7
balo so’zidagi qisqa “a”ni cho’zib ba:lo deb talaffuz etilsa, so’zning ma’nosi
yo’qoladi.
Qisqa bo’g’in. Qisqa talaffuz qilinadigan unlining o’zidangina iborat bo’lgan
yoki shunday unli bilan tugaydigan ochiq bo’g’inlar qisqa bo’g’in deyiladi. Qisqa
bo’g’inlar aruzshunoslikda quyidagi belgi bilan ifodalanadi: V. Navoiyning
“kelmadi” radifli g’azalidan yuqorida keltirilgan baytni ko’rib chiqaylik:
Ke–cha kel– gum– dur de– bon ul sar– vi gul–ro’ kel –ma – di,
V
V
V
V
1
2
3
4
5
6
7
8
9 10 11 12 13
14 15
Ko’z –la– rim– ga ke– cha tong ot– qun– cha uy– qu kel– ma– di.
V
V
V
V
1
2
3
4 5
6 7
8
9
10
11 12 13 14
15
Har ikki misradagi 2, 6, 10, 14-bo’g’inlar qisqa talaffuz etilgan unlilar bilan
tugagani uchun qisqa bo’g’in hisoblanadi.
Cho’ziq bo’g’in. Cho’ziq talaffuz qilinuvchi unlilar bilan tugagan ochiq
bo’g’inlar hamda qisqa talaffuz qilinuvchi unlilardan keyin keluvchi undoshlar bilan
tugaydigan yopiq bo’g’inlar cho’ziq bo’g’in deyiladi. Demak, cho’ziq bo’g’inlar ikki
xil bo’ladi:
a) cho’ziq talaffuz qilinadigan unlilar bilan tugagan ochiq bo’g’inlar;
b) undosh tovush bilan tugagan yopiq bo’g’inlar. SHart shuki, undoshdan
oldingi unli qisqa bo’lishi lozim.
Cho’ziq bo’g’inlar quyidagi belgi bilan ifodalandi:–.
Ke– cha kel– gum– dur de– bon ul sar– vi gul– ro’ kel – ma – di,
–
V
–
–
–
V
–
– – V – –
–
V
–
1
2
3
4
5
6
7
8
9 10 11 12 13
14 15
Ko’z –l a– rim– ga ke– cha tong ot– qun– cha uy– qu kel– ma– di.
–
V
–
– –
V –
– –
V
– – – V
–
1
2
3
4 5
6 7
8
9
10
11 12 13 14
15
Baytda cho’ziq bo’g’inlarning har ikki ko’rinishi ham o’z ifodasini topgan.
Birinchi misradagi 1, 12 va 15-bo’g’inlar hamda ikkinchi misradagi 4, 5, 12 va
15-bo’g’inlar cho’ziq unli bilan tugagan cho’ziq bo’g’in, birinchi misradagi 3, 4, 5, 7,
8, 9, 11, 13-bo’g’inlar hamda ikkinchi misradagi 1, 3, 7, 8, 9, 11, 13-bo’g’inlar esa
undosh bilan tugagan cho’ziq bo’g’in turiga mansub.
Do'stlaringiz bilan baham: |