni bilan chalkashtirmaslik lozim. 5 Bu yerda «fauvlun» - «mafoiylun»dan hosil bo’lgan far’iy rukn. Uni «fauvlun» asliy rukni bilan chalkashtirmaslik lozim. 6 Rukn aslida «mafoiylun» emas, «mafo’iylun». Rukn tarkibidagi «‘» - «ayn» deb ataluvchi arab tiliga xos bo’lgan undosh tovushni ifodalovchi harf. «Mafoiylun» bo’g’inlarga quyidagicha ajraladi: ma-fo:-’iy-lun. Shuning uchun ham tushiriluvchi «-iy» bo’g’in emas, bo’g’inning bir qismi. «-iy» tushgach, «‘» ikkinchi bo’g’inga o’tib, u o’ta cho’ziq bo’g’inga aylanadi. Masalan: ki-to:-bim-dan / V– – – / mafo’iylun // ki-tob / V ~ / fauvl. «Kitobimdan» so’zidagi oxirgi «-dan» («lun») bo’g’ini va uchinchi bo’g’in «-bim»ning «-im» («iy») qismi tushdi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling