O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan
Download 6.3 Mb.
|
FALSAFA MAJMUA
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISLOMDAGI OQIMLAR Xavorijlar.
- Xavorij oqimlari.
Hanbaliya mazhabi. Mazhabning eponimi – Abu Abdulloh Ahmad ibn Hanbal 780 yili Bag’dod shahrida tug’ilgan. Ibn Hanbal faoliyati an’anachilar ilohiyoti bilan mu’tazila orasidagi g’oyaviy kurashning avjiga chiqqan (Qur’oni karimni maxluq, ya’ni yaratilgan degan aqidani hokimiyat tarafidan xalqqa kuch bilan singdirish bilan bog’liq mihna – «sinov») davriga to’g’ri keldi. Boshqa olimlar qatori Ibn Hanbal ham quvg’inga uchrab, 833 yilda hibsga olindi. U hadis ilmida «al-Musnad» asarini yozdi. Olimning shogirdlari Ibn Hanbal ta’limotini rivojlantirib, keyinchalik fiqhiy mazhab darajasiga olib chiqdilar. Hanbaliya mazhabi hozirgi kunda Saudiya Arabistoni, Qatar, Bahrayn kabi davlatlarda tarqalgan.
ISLOMDAGI OQIMLAR Xavorijlar. Usmon ibn Affon (644-656) davriga kelib islom jamoasi (umma) ichida fitnalar paydo bo’ldi. Usmonga uyushtirilgan suiqasd (656 y.) ham ana shu siyosiy kurashlarning natijasi edi. Xalifa o’ldirilgach, uning o’rniga o’z tarafdorlari tomonidan Ali ibn Abi Tolib (656-661) saylandi. Ana shu davrdan umma-davlat ichida birinchi fuqarolar urushi boshlanadi (656-660). Talha ibn Ubaydulloh, az-Zubayr ibn al-Avomm va Mu’oviya ibn Abi Sufyon kabi guruh rahbarlari Aliga qarshi chiqib, bu holatni shunday talqin qildilar: «Ali qo’zg’olonchilarga qarshi kurashda Usmonga yordam bermadi, qodir bo’la turib odamlarni bu ishdan qaytarmadi, bundan tashqari u xalifalik mansabiga ko’tarilganidan keyin Ibn Affonning qasosini olmadi, balki u Usmonni qatl etilishidan manfaatdor bo’ldi». Hokimiyat Umaviylardan Abbosiylar sulolasi (749-1258) qo’liga o’tganidan keyin ham bu toifa bir muddat o’z kuchini yo’qotmadi. Biroq Abbosiylar uzoq vaqt ularga qarshi uzluksiz olib borgan kurashlaridan so’nggina xavorijlar inqirozga yuz tutdi. Xavorij oqimlari. VII asr ikkinchi yarmida xavorijlar orasida yigirmaga yaqin turli guruhlar paydo bo’ldi. Ular ichida eng yiriklari – ibodiylar, azoriqalar hamda sufriylar bo’lib, o’z yo’lboshchilari nomi bilan shunday atalganlar. SHia so’zining to’liq shakli «ash-shi‘a» («tarafdorlar, guruh, partiya»), aniqrog’i «SHi‘at Ali» («Ali tarafdorlari partiyasi») bo’lib, bu nom xalifa Ali (656-661) va uning avlodlariga ergashganlarga nisbatan berilgan. SHialikda imomat masalasi asosiy diniy ruknlardan hisoblanadi. Imomat jamiyat manfaatlaridan emas, balki din ruknlaridan kelib chiqadi, deb e’tiqod qilinadi. Ularning ta’limotiga ko’ra, rahbar jamoa tomonidan saylanmay, balki u meros sifatida o’tadi. Mazkur ta’limotga binoan, Muhammad payg’ambar Alini xalifa etib tayinlagan, undan keyin esa xalifalik uning avlodlarida qonuniy meros sifatida vasiyat yo’li bilan uzatiladi. Imomlik (xalifalik) payg’ambarlik kabi ilohiy mansab hisoblanib, Alloh bandalari orasidan payg’ambarlarini tanlab, ularni gunohlardan saqlagani va ularga ilmi ladun (Alloh huzuridan berilgan ilm) bergani kabi xalifalarni ham shunday tanlaydi deyiladi. Abu Bakr, Umar va Usmonlar esa bu huquqni Alidan zo’rlik bilan tortib olishgan. Alining xalifaligi Payg’ambar vafotining birinchi kunidan boshlangan, deb hisoblaydilar. Ash-SHahrastoniy (vaf. 1153 y. ) iborasi bilan aytganda: «SHialarning e’tiqodiga ko’ra, Alining imomligi va xalifaligiga oshkora va maxfiy dalillar kelgan hamda undan keyingi imomlik uning avlodlaridan tashqariga chiqmaydi, agarda chiqsa ham, bu ularga zulm qilish yo’li bilan oshirilishi mumkin». SHialar aynan imomat masalasida o’zaro bir necha firqalarga bo’linib ketganlar. Download 6.3 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling