O’quv –uslubiy majmua O’zroo`mtv tomonidan 2018 yilda ishlab chiqilgan hamda Uzdjtu kengashining 2018 yil 27 iyundagi 6-sonli bayonnomasi asosida foydalanish uchun tavsiya etilgan namunaviy fan dasturi asosida ishlab chiqilgan
Download 200.04 Kb.
|
2. Majmua tilshunoslik
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5 (a’lo) baho
- 4 (yaxshi) baho
Baholash me’zoni
Tilshunoslik fanidan I bosqich talabalari bilimini baholash me`zoni Talabalarning fan bo’yicha o’zlashtirishi oraliq va yakuniy baholash turlari orqali aniqlanadi. OB talaba tomonidan ishchi fan dasturining tegishli bo’limlari mazmunini o’zlashtirish darajasi, talabaning adabiyotlar bilan ishlash amaliy ko’nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tahlil, mantiqiy fikrlash, o’z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga qaratiladi. Tilshunoslik fanidan talabalar bir marotaba oraliq nazorat topshiradilar. Bu nazorat ishi yozma ish shaklida o`tkaziladi. Talaba o`tilgan mavzulardan iborat 5 tadan savolga yozma javob beradilar. Ushbu OB nazorat asosan oxirgi seminar mashg’uloti davomida amalga oshiriladi. Talabaning yozma topshirig`ini tekshirishda quyidagilar inobatga olinadi: yozma ishning mazmuni mantiqiy bayon etilganligi; savol va topshiriqlarning yechimiga yangicha uslubda yondashilganligi; yozma ishni xato va nuqsonsiz bajarilganligi: Yozma ish talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi. Mualliflikni o’zlashtirish (plagiat)ga yo’l qo’yilmaydi. Yozma ishni tekshirishda plagiat holatlari aniqlanishi, shuningdek ikki yoki undan ortiq yozma ishning mustaqil yozilganligiga shubha uyg’otadigan darajada o’xshash bo’lishi ushbu barcha yozma ishlarga 2 (qoniqarsiz) baho qo’yish yoki ularga qo’yilgan ijobiy bahoni bekor qilishga asos bo’ladi. Talaba yozma nazorat ishlaridan OBdan 3, 4 yoki 5 baho olgan taqdirda, ya’ni ijobiy baholanganda uni qayta topshirishga yo’l qo’yilmaydi. Talabaning OBdan olgan ijobiy baholari asosida unga yakuniy baholashni topshirishga ruxsat beriladi. Yakuniy baholash (YaB) – semestr fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarning talaba tomonidan o’zlashtirish darajasini aniqlash turi hisoblanadi. YaB talaba tomonidan ishchi fan dasturining semestrga mo’ljallangan bo’limlari mazmunini o’zlashtirish darajasi, uning mantiqiy fikrlashi, amaliy ko’nikmalari, muammoli vaziyatlarni hal etish (keys-stadi), tizimli va tanqidiy tahlil qila olishi, o’z fikrlarini izchil va aniq bayon qilish qobiliyatini aniqlashga qaratiladi. YaB tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan test shaklda o’tkaziladi. Talabalarning ushbu fanni o’zlashtirishi har bir baholash turlari bo’yicha: 5 (a’lo), 4 (yaxshi), 3 (qoniqarli) va 2 (qoniqarsiz) ko’rinishida baholanadi. 5, 4 va 3 baholar ijobiy hisoblanadi. Baholashda raqam va matn bir xil talqin etiladi. Talabaning fan bo’yicha o’zlashtirishini baholashda quyidagi mezonlarga e`tibor qaratiladi: 5 (a’lo) baho: xulosa va qaror qabul qilish; ijodiy fikrlay olish; mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, ifodalash, aytib berish; fan bo’yicha tasavvurga ega bo’lish. 4 (yaxshi) baho: mustaqil mushohada yurita olish; olgan bilimlarini amalda qo’llay olish; mohiyatini tushunish; bilish, ifodalash, aytib berish; fan bo’yicha tasavvurga ega bo’lish. 3 (qoniqarli) baho: mohiyatini tushunish; bilish, ifodalash, aytib berish; tasavvurga ega bo’lish. 2 (qoniqarsiz) baho: fan dasturni o’zlashtirmaganlik; fanning mohiyatini bilmaslik; aniq tasavvurga ega bo’lmaslik; mustaqil fikrlay olmaslik. Download 200.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling