O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Ish–q^a–ro: yuz ming ma–lo:–mat o’:–qi–g’a: bo’l–dum ni–shon


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

Ish–q^a–ro: yuz ming ma–lo:–mat o’:–qi–g’a: bo’l–dum ni–shon
– V  – – – V – – – V – – – V ~ 
Bir ka–mon ab–ro’:–da tuz–luq–din ni–sho:–ne: top–ma–dim.
– V  – – – V – – – V – – – V – 
Eslatma: so’z oxiridagi undoshning unli bilan boshlanuvchi keyingi so’zga 
qo’shib o’qilishi cho’ziq bo’g’inlarda ham uchraydi. Agar o’ta cho’ziq bo’g’inlarda 
oxirgi undosh keyingi so’zga qo’shilib, o’ta cho’ziq bo’g’in cho’ziq bo’g’inga 
aylansa, cho’ziq bo’g’indagi undosh keyingi so’zga qo’shilishi natijasida cho’ziq 
bo’g’in qisqa bo’g’inga aylanadi. Bu hodisa aruzshunoslikda vasla hodisasi deb 
atalib, vasla hodisasini quyidagi belgi bilan ifodalaymiz: ^Masalan: 
De–di: qay–din, sen, ey Maj–nu:–ni gum–roh? 
V – – – – – – – V – ~ 
De–di: Maj–nun va–tan–din qay–da o:–goh! 


 
13 
V – – – V – – – V – ~ 
Ikkinchi misradan ko’rinib turibdiki, 1-misradagi 5–bo’g’in ham qisqa bo’lishi 
kerak. Ammo u yopiq: «sen». Shuning uchun «sen»dagi «n»ni «ey»ga qo’shib o’qish 
lozim: se–n^ey: 
De–di: qay–din, se–n,^ey Maj–nu:–ni gum–roh? 
V – – – V – – – V – ~ 
De–di: Maj–nun va–tan–din qay–da o:–goh! 
V – – – V – – – V – ~ 
4) unli bilan boshlanuvchi so’zdan oldin kelganda ham ba’zan bir cho’ziq va 
bir qisqa bo’g’in sifatida o’qilishi mumkin. Bu holda qo’sh undoshlarning ikkinchisi 
keyingi so’zga qo’shilmaydi: 
Ey na–si:–mi: sub–h., ah–vo:–lim di–lo:–ro:–mim–g’a ayt
– V  – – – V – – – V – – – V ~ 
Zul–fi sun–bul, yu:–zi gul, sar–vi: gu–lan–do:–mim–g’a ayt.
– V  – – – V – – – V – – – V ~ 
Baytda, ko’rinib turibdiki, «subh» so’zidagi «h» undoshi o’zidan keyingi unli 
(«a») bilan boshlanuvchi so’zga qo’shilmay, alohida bir qisqa bo’g’in hosil qilgan. 
«H»ni bu o’rinda keyingi bo’g’inga qo’shib bo’lmaydi, chunki ushbu vaznda, keyingi 
misradan ko’rinib turibdiki, 6-bo’g’in qisqa bo’lishi kerak. Agar «sub-h^ah-vo-lim» 
tarzida qo’shib yuborilsa, 6-bo’g’in qisqa bo’g’inga aylanib, birinchi misrada 
ikkinchi misraga nisbatan bir bo’g’in kam bo’lib qoladi.
Demak, unlidan oldin keluvchi o’ta cho’ziq bo’g’in vazn talabi bilan bir 
bo’g’in hosil qilishi ham, ikki bo’g’in hosil qilishi mumkin. 

Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling