12
ko:–m.–g’a may– (–VV–). «Taslim» so’zidagi «–lim» ham shu sababdan ikki bo’g’in
qilib o’qiladi.
Qo’sh undosh bilan tugaydigan o’ta
cho’ziq bo’g’inlar
Qo’sh undosh bilan tugaydigan o’ta cho’ziq bo’g’inlar quyidagicha o’qiladi:
1)
misra oxirida kelganda, tarkibida cho’ziq bo’g’ini bor o’ta cho’ziq bo’g’in
singari, hamma vaqt bir o’ta cho’ziq bo’g’in sifatida:
Bu–lar bo:–ri:–ni pay–do: ay–la–gan
ishq,
V – – – V – – – V –
~
Bi–rin ul bir–ga shay–do: ay–la–gan
ishq.
V – – – V – – – V –
~
2) undosh tovush bilan boshlanuvchi so’z yoki bo’g’indan
oldin kelganda,
tarkibida cho’ziq bo’g’ini bor o’ta cho’ziq bo’g’indan farqli o’laroq, hamma vaqt ikki
bo’g’in: bir cho’ziq va bir qisqa bo’g’in sifatida:
Ran–j.–kash bo’l–kim, chu tor–tar
chug’–z. vay–ron ich–ra
ranj,
– V – – – V – – –
V – – – V
~
Aj–da–ho:–din biy–mi yo’q, am–mo: e–rur um–mi:–di
ganj.
– V – – – V – – – V – – – V
~
«Ranjkash»dagi «j» undosh bilan boshlanuvchi bo’g’in («–kash»)
dan oldin,
«chug’z»dagi «z» undosh bilan boshlanuvchi so’z (vayron) dan oldin kelgani uchun
qisqa bo’g’in hosil qiladi. Shuni
esdan chiqarmaslik lozimki, mazkur holat–qat’iy
qoida. Undoshdan oldin kelgan o’ta cho’ziq bo’g’inni bir bo’g’in
qilish vaznda
«saktalik» deb ataluvchi aybni paydo qiladi;
3) unli bilan boshlanuvchi so’zdan oldin kelganda ko’pincha bir cho’ziq
bo’g’in sifatida. Bu holda bo’g’in oxiridagi qo’sh undoshlarning
ikkinchisi keyingi
so’zga qo’shilib ketadi:
Do'stlaringiz bilan baham: