O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan


Download 200.04 Kb.
bet12/41
Sana12.03.2023
Hajmi200.04 Kb.
#1264566
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
Bog'liq
2. Majmua tilshunoslik

O’z ma’no

Ko’chma ma’no

qora papka
temir idish
oltin uzuk

qora sovuq
temir intizom
oltin kuz



Bir ma’nolilik va ko’p ma’nolilik
So’zlar bir ma’noli yoki ko’p ma’noli bo’ladi. Bir ma’nolilik hodisasi monosemiya deyiladi. Bir ma’noli so’zlar monosemantik so’zlar deyiladi. Odam, chumchuq, ravish, tuya.. kabi so’zlar bir ma’nolidir.
Birdan ortiq (bir necha) ma’nolarda keladigan so’zlar ko’p ma’noli so’zlar deyiladi. Ko’p ma’noli so’zlar polisemantik so’zlar deyiladi.
Ko’p ma’noli so’zlarda bosh (asosiy) va ko’chma ma’no bo’ladi.



ko’z

Odamning ko’zi
uzuk ko’zi
yog’och ko’zi
oynaning ko’zi

yoqa

ko’ylak yoqasi
yo’l yoqasi
tog’ yoqasi
daryo yoqasi

Ko’p ma’noli so’zlar omonim so’zlardan quyidagicha farqlanadi:
1. Ko’p ma’noli so’z bir so’zning bir necha ko’chma ma’noda kelishidir. Omonim esa bir xil shaklga ega bo’lgan birdan ortiq (bir necha) so’zdir. Masalan, o’t (olov), o’t (o’simlik), o’t (harakat), o’t (inson a’zosi).
2. Ko’p ma’noli so’zning ma’nolari o’rtasida bog’lanish seziladi. Omonim so’zlar ma’nolari o’rtasida yaqinlik sezilmaydi.

So`z sostavi. So`zning tub ma`nosi o`zak yoki negiz orqali anglashiladi. Ma`lumki, so`zlar tuzilishiga ko`ra tub va yasama bo`ladi. So`zlarning boshqa ma`noli qismlarga bo`linmaydigan qismi o`zak deb ataladi.
O`zak yangi so`z yasalishi uchun asos bo`ladi. So`zning negizi esa har bir tilga xos yasovchi affikslarning qo`shilishidan hosil bo`ladi. Odatda, so`zning tarkibi sostavi ma`noli qismlarga bo`linadi. So`zning ma`noli qismi morfema deyiladi. Morfemalar o`zak morfema, affiksal morfema kabi 2 turga bo`linadi.
O`zakka nisbatan qo`llanishi o`rniga qarab affikslar prefiks, postfiks va infikslarga bo`linadi. Bularning umumiy nomi affiks deyiladi. So`zdan so`z qo`shilsa, suffiks so`zdan oldin qo`shiladi, prefiks, infiks Hind-Evropa tillariga xos bo`lib, o`zak ichida qo`shiladi. Masalan, vici - yengdim, vinco - yengaman infiks bo`lib, h.k. zamonni ifodalaydi.
Xullas, hozirgi vaqtda tilshunoslikda morfemika, so`z yasalishi morfologiyadan ajratib alohida hodisa deb qaralmoqda.

So’zning shakl va ma’no munosabatiga ko’ra turlari

So’zlar shakl va ma’no munosabatiga ko’ra 4 xil: omonim, sinonim, antonim, paronim.


Omonim. Shakli bir xil, ma’nosi har xil bo’lgan so’zlar omonim deyiladi. Bir xil shaklga ega bo’lgan bir necha so’z omonim hisoblanadi. Ikki yoki undan ortiq so’zning bir xil yozilishi va bir xil talaffuz etilishi natijasida omonimlar yuzaga keladi. Omonimlar quyidagicha hosil bo’ladi:
1. Tarixda boshqa-boshqa hisoblangan so’zlarning hozirgi alifboda bir xil yozilishi natijasida:




Download 200.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling