O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet127/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

Metodologiya – metod haqidagi ta’limot, bilishning Yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolar ayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi
Mistika – sirli, g’ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa.
Moddiylashtirish – ma’no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi.
Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo`lgan muvaqqat xossasi.
Monizm – plyuralizmga zid o`laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv.
Nano yunoncha “nanos” so`zidan olingan bo`lib, mitti degan ma’noni bildiradi.
Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo`lib, uning prototipi tabiatning o`zida mujassam. Ko`zga ko`rinmas bakteriyalar, chumoli, o`rgimchak va shunga o`xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir.
Negativ – salbiy, biror narsaga zid.
Noumen – mushohada yo`li bilan anglash mumkin bo`lgan mohiyat.
Noosfera – aql-idrok sohasi yoki biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi.
Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur.
Okkultizmmaxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e’tirof etuvchi ta’limot.
Oppozitsiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko`rsatish.
Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta’limot.
Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e’tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo`nalishini belgilovchi printsiplar majmui.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling