O‘quv-uslubiy majmua Namangan davlat universiteti kengashining 2021-y. "27"


Download 1.18 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/102
Sana11.01.2023
Hajmi1.18 Mb.
#1089157
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
Bog'liq
A.Qurbonov O`UM Аруз вазни 4

1) qisqa; 
2) cho’ziq; 
3) o’ta cho’ziq. 
Ma’lumki, bo’g’inlar o’zbek tili darslarida ikkiga bo’linadi: 1) ochiq; 2) yopiq. 
Unli tovushlar bilan tugagan bo’g’inlar ochiq, undosh tovushlar bilan tugagan 
bo’g’inlar esa yopiq bo’g’in deyiladi. Garchi qisqa va cho’ziq bo’g’inlar bilan ochiq 
va yopiq bo’g’inlar orasida ma’lum aloqadorlik bo’lsa ham, ular boshqa–boshqa 
tushunchalardir: ochiq bo’g’in qisqa bo’g’in, yopiq bo’g’in cho’ziq bo’g’in yoki 
buning teskarisi: yopiq bo’g’in qisqa bo’g’in, ochiq bo’g’in cho’ziq bo’g’in emas. 
Qisqa va cho’ziq bo’g’in tushunchasi, avvalo, unli tovushlardagi cho’ziqlik va 
qisqalik bilan bog’liq. Binobarin, qisqa va cho’ziq bo’g’inlarni bir-biridan farqlash 
uchun, avvalo, qisqa unli nima-yu, cho’ziq unli nima – ularni bilib olish lozim.
Ma’lumki, hozirgi o’zbek tilida 6 ta unli tovush bor: a, o, u, o’, i, e. Lekin ular 
qisqa va cho’ziq unlilarga ajratilmaydi, chunki o’zbek tilida cho’ziq unlilar yo’q. Unli 
tovushlar biroz cho’ziqroq talaffuz etiladigan so’zlar esa yo arabcha, yoki forscha 
so’zlardir. Unlilarning qisqa-cho’ziqligi fors va arab tillari uchun xos xususiyat. 
Masalan, fors tilida ham o’zbek tilidagidek 6 ta unli tovush bor: a, o, u, o’, i, e. Lekin 
ular, o’zbek tilidan farqli o’laroq, ikkiga bo’linadi: 1) qisqa: a, o’, e; 2) cho’ziq: o, u, 
i. Arab tilida esa 3 ta unli bor: a, u, i. Lekin ana shu unlilarning ikki xil ko’rinishi bor: 
1) qisqa: a, u, i; 2) cho’ziq: a, u, i. Fors va arab tillaridagi qisqa unlilar qisqa, cho’ziq 
unlilar esa qisqa unlilarga nisbatan ikki baravar cho’ziqroq talaffuz qilinadi.
Eslatma: Arabcha va forscha so’zlardagi unlilarning cho’ziqligini kirill 
yozuvida ham, lotin yozuvida ham aks ettirib bo’lmaydi. Shuning uchun shartli 
belgilardan foydalanamiz: o:, a:, u:, o’:, i:, e:. Unlidan keyingi ikki nuqta ularning 
cho’ziqligini bildiradi.
Qisqa va cho’ziq unlilar haqida tasavvur hosil qilish uchun quyidagi 
so’zlardagi “i”, “u”, “o” tovushlarini solishtirib ko’rish mumkin: bilan–aqi:da; uka–
manzu:ra; bola–lo:la. Ikkinchi so’zlardagi «i», «u», «o» tovushlarining birinchi 
so’zlardagi “i”, “u”, “o” tovushlariga nisbatan ikki baravar cho’ziq talaffuz 
etilayotganini sezish qiyin emas.
Shuni ham alohida esda tutish lozimki, arab va fors tillarida qisqa unlilar 
doimo qisqa, cho’ziq unlilar esa doimo cho’ziq talaffuz qilinadi. Bordiyu, qisqa unli 
cho’ziq, cho’ziq unli esa qisqa talaffuz etilgudek bo’lsa, yo so’zning ma’nosi 
o’zgaradi, yoki ma’nosi butunlay yo’qolib ketadi. Masalan: dur–inju, marvarid
du:r–uzoq, yiroq. Marvarid ma’nosidagi dur so’zidagi “u” hech qachon cho’ziq, 
uzoq ma’nosidagi dur so’zidagi “u” esa hech qachon qisqa talaffuz etilmaydi. Yoki 



Download 1.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling