O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


mumkin qadar bir-biriga o’xshash bo’lishi, ikkinchidan, mavjud asliy va far’iy


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

mumkin qadar bir-biriga o’xshash bo’lishi, ikkinchidan, mavjud asliy va far’iy 
ruknlarga to’g’ri kelishi, uchinchidan esa, vaznlarning janr xususiyatlariga mos 
bo’lishi lozim. 
Baytlarni taqti’ qilishda bo’g’inlar tartibidagi takroriylik va o’xshashlik bilan 
birga, misralardagi bo’g’inlarning soni ham muhim ahamiyatga ega. Binobarin, taqti’ 
qilganda bo’g’inlarning misralardagi miqdorini ham hisobga olish lozim.
O’zbek adabiyotida eng ko’p uchraydigan misralar sakkiz, o’n, o’n bir, o’n 
to’rt, o’n besh va o’n olti bo’g’inli misralardir. Ma’lumki, o’zbek adabiyotida faol 
qo’llangan asliy ruknlar soni beshta bo’lib, ulardan fauvlun uch bo’g’inli, qolgan 
to’rttasi esa to’rt bo’g’inlidir: mafoiylun, foilotun, mustaf’ilun, mafuvlotu. Shu 
o’rinda, ba’zi istisnolarni hisobga olmaganda, to’rt bo’g’inli asliy ruknlardan hosil 
bo’lib, o’zbek adabiyotida eng ko’p uchraydigan misralarni ruknlarga ajratish 
qoidalarini bayon qilamiz:
a) bir misrada sakkizta bo’g’in bo’lsa, misra ikki ruknga ajratiladi. 
Ruknlardagi bo’g’inlar miqdori quyidagicha bo’ladi: 4+4. Masalan: 
Chun shah–r.–din //chiq–dim Qu–dash, 
Ko’n–gul bo’–lub //mah–zu:–nu g’ash. 
– – V – // – – V – 
b) bir misrada o’nta bo’g’in bo’lsa, u uch ruknga ajratiladi. Ruknlardagi 
bo’g’inlar miqdori quyidagicha bo’ladi: 3+4+3. Masalan: 
Mun–doq de //–di no:–qi–li: //ma–o:–ni:, 
Qil–g’och bu //ba–di’–a so’z //ba–yo:–ni:. 
– – V // V – V – // V – – 
Eslatma: o’n bo’g’inli misralarda bir-biriga o’xshash ruknlar bo’lmaydi – uch 
rukn uch xil;
v) bir misrada o’n bitta bo’g’in bo’lsa, u ham uch ruknga ajratiladi. Lekin 
ruknlardagi bo’g’inlar miqdori boshqacharoq bo’ladi: 4+4+3. Demak, ortiqcha bir 
bo’g’in birinchi ruknga qo’shiladi. Masalan: 
Ne–dur ah–vo:–li– //ng,^ey zo:–ri: //g’a–ri:–bim, 
Vi–so:–lim dav //–la–ti:–din be: //–na–si:–bim. 


 
29 
V – – – // V – – – // V – –
Yoki: 
Ko’ng–lu–ma: har //yon–ki boq–sam // do:–g’i bor, 
Har ne–cha: dar //–dim–ni de:–sam // do:–g’i bor. 
– V – – // – V – – // – ~ 
Yoki: 
So’z gu–ha–ri: //–g’a: e–ru–r^on //–cha: sha–raf, 
Kim bo’–la ol //–mas a–nga gav //–har sa–daf. 
– V V – // – V V – // – V – 
g) bir misrada o’n to’rtta bo’g’in bo’lsa, u to’rt ruknga ajratiladi. 
Ruknlardagi bo’g’inlar miqdori uch ko’rinishda bo’ladi: a) 3+4+3+4; b) 3+4+4+3; v) 
4+4+4+2. O’n to’rt bo’g’inli misralarni ruknlarga ajratishda birinchi va uchinchi 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling