O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet162/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

ESTETIK MUNOSABAT - sub’ekt bilan ob’ekt o’rtasidagi o’zaro harakat va o’zaro ta’sirning maxsus to’rini anglatuvchi falsafiy tushuncha. Estetik munosabat nafosatli ob’ektdir. Aslini olganda, nafosatli bo’lmagan narsalarning o’zi yo’q. Muayyan shart-sharoitda har qanday narsa, voqea-hodisa nafosatli tabiatga ega bo’lib, estetik munosabat va nafosatli baho obyektiga aylanishi mumkin. Lekin ular ma’lum bir talablarga javob berishlari kerak: birinchidan, aniq his tuyg’u, sezgi idrok qobiliyati va imkoniyatiga ega bo’lishi, ikkinchidan, u yoki bu voqea-hodisa insoniy aloqalar va munosabatlarga kirishib, ijtimoiy ahamiyat kacb etishi kerak. SHundagina muayn voqea-hodisa estetik munosabat obyektiga aylanadi, ya’ni u o’z qadrini topadi, baholash esa voqea-hodisalarning qadri yoki ijtimoiy ahamiyatini anglashning maxsus shaklidir.
ESTETIK ONG - olamni estetik anglash, dunyoga inson munosabatining sub’ektiv tomoni. U ijtimoiy ong shakllaridan biri sifatida axloqiy ong, siyosiy ong, huquqiy ong, diniy ong, falsafiy ong kabi ijtimoiy hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma’naviy ruhiy voqea hodisalar bilan bir qatorda turadi. Estetik ong ma’naviy ruhiy voqea-hodisalar majmui bo’lib, ular ijtimoiy hayot zaminida vujudga keladigan estetik his, estetik did, fikr, orzu qilish nazariy qismini anglatadi. Estetik ong axloqiy ong bilan barobar tarzda, ijtimoiy ongningboshqa shakllaridan oldin vujudga kelgan. Estetik ongning rivojiga san’at ta’sir kuchining tobora ortib borishini ham ta’kidlash kerak. Estetik ong odamlarning mehnat faoliyati, uning natijalari, moddiy va ma’naviy qadriyatlarida o’z ifodasini topadi.
SAN’AT FALSAFASI - san’at bu fanning yagona tadqiqot obyekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go’zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fanimiz shug’ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o’zi bilangina chegaralab qo’yishga haqqimiz yo’q.
GO’ZALLIK FALSAFASI - bugungi kunda inson o’zini o’rab turgan barcha narsa-hodisalarning go’zal bo’lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi. YUqorida aytilganlardan kelib chiqsak, «Go’zallik falsafasi» degan ibora bu fani mohiyatiga ko’proq mos keladi. Negaki, u faqat san’atdagi go’zallikni emas, balki insondagi, jamiyat va tabiatdagi go’zallikni ham o’rganadi. SHuningdek, go’zallikdan boshqa ulug’vorlik, fojiaviylik, kulgililik, mo’’jizaviylik, hayolilik uyg’unlik, noziklik singari ko’pdan-ko’p tushunchalar mavjudki, ularni tadqiq etish ham estetika fanining zimmasida. Lekin, bu o’rinda, shuni unutmaslik kerakki, mazkur tushunchalarning har birida go’zallik, bir tomondan, unsur (element) sifatida ishtirok eSa, ikkinchi tomondan, ularning o’zi go’zallikka nisbatan unsur vazifasini o’taydi. Ana shu xususiyatlarning voqelikda namoyon bo’lishini biz nafosat deb ataymiz.
RIGVEDA - «Veda»-muqaddas bilim, «Rigveda»-alqovlar vedasi demakdir. «Rigveda» o’sha davr kishisining o’zi va atrof muhit: ma’budlar, iblislar, devlar, fazo, ijtimoiy turmush axloqiy va estetik qadriyatlar haqidagi bilimlarni o’z ichiga oladi.
Dhi - «fikr, tasavvur, qarash, tushuncha; intuiSiya (fahm), bilish, aql; bilim, san’at, ibodat», shuningdek, «ko’z o’ngiga keltirish, fikrlash» ma’nolariga uyqash. SHoir dhira-«dhi» egasi, donishmand, iste’dod egasi» deb atalgan. Shoirlar ma’budlardan dhi ato etishlarini so’raganlar. Dhi tufayli shoirlar ma’budlar odamlar orasidagi vositachiga aylanganlar. Zero shoir-«doimo ma’budlar olami bilan uchrashuv» timsolidir. Ma’budlar olami esa mutloq go’zallik maskani Vedalardagi tasavvurga ko’ra, shoirlar o’zlari yangi manzaralar yaratmaydilar, balki oddiy bandalar ko’rolmaydigan ma’budlar dunyosiga tegishli manzaralarni so’zga aylantiradilar.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling