O’quv-uslubiy majmua O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 14-avgustdagi № bd-5110100 02 bilan tasdiqlangan falsafa fanidan namunaviy dastur asosida ishlab chiqilgan


Download 6.3 Mb.
bet155/244
Sana18.10.2023
Hajmi6.3 Mb.
#1708378
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   244
Bog'liq
FALSAFA MAJMUA

OILANING MUSTAXKAMLIGI – oiladagi tinchlik, xotirjamlik, bir- biriga bo’lgan samimiy munosabat hisoblanadi. U oila a’zolarining axloqiy tarbiyasiga ham bog’liq. Xalqimizda bejiz “Sog’lom turmush tarzi mustaxkam oilaning garovidir” debaytilmagan. Sog’lom turmush tarzi deganda biz nafaqat oiladagi er va xotinning bir – biriga bo’lgan munosabati balki, ulardagi axloqiy fazilatlar, imonlilik, poklik, halollik, rostgo’ylik, shirinso’zlik, kabi axloqiy me’yorlarga amal qilgan xolda urf – odatlarga asoslangan, zamonaviy oiladagi iqlimni tushunamiz. Bunday iqlimda tarbiya topgan bola ma’naviy va axloqan etuk inson bo’lib shakillanadi.
OILA MADANIYATI – jamiyatning muhim ijtimoiy instituti bo’lgan oilaning to’laqonli va mukammal faoliyat yuritishi uchun uning a’zolari (er va xotin, ota-ona va farzandlar) o’rtasida birgalikda hayot kechirish va zarur munosabatlar o’rnatish ko’nikmalarining majmuasi.
Oila madaniyati - Oilaning tarbiya muhiti sifatidagi xususiyati, uning o’ziga hosligi va tamoyilan muhimligi, undagi munosabatlarning bevositaligi va mustahkamligini umumiy muhitning emoSionalligi b-n uyg’unlikda ekanligi b-n shartlanadi. Faqat oilada farzandlar kattalardan malaka, bilimlarni o’zlashtiradilar, kattalar esa o’z hayotlarida bosib o’tgan yo’llarini farzandlari orqali qayta barpo etadilar. Oilaviy muhit o’ziga xos, unikal bo’lib, uning har bir a’zosi yangi avlodda mustahkam va barqaror sog’lom oilani barpo etishga mas’uldir.
OILA MA’NAVIYATI – oilaning to’laqonli va barkamol rivojlanishi va faoliyat yuritishini belgilab beruvchi axloqiy, ruhiy, psixologik va g’oyaviy omillarning birligi, oila a’zolari ichki dunyosining uyg’un tarzda namoyon bo’lishi.
Oila ma’naviyati - Jamiyatning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biri bo’lgan sog’lom avlodni tarbiyalash, oilaning faoliyati b-n chambarchas bog’liqdir. Jismonan sog’lom, ma’nan kuchli va aqlan etuk sog’lom avlodni yaratish – oilaning eng asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir.
SAMIMIYLIK - “boshqalar gapini tinglaydigan, hamfikr bo’la oladigan, xabardor” degan ma’noni anglatadi. Samimiylik - to’g’riligiga o’zi ishongan, bu haqda o’ziga va boshqalarga iqror bo’la oladigan narsalarni qiladigan odamning ma’naviy ijobiy sifati. Samimiy - samimiyat b-n ish tutuvchi, muomala qiluvchi, sidqidillik b-n chin qalbdan qilingan, dildan chiqqan. Samimiyat - kishilarga qalban hayrixohlik, pokdillik, samimiylik, sidqidillik. S. insondagi eng yaxshi xislat, oliy insoniy fazilatlardan biri bo’lib, axloqning muhim me’yorlaridan hisoblanadi.

Download 6.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   244




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling