O‘quv uslubiy majmua tilshunoslik nazariyasi
Test savollari………………………………………………………………………………… 125
Download 1.06 Mb.
|
portal.guldu.uz-TILSHUNOSLIK NAZARIYASI
So‘z boshi Mazkur o‘quv uslubiy majmua 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, O‘zbek filologiyasi fakultetining O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan. “Tilshunoslik nazariyasi” fani 5120100 – Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) ta’lim yo‘nalishi o‘quv rejasiga asosan 1-8 semestrlarida mos ravishda 122 auditoriya soatlarda o‘qitiladi. Ma’ruzalar fanning asosiy masalalarini qamrab olgan bo‘lib, tilshunoslik sohasining predmeti, vazifalarini yoritish, fan doirasida o‘rganiladigan asosiy masalalarning mazmun-mundarijasini belgilash, tilning ijtimoiy tabiati, shakllanish jarayoni, taraqqiyoti, til va jamiyat, til va tafakkur munosabati, til sathlari, dunyo tillari tavsifi, tasnifi,tilshunoslik maktablari, lingvistik tahlil metodlari, lisoniy universaliyalar va til strukturasi haqida ma’lumot berish maqsadini aks ettiradi. “Tilshunoslik nazariyasi” fanini o‘zlashtirish jarayonida o‘rganiladigan masalalar doirasida bakalavr tilning ijtimoiy tabiati, til va jamiyat munosabati, til va tafakkur munosabati, lison va nutq munosabati, asosiy lisoniy munosabatlar, til birliklari va nutq birliklarining o‘zaro mutanosibligi, tilning semiotik tabiati, tilning ramzlar tizimi sifatidagi ta’rifi, til sathlari, lisoniy paradigma asoslari, lisoniy tasnif asoslari, tilning tarixiy taraqqiyoti va o‘zgaruvchanligi, dunyo tillari va tillar tasnifi, tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan bog‘liqligi, tilshunoslikning tabiiy fanlar bilan bog‘liqligi haqida tasavvurga ega bo‘lish barobarida, lisoniy va nutqiy birliklarning o‘zaro munosabatini tahlil qilish, tilni umumiy, nutqni xususiy hodisa sifatida izohlash, til-tafakkur-nutq munosabatini mustaqil asoslash ko‘nikmalarini egallaydi. Ushbu o‘quv uslubiy majmua besh qismdan iborat bo‘lib, ular sillabus, ishchi o‘quv reja, namunaviy va ishchi o‘quv dastur, modulni o‘qitishda foydalaniladigan interfaol ta’lim metodlari, ma’ruza materiallari (ma’ruza matni, adabiyotlar ro‘yxati, mustaqil ta’lim mavzulari, glossariy, keyslar banki, nazorat savollari va test savollari) va amaliy mashg‘ulotlar materiallari (amaliy topshiriqlar, namuna, adabiyotlar ro‘yxati, tarqatma materiallar, keyslar banki, test savollari)dan tashkil topgan. Ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar materiallari semestrlarga ajratilgan holda berilgan. Download 1.06 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling